Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi kirish, uchta bob, yettita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Shu bilan birga 9 ta rasm, 7 ta jadval mavjud.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, ushbu mavzu bo‘yicha bir qancha chet ellik va o‘zbek olimlarining ilmiy maqola va asarlari keltirilgan. Bundan tashqari, bitiruv ishining maqsad va vazifalari, undagi ilmiy yangilik va tadqiqot natijalarining ahamiyati to‘g‘risidagi so‘z yuritiladi.
Kurs ishining birinchi bobida esa ShHTning tashkil etilishi, uning ustuvor yo‘nalishlari va strategik maqsadlari nimalardan iborat ekanligi, shuningdek, tashkilotga a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar iqtisodiy salohiyati borasida fikr yuritiladi.
Ikkinchi bobda esa ShHT doirasida investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati, tashkilotga a’zo mamlakatlarning o‘zaro investitsion hamkorligi va “Bir makon – bir yo‘l” global strategik tashabbusining mintaqadagi davlatlar iqtisodiyoti uchun tutgan o‘rni muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |