2.1-jadval
TTXIning potensial indeksiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha ShHT davlatlarining o‘rni23
Iqtisodiyotlar
|
2012-y.
|
2013-y.
|
2014-y.
|
2015-y.
|
2016-y.
|
2017-y.
|
Ko‘rsatkichli indeks bo‘yicha reyting
|
Rossiya
|
62
|
65
|
60
|
58
|
56
|
57
|
Xitoy
|
97
|
83
|
86
|
84
|
82
|
79
|
Qozog‘iston
|
18
|
9
|
25
|
24
|
22
|
23
|
O‘zbekiston
|
92
|
77
|
74
|
74
|
73
|
71
|
Qirg‘iziston
|
37
|
51
|
36
|
34
|
33
|
34
|
Tojikiston
|
110
|
109
|
117
|
114
|
114
|
113
|
|
Potensial indeks bo‘yicha reyting
|
Rossiya
|
9
|
8
|
8
|
7
|
7
|
6
|
Xitoy
|
30
|
27
|
26
|
25
|
25
|
23
|
Qozog‘iston
|
44
|
54
|
53
|
50
|
49
|
47
|
O‘zbekiston
|
109
|
106
|
105
|
104
|
103
|
101
|
Qirg‘iziston
|
97
|
90
|
91
|
89
|
88
|
88
|
Tojikiston
|
110
|
109
|
110
|
111
|
109
|
108
|
Bu ko'rsatkichni baholash uchun nafaqat milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish hajmi, balki undagi biznes yuritish muhiti, iqtisodiy barqarorlik, tabiiy resurslar mavjudligi, infratuzilma, malakali ishchi resurslari, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhiti va siyosat natijalar muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi 2.1-jadvalda ShHTga a'zo oltita davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning potensial indeksi va ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo iqtisodiyotida egallab turgan o‘rni ko‘rsatilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar orasida eng yuqori o'rinni Qozog'iston egallaydi. Ushbu mamlakat 2017-yil yakunlari bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida 23-o'rinni egalladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'rib chiqilayotgan davrda bu holat 2014-yilda 25-o'rindan sezilarli darajada o'zgargan bo'lsada, 2013-yildagi 9-o‘rin bilan solishtirganda quyi ko’rsatkich hisoblanadi.
Rossiya ushbu ko'rsatkich bo'yicha yuqori o'rinni egalladi. 2012-yilda ushbu mamlakat 62-o'rinni band etganiga qaramay, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 5 pog‘onaga yaxshilanib 57-reyting qayd etildi. Shuni ta'kidlash joizki, ko'rib chiqilayotgan davrda Rossiyaning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarining indikator ko'rsatkichi, umuman olganda, global darajadagi hisobot kartasida o'zgarib borayotgan bo'lsada, Rossiya pozitsiyasini yaxshilash tendensiyasini kuzatish mumkin.
ShHT iqtisodiyotining investitsion jozibadorligini tahlil qilish uchun potentsial to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar indeksi ham muhimdir. Ushbu ko'rsatkich xorijiy investorlar uchun milliy iqtisodiyotning iqtisodiy jozibadorligiga ta'sir qiluvchi ko'plab omillarni hisobga olishi uchun imkon beradi. Ushbu indeks indikatorlarning arifmetik o'rtacha ko'rsatkichi (0 dan 1 gacha) bo’lib, o'rganilayotgan mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydi: aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot; YaIM o'sish sur'atlari (so'nggi 10 yil ichida) va o'sish istiqbollari; YaIMda eksport ulushi; tabiiy resurslarning global eksportida iqtisodiyotning ulushi; ARDga ajratilgan mablag'larning YaIMdagi ulushi; to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning jahon oqimida iqtisodiy muhit.
ShHTning iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning indeksiga ko'ra, xorijiy investitsiyalar uchun eng jozibador Rossiya va Xitoydir. 2012-2017-yillar mobaynida, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni qabul qilish bo'yicha potensial ko'rsatkichga ko'ra, Rossiya ShHTda eng yuqori mavqega ega bo'ldi: 2012-yilda - 9, 2015-yilda - 7, 2017-yilga kelib esa 6-o'rinni egalladi. Shundan kelib chiqib, ShHT mamlakatlaridan Rossiya xorijiy kapital uchun eng jozibali omillardan biridir. ShHTga a'zo davlatlar tomonidan erishilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning potensial ko'rsatkichlari bo'yicha pozitsiyalar ushbu davlatlarning iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimlari bilan bog'liqdir (2.2-jadval).
2.2-jadval
ShHTga a'zo mamlakatlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning oqimi, mln AQSh dollarida, 2012-2017-yillar24
Davlatlar
|
2012-y.
|
2013-y.
|
2014-y.
|
2015-y.
|
2016-y.
|
2017-y.
|
Rossiya
|
51 416,0
|
79 262,0
|
22435,00
|
7637,00
|
32976,22
|
32976,22
|
Xitoy
|
115649,0
|
119675,0
|
120000,0
|
129856,8
|
12768,21
|
138056,00
|
Qozog‘iston
|
14 022,1
|
9 738,5
|
24361,23
|
15982,74
|
17843,2
|
21435,21
|
O‘zbekiston
|
711,3
|
1 628,0
|
1 628,0
|
665,02
| 665,02 |
2400,0
|
Qirg‘iston
|
288
|
377
|
437,6
|
615,5
|
950,2
|
367,94
|
Tojikiston
|
375,8
|
15,8
|
15,8
|
11,1
|
289,9
|
107,8
|
ShHTga investitsiyalarning indikativ va potentsiali ndekslarini hisobga olib UNCTAD metodologiyasidan foydalangan holda, ShHTga a'zo davlatlarning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari uchun integral investitsiyalar jozibadorligi matritsasi qurildi (2.3-jadval). Unga ko'ra, ShHT mamlakatlarining investitsion jozibadorligi, investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko'lami haqida ma’lumotga ega bo'lish mumkin.
2.3-jadvalga binoan, Rossiya yuqori potentsialli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar indeksi tufayli ShHTga a'zo mamlakatlarning bir guruhini o'z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash joizki, ShHTning salohiyati tobora oshib bormoqda, tashkilot nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda zarur vakolatlarni qo'lga kiritmoqda. Mavjud muammo va qarama-qarshiliklarga qaramasdan, Shanxay hamkorlik tashkiloti hozirgi kunda mintaqadagi barcha davlatlararo uyushmalarni, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun zarur va istiqbolli ekanligini e'tirof etish lozim. Shu bois, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va ShHT doirasida iqtisodiy-investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash tendensiyalarining borayotganligini kuzatishimiz mumkin.
2.3-jadval
ShHT mamlakatlarining to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarini jalb qilish matritsasi25
|
TTXIning yuqori
ko‘rsatkichli indeksi
|
TTXIning past
ko‘rsatkichli indeksi
|
TTXIning yuqori potensial indeksi
|
Rossiya, Xitoy
|
O‘zbekiston
|
TTXIning past potensial indeksi
|
Qozog‘iston,
Qirg'iziston
|
Tojikiston
|
Shunday qilib, ShHTga a'zo davlatlar faoliyatining yuqoridagi tahlili bizni O’zbekistonning ShHTga a'zo davlatlar bilan sarmoyaviy hamkorlik yo'nalishlarini aniqlashga va ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini aniqlashga imkon beradi.
2.2. Tashkilotga a’zo mamlakatlarning ShHT doirasida o‘zaro investitsion hamkorligi
ShHT asta-sekinlik bilan yirik muvaffaqiyatlarga erishib bormoqda hamda bu orqali G'arbga raqobatchi mintaqa sifatida shakllanish bosqichidadir26. Ayni davrga kelib Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilgan. Nafaqat birgalikda mintaqaviy daxlsizlikni ta’minlash, balki tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiy salohiyatini oshirish eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqdi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiy tizimi, davlat tuzilishi va ichki infrastrukturasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning barchasini o‘tish davri iqtisodiyotlari va tashkilotga 2017-yil Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT a’zo davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida qo‘shilgan ikkita davlat, Hindiston va Pokiston tashkil etadi. Ushbu ikki davlat ham rivojlanayotgan davlatlar sirasiga kiritiladi. Shunday ekan, yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda va zamonaviy iqtisodiy rivojlanish nazariyalariga tayanib bir fikrni qat’iy ravishda aytishimiz mumkin: ushbu davlatlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga muhtoj. Chunki, endi tarraqqiy etayotgan mamlakatlarda yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, sanoatlashuvni tezlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning asosiy omili turli xil sohalarga investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Buning dalili sifatida hozirgi kunda yurtimizda chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarni keltirishimiz mumkin. Yangi ochilayotgan erkin iqtisodiy zonalarda kirib kelayotgan investorlarga turli xil imtiyozlar joriy etilmoqda va bu ishlar mamlakatimizda investitsion jozibadorlikni oshirishga katta hissa qo‘shyapti desak xato bo‘lmaydi.
Ushbu rejamizda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi mamlakatlarning ko‘p tomonlama investitsion hamkorliklarini o‘rganish va tahlil qilishni mo‘ljalladik. Ushbu jarayonni ikki tomonlama hamkorlik formatida tahlil qilib chiqamiz.
Shuningdek, Rossiya-Xitoy savdo tuzilmasida o'zgarishlar yuz berdi. Avvalroq, Rossiya eksportida mashinasozlik va qayta ishlash sanoatining ulushi yuqori bo'lsa, bugungi kunda bu struktura asosan xom ashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, harbiy-sanoat kompleksi sohasidagi hamkorlik hajmi ham susayib ketamoqda edi. Rossiyaning importi asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, kompyuter texnikasi hisoblanadi. Bundan tashqari, yuqori texnologiyali mahsulotlarning importi muntazam oshib bormoqda. Quyida 2015-yil oxirigacha bo’gan davrda Rossiyaning Xitoyga po'lat eksportining asosiy mahsulot tarkibini ko‘rib o‘tishimiz mumkin: Mashina va texnik mahsulotlar (36.12%), kimyo mahsulotlari (8.37%), to'qimachilik kiyimlari (6,70%), kiyim trikotajlar (5,95%), poyafzal (5,96%)27.
2011-yildagi ko‘rsatkichlarni e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Rossiyaga oqib kelgan investitsiyalar tarkibida Xitoy investitsiyalarining ulushi oz ko‘lamda ekanligini ko‘ramiz. Bir necha yillar ichida uning hajmi 6%gacha ko‘tarilishi esa ikki davlat o‘rtasida investitsion hamkorlikning yuksalib borayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatkich kelgusi davr mobaynida iqtisodchilar tomonidan o‘sishi bashorat qilinyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |