O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§1.3.QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI PARVARISH QILISHDA ZARURIY SHAROIT OMILLARI



Download 5,81 Mb.
bet2/13
Sana02.02.2017
Hajmi5,81 Mb.
#1627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
§1.3.QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI PARVARISH QILISHDA ZARURIY SHAROIT OMILLARI

Ularning o’sishi uchun yorug’liq issiqliq namliq oziq moddalar, havo hamda tuproq zaruriy sharoit omillari hisoblanadi. O’simliklarni parvarish qilishda ular e’tiborga olgan holda ta’minlanib turiladi. Yorug’liq quyosh o’simlikka tubida va bargida yashil donachalar yordamida barglarda va yashil poyalarda kraxmal, qand, oqsil, moy va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Agar qsimlikka yorug’lik yetishmasa uning barglari sarg’ayadi, butunlay qorong’u joyda saqlansa o’simlikning yashil xususiyati yukoladi. O’simlik daraxt tagida ustirilganda, kalin kilib ekilganda, shuningdek begona o’tlar ko’payib, soyalatib kuyganda, ular juda nimjon o’sadi, poyalari ingichkalashadi va o’simlikning uzi sargayib, hosili juda kamayib ketadi. Ayrim o’simliklar soya joyda mutlako hosil bermaydi. Hamma madaniy o’simliklar yorug’likni bir xil talab qilavermaydi. Ayrim o’simliklar yorug’liketarli va ko’p miqdorda bo’lgandagina yaxshi o’sib mo’l hosil bersa, ayrimlari esa bir oz soya bo’lsa ham o’sishi mumkin. Masalan, kungaboqar, makkajo’xori, qovun, tarvuz, qovoq, pomidor, baqlajon, qalampir, bodring va boshqa o’simliklar yorug’sevar o’simliklardir. Bular ochiq yorug’ yaxshi tushadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi. Ayrim madaniy o’simliklar yopyg’cevap bo’lishi bilan birga yorug’likning qisqa muddat tushib turishini xoxlaydi. Ular yorug’lik 8-10 soatdan kam bo’lmaydigan, lekin 12-14 soatdan oshmaydigan sharoitni talab etadi. Ayrim o’simliklar soyaga chidamlirok bo’ladi. Bunday o’simliklarga rediska, ukrop, piyoz, lavlagi, malina, qulupnay va boshqalar kiradi. Bunday o’simliklarni biroz soya tushib turadigan joyga ekib yaxshi hosil olish mumkin. Ammo soyaga chidamli o’simliklar ham yorug’lik yetarli tushib turadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi. Bug’doy, arpa, karam, sabzi, rediska, turp, piyoz va boshqa shu kabi o’simliklar yorug’likni uzoq muddat tushib turishini xoxlaydi. Bular 15-16 soat va undan ko’proq quyosh tushib tursagina gullaydi va hosil beradi, agar kun uzunligi bundan kamayib ketsa gullamaydi. Yorug’lik tushishini uzaytirib yoki qisqartirib, o’simlikning gullash muddatini o’zgartirish, buning evaziga mo’l va sifatli hosil olish mumkin. Masalan, rediska, salat va piyoz ekinlari uchun qisqa yorug’lik kuni yaratish mumkin. Buning uchun egatlar ustiga simdan, daraxt novdalaridan va boshqa narsalardan ishkomlar qilinadi. Ustiga qorong’ilatadigan material, masalan tol (qora qog’oz) tashlab, kech soat 8 dan ertalab soat 8 gacha sun’iy korongi sharoit yaratiladi, natijada ular gullab ketmaydi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga issiqlikning ta’siri kattadir. O’simlik urug’larining bo’rtishi, unib chiqishi va o’sishi, ular tomonidan suv va oziq moddalarning o’zlashtirilishi, ularda oziq moddalarning hosil bo’lishi uchun ma’lum darajada issiqlik kerak bo’ladi. Agar o’simlikka issiqlik yetishmasa, uning o’sishi sekinlashadi, hosildorligi keskin kamayib ketadi. O’simliklar urug’larining unib chiqishidan hosili pishib yetilgunga qadar issiqlikni xar xil talab qiladi. Masalan, chigit tuproqdagi harorat 14-18° bo’lganda unib chiqadi, shonalashi uchun yuqori harorat (24-25) talab qiladi. G’o’zaning yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun esa 25 -30° issiqlik kerak bo’ladi, issiqlik 37° dan ortib ketsa, u g’o’zaga salbiy ta’sir qiladi, kuzgi 3-4° li sovuq o’simlikni xalok qiladi. Ekinlar issiqlikka bo’lgan talabiga qarab issiqsevar, o’rtacha va sovuqqa chidamlilarga bulinadi. Issiqsevar o’sim­liklarga g’o’za, makkajo’xori, okjuxori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularda urug’larning unib chiqishi uchun harorat 13° dan past, bo’lmasligi keraq Lekin harorat 25-30° bo’lganda bu jarayon yanada tezlashadi. Issiqsevar o’simliklar haroratning uzoq vaqt +10° dan pasayib ketishini ham yoktirmaydi. Bularga bodring, pomidor; qalampir, baqlajon va boshqalar kiradi. Ayrim o’simliklar yuqori haroratga chidamli bo’ladi, bularga qovun, tarvuz, qovoq va boshqalar kiradi. Ba’zi o’simliklar o’rtacha haroratni talab qiladi va sovuqqa chidamli bo’ladi. Bularga bug’doy, arpa, suli, no’xat, beda va boshqa o’simliklar kiradi. Ularning urug’lari harorat 10° dan past bo’lganda ham unishi mumkin, bunday o’simliklar uchun qulay harorat 18-25° xisoblanadi. Bu o’simliklarning maysalari 5-10° sovuqqa chiday oladi. O’simliklarning issiqqa va sovuqqa chidamliligi ular xayotining hamma davrlarida ham bir xil bo’lmaydi. Odatda yosh o’simlik nihollari katta yoshdagi o’simlikka nisbatan sovuqqa ancha chidamsiz bo’ladi. Harorat asta-sekin pasayib boradigan sharoitda, o’simlikning sovuqqa chidamliligi ortadi, havo tusatdan sovib ketsa, o’simlik kishga tayyorlanib ulgurmaydi.

O’simlik tarkibiy qismining asosini suv tashkil etib, ular xayotida muhim rol o’ynaydi. O’simlikning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi uning suv bilan kanchalik ta’minlanishiga bogliq O’simlik tuproqdagi oziq moddalarni ildizi orqali suvda erigan xolda oladi. Agar oziq, moddalar suvda erimasa, uni o’simlik o’zlashtira olmaydi. O’simlikning nafas olishi, ko’payishi va unda hosil bo’ladigan qand, kraxmal, oqsil, yog’ va boshqa moddalar, ularning o’simlik organlaridagi xarakati suv tufayli sodir bo’ladi. Ildiz orqali tuproqdan o’zlashtirilgan namlik o’simlikning butun tanasiga tarkaladi, shuningdek suvning ma’lum qismi barg orqali atmosferaga bug’lanadi: O’simlik orqali suvning bunday bug’lanishi, o’simlik tanasidagi haroratni pyasaytiradi va yozning issiq kunlarida salbiy ta’siridan saqlaydi, ya’ni suv o’simlik tanasidagi haroratni tartibga solib turishda muhim rol o’ynaydi. O’simlikning suvga bo’lgan talabi uning o’sish va rivojlanish davri davomida uzgarib turadi. Masalan, o’simlik dastlabki o’sish davrida suvni juda oz miqdorda o’zlashtiradi, o’sishning tezlashishi va hosil tugishining boshlanishi bilan ularning suvga bo’lgan talabi keskin ortadi, hosilning yetilish va pishish davrida esa yana kamayadi. O’simlikning suvga bo’lgan talabi ob-havo sharoitiga ham bogliq yozning issiq kunlari va kuchli yorug’likda o’simlikning suvga bo’lgan talabi 1,5-2,5 barobarga ortadi, havo haroratining pasayishi bilan aksincha kamayadi. Hamma o’simliklar ham namlikni bir xil talab qilavermaydi. Ayrim o’simliklarning suvga talabi juda kuchli bo’lib, tuproqda namlik kamayib ketsa ularning o’sishi yomonlashadi va hosili pasayadi. Bunday o’simliklarga karam, bodring, ko’kat va boshqalar kiradi. Bug’doy, arpa, g’o’za, pomidor, qalampir kabi o’simliklar tuproqda namlikning o’rtacha bo’lishini talab qiladi. Shuningdek ayrim o’simliklar qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Masalan, bularga qovun, tarvuz, oqjo’xori, maxsar va boshqa shu kabi o’simliklar kiradi. Demaq o’simliklarning suvga bo’lgan talabi xar xil bo’ladi. Shunga ko’ra o’simliklardan yuqori hosil olish uchun ularning suvga bo’lgan talabini bir me’yorda qondirish muhim ahamiyatga ega. Suv o’simlik talab etgan miqdordan ko’payib ketsa, o’simlik tez o’sib, g’ovlab ketadi, hosili kech yetiladi va kasallikka chalinadi. O’simlikda suv tanqisligi sezilsa, o’simlik orqali suv kam bug’lanadi, o’simlik tanasi qizib ketadi, u so’liy boshlaydi, sekin o’sadi, ildizlari tuproqka chuqur kirib boradi va deyarli shoxlamaydi. Bu xol o’simlikning hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar tuproqdagi mineral moddalar bilan ildizi orqali oziqlanadi. Tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan xilma-xil oziq moddalar bo’ladi, agar tuproqda ana shu oziq moddalar yetishmasa o’simlik yaxshi o’smaydi, rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tarkibida oziq moddalari bo’ladigan go’ng va mineral tuzlar inson tomonidan tuproqqa solib turiladi. O’simliklar tuproqdan tayyor oziq moddalarni ildizi orqali olishidan tashkari, ular oziq moddalarni barglarida ham hosil qiladi. O’simlik barglaridagi ogizchalari orqali havodagi karbonat angidrid gazini olib, uni ildizi orqali o’zlashtirgan suv bilan oziq moddalarga aylantiradi. Bunday jarayonning ruy berishida quyosh nuri, issiqlik va bargdagi yashil xlorofill donachalar katta rol o’ynaydi. Ko’pchilik o’simliklarda shonalash, gullash va meva hosil qilish paytida oziq moddalarga bo’lgan talab kuchayadi.

Hamma tirik organizmlar singari o’simliklar ham havodagi kislorod bilan nafas oladi. Tuproq bushliklaridagi havodan esa ildizi orqali nafas oladi. O’simliklarga havo yetishmasa yoki tuproq uta zichlashib ketsa, o’simlikning o’sishi yomonlashadi va yaxshi rivojlanmaydi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Tuproqdagi havo o’simlik ildizini kislorod bilan ta’minlashidan tashkari, mikroorganizmlarning ishini yaxshilaydi va tuproqdagi o’simlik hamda xayvon koldiklarini chiritib, o’simliklar yengil o’zlashtiradigan xolga keltiradi. Shuning uchun zichlashgan tuproqni yumshatish, ekin kator oralarini kultivasiya qilish va chopish orqali tuproqka kislorod kirishi ta’minlanadi. Havoda kisloroddan boshqa karbonat angidrid gazi ham bo’lib, undan barglarda yashil donachalar va quyosh yorug’ligi yordamida, oziq moddalar hosil bo’lishi o’tgan darsda aytib o’tilgan edi. Demaq o’simliklar uchun havo muhim ahamiyatga ega. Hamma madaniy o’simliklar unumdor tuproqlarda yaxshi o’sadi, rivojlanadi va yuqori hosil beradi. Ammo hamma yerda ham tuproq bir xil unumdorlikka ega emas. Ayrim tuproqlar tez zichlashib kolsa, ayrimlari donador bo’lib sochilib turadi. Ba’zi tuproqlarda yer osti suvlari juda yakin joylashgan bo’lib, o’simlik yaxshi usa olmaydi, ayrimlarida esa tuz ko’p bo’lib, o’simliklarga salbiy ta’sir kursatadi. O’simlikning o’sishi uchun noqulay bo’lgan bunday tuproqlarga ishlov beriladi, go’ng solinadi, zovurlar kovlab, yer osti suvlarining satxi pasaytiriladi, tuproq sho’ri yuviladi va xokazo. Hamma tuproqlarda ham o’simliklar bir xilda o’savermaydi. Masalan, karam, kartoshka va ildizmevalar tuprogi zichlashmagan, chirindisi ko’p bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Piyoz uchun tuprogi unumdor, yuqori katlamida oziq moddalar va namlik yetarli bo’lishi lozim. Pomidor, qalampir va baqlajon buz tuproq, o’tloq va o’tloqi-botqoq tuproqlarga ekilsa, yaxshi hosil beradi. Bodring va qovoqni unumdor, chirindiga boy, yumshoq tuproqlarga ekilgani ma’kul. Sho’r bosgan, shuningdek yer osti suvlari yuza joylashgan yerlar sabzavot ekinlari uchun yaroksiz xisoblanadi. Arpa, lavlagi, ruza, burdoy bir oz sho’rlangan yerlarda o’sa olishi mumkin, beda, qovoq, pomidor, karam esa ularga nisbatan sho’rga chidamsiz bo’ladi. Qovun, piyoz, tarvuz va bodring sho’rga ancha chidamsizdir. Oqjo’xori bir oz sho’rlangan yerda usa oladi, makkajo’xori o’simligi esa bunday yerda yaxshi o’smaydi va hosildorligi keskin kamayib ketadi.

Qishki shudgorlik ekinlarini parvarish qilishga zarur o’sish manba ko’rsatkichlarini tavsifini quyidagi misollar yordamida ko’rishimiz mumkin.

1. O’simliklarga yorug’likning ta’sirini o’rganishda ikkita sopol tuvaq tuproq, so’ngan go’ng, urug’lar kerak bo’ladi.

O’simliklarga yorug’likning kursatadigan ta’sirini o’rganish uchun ikkita sopol tuvak olib, ularga uch qism tuproqka bir qism go’ng kushilgan aralashma solinadi va suv bilan namlanadi. Urug’lar nam tuproqka ekiladi va tuvaklar uy haroratidagi xonaga kiritib kuyiladi. Urug’lar unib, maysalar hosil kilgach, tuvaklarning birini yorug’ yerga va ikkinchisini esa korongi joyga kuyib parvarish qilinadi. Yorug’ joyda parvarish qilingan o’simliklar yopyg’ tushgan tomonga buriladi, barglari tuk yashil rangda bo’ladi va o’simlik tuplari bakuvvat bo’lib o’sadi. Qorong’i joyda o’stirilgan o’simlikning bargi va poyasi sariq, o’zi esa nimjon bo’ladi.


  1. Qand lavlagi urug’ining unib chiqishiga issiqlikning ta’sirini o’rganish.

Kerakli jixozlar: ikkita sopol tuvaq tuproq, chirigan go’ng va qand lavlagi urug’i.

Birinchi tajriba. Yuqoridagi tartibda tayyorlangan tuproq aralashmasidan tuvaklarga to’ldiriladi va suv bilan namlanadi. Ularga qand lavlagi urug’lari bir muddatda ekiladi. Tuvakning birini harorati 4-5° li, ikkinchisini 14-16° li yerga ko’yiladi. Ikkinchi tuvakdagi urug’lar 8-10 kunda unib chiqadi,birinchi tuvakdagi urug’larning unib chiqishi esa 3-4 xaftaga cho’ziladi.

Ikkinchi tajriba. Ikkita tuvakka ham qand lavlagi urug’lari bir vaqtda ekiladi. Urchtlar unib chikqandan keyin birinchisini 7-8° li, ikkinchisini 17-18° li sharoitda parvarish qilinadi. Bunda yuqori haroratda parvarish qilingan o’sim­liklar tez usganligini yakkol ko’rish mumkin.


  1. O’simliklarning namlik va havoga talabini o’rganish.

Kerakli jixozlar: uchta oddiy shisha stakan, tuproq, qand lavlagi va makkajo’xori urug’lari.

O’simliklarning namlik va havoga bo’lgan talabini o’rganish uchun uchala staqanda ozgina joy koldirib, tuproq bilan tulatiladi va ularga qand lavlagi urug’lari 2-Zsm chuqurlikda yoki makkajo’xori urug’lari 6-7 sm chuqurlikda ekiladi. Birinchi staqandagi tuproq kuruk bo’ladi, ikkinchi staqandagi tuproq namlanadi, uchinchi stakanga esa tulguncha suv kuyib, issiq joyda (18-20°) saklanadi.

Birinchi va uchinchi staqandagi uro’tlar unib chikmaydi. Chunki birinchi stakanda havo va issiqlik yetarli, ammo namlik yetishmaydi. Uchinchi stakanda esa namlik va issiqlik yetarli, ammo tuproqda suv ko’p bo’lganligi uchun havo yetishmaydi. Ikkinchi stakanda namliq havo va issiqlik yetarli bo’lganligi uchun urug’lar normal unib chiqadi.-

Maktab o’quv-tajriba uchastkasidan 6m2 yer ajratib makkajo’xori eking, unib chiqib yaxshi rivojlana boshlagandan so’ng ularni ikki qismga ajrating. Birinchi qismidagi o’simliklarni vaqt-vaqti bilan /5--6 marta/ sug’orib turing ikkinchisidagilarini esa ko’llatib sug’oring. Vaqti-vaqti bilan sug’orilgan makkajo’xori yaxshi o’sadi, ko’llatib sug’orilgan makkajo’xorining ildizlariga havo yetishmasdan nobud bo’ladi.


§1.4.O’SIMLIKLARNING O’SISH TEZLIGI VA RIVOJLANISHINI TA’MINLOVCHI AGROTEXNIK TADBIRLAR
O’simliklarni parvarish qilishning asosi ularning o’sish tezligini va rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simliklarning biologik xususiyatlaridan o’simlik vegetasiya davrining uzunligini o’sish va rivojlanishini, ildiz sistemasi va assimilyasion yuzasining rivojlanish dinamikasini, quruq moddalarning to’planishi, o’simlikning organ va qismlari shakllanishini moddalar almashinuvini, suv va ozuqa rejimlarini, sovuqda, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamliligi va boshqalar tekshiriladi. Ekinlarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilish manbalari bo’yicha tuproqni ishlash, oziqlantirish, begona o’tlardan tozalash, zararkunanda va kasalliklardan himoyalash, chiniqtirish, chidamliligini oshirish, ehtiyoji va muddati bo’yicha sug’orish hosilni ko’paytirishga qaratilgan ishlovni berish, ekin hosilini yig’ishtirishga tayyorlash kabi parvarishlash tadbirlari amalga oshiriladi.

O’simliklarni o’sish tezligi va rivojlanishini nazorat qilishda o’simlik organizmlarining mineral moddalar va suvni o’zlashtirishi, o’sish, rivojlanish, gullash va mevalash, nafas olish, ildizdan va havodan oziqlanish (fotosintez), biosintez va xar xil moddalar to’plash va ularni o’z a’zolarini tuzish va bo’g’in qoldirishga sarflash jarayonlari kuzatiladi va tegishli agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi. Shuningdek o’simliklarning mineral oziqlanishida ildiz sistemasining singdirish faoliyati, suv almashinuvi va mineral oziqlanishning o’zaro bog’liqliklari tekshirib boriladi. O’simliklarning tashqi muhitdagi kimyoviy elementlarni yutish va o’zlashtirish energiyani hisoblangan oziqlanish o’simliklarni parvarish qilishda muhim o’rin to’tadi. O’zlashtirilgan moddalar o’simlik hujayrasi sito-plazmasiga o’tadi va mazkur o’simlikka xos kimyoviy birikmalarga aylanadi. Ozuka moddalarning yutilishi va o’zlashtirilishi (anabolizm), ularnimg parchalanishi va tashqariga chiqarilishi (katabolizm) organizm hayot faoliyati asosi-moddalar almashinuvi (metabolizm) ni tashkil qiladi. O’simliklar tarkibida Yer yuzida tarkalgan barcha kimyoviy elementlar uchraydi. Lekin, O. uchuy faqat kislorod (O), vodorod (N), azot (N), fosfor (R), oltingugurt (S), kaliy (K), kalsiy (Sa), magniy (Mg), temir (Fe) va mikroelementlaryaan bor (V), marganes (Mp), rux (R), mis (Si), molibden (Mo) va b. juda zarur. O. elementlari havodan karbonat angidrid gazi (S02), tuproqdan suv (N20) va mineral tuz ionlari shaklida o’zlashtiriladi. Yuksak o’simliklar esa havo yoki barg (q. Fotosintez) va tuproq. yoki ildiz orsali oziq,lana-di. Tuban o’simliklar (bakteriyalar, zamburug’lar, suvo’tlar) S02, N20 va tuzlarni butun tana yuzasi orqali yutadi. O’simlik organizmining turli xil moddalarga ehtiyoji har xil (kislorod va vodorodni eng ko’p qabul qiladi). O elementining birortasi o’rnini boshqasi bosolmaydi. Birorta elementning yetishmasligi o’simlikni kasallanishga yoki halokatga olib keladi. O’simlik yutayotgan uglerod manbaiga qarab O. bir nechta tipga ajratiladi. Tuban o’sim-liklarning bir sismi (barcha zamburug’lar va ko’pchilik bakteriyalar) uglerodni fakat organik birikmalardan oladi (s. Geterotrof organizmlar), ulik organik qoldiqlar hisobiga oziqlanuvchi organizmlar esa saprofit organizmlar deyiladi. Boshqa tirik organnzmlarning organik birikmalari hisobiga yashaydigan geterotrof organizmlar parazitlar deb ataladi. Bularga barcha zamburug’lar va bakteriyalar, o’simlik va hayvonlarning kasallik tarqatuvchilari hamda ba’zi yuksak o’simliklar (masalan, maxsus surgichlari bilan boshqa o’simlikning shirasini suruvchi - shumgiya) kiradi. O’simliklarning ko’pchilik qismi karbonat angidriddan uglerod o’zlashtirishga layokatli, bunda o’simlik uglerodni organik birikmalar darajasigacha o’zgartiradi. Bunday oziqlanish avtotrof oziqlanish deb nomlanadi (k Avtograf organizmlar). O. jarayoni tufayli tabiatda katta biogeokimyoviy moddalar aylanishi sodir bo’ladi; O. o’simliklar hayoti (nafasolish va parchalangan moddalarni tashki muhitga chikarish jarayonida sarflangan ozuka moddalar urnini tuldirish) davom etadi. organlar o’sadi, zapas oziq moddalar tuplanadi, o’simlik xreil beradi (meva qiladi, urug’laydi).

BOB. II.QISHLOQ XO’JALIK TEXNIKASINI ISHLATISH
§2.1.QISHLOQ XO’JALIK O’SIMLIKLARINI PARVARISH QILISHDA ISHLATILADIGAN KULTIVATORLAR VAZIFASI VA TURLARI
Kultivator – oziqlagich o’simlik qator oralarini yumshatish bilan birga o’g’itlaydi. Qator oralari 45, 50 va 60 sm bo’lgan g’o’za va boshqa ekin paykallarida KRX-4 markali K. 0,9 t klass traktorlariga o’rnatib ishlatiladi (3-rasm). Traktorning chap va o’ng yonidagi bruslar (1) ga shuningdek ketingi bruslarga kultivatorning ish organlari seksiyasi o’rnatilgan. Har qaysi seksiya gryadil (7), ish organ (rasmda okuchnik)lari (9) va ishlash chuqurligini rostlaydigan tayanch g’ildirakchalar (10) dan iborat. Ish orgamlari sekiiyasi prujinali povodok (4) yordamida salt holatga ko’tariladi.

O’simlikni oziqlantirish uchun old tomonga ikkita va ketinga uchta o’g’it sepish apparatlari (3 va 6) o’rnatiladi.

Bular traktorning sinxron quvvat olish validan mufta (11), zanjirli uzatma (5) va val orqali harakatlapadi. O’g’it apparatdan o’g’it o’tkazgich (13) orqali okuchnikka, undan egatga tushadi. G’o’za shoxlarinipg shikastlanmasligi uchun ish organlari tunuka to’siq(8), еtakchi va old gildiraklar esa obtekatellar (12) bilan ihotalangai bo’ladi.

Kultivatorokuchnik” kartoshka qator oralariga ishlov beradigan, oziqlantiradigan va chopiq qiladigan qishloq xo’jalik quroli (4-rasm). Kultivator okuchnikning chopiq qiladigan korpuslari qator oralarida harakatlanib, begona o’tlarni o’ldiradi va kartoshka ildizi ustiga yumshatilgan tuproqni uyib, 25 sm gacha balandlikda pushta hosil qiladi. Chopiq qilish bilan bir vaqtda qishloq xo’jaligida ishlatiladigan 4-qatorli KON-2,8 PM ning qamrovi 2,4-2,8 m, ish unumdorligi - 2,25 ga/soat.


§2.2.EKINLARNI QATOR ORASIGA ISHLOV BERUVCHI CHOPIQ KULTIVATORLARNI TUZILISHI VA ISHLASHI
Sug’oriladigan ekinni parvarishlashda uning qator oralig’idagi tuproqni yumshatish, begona o’tlar ildizini kesib ketish, o’g’itlash, jo’yaklar ochish kabi ishlar chopiq kultivatori yordamida bajariladi. Qatordagi ko’chatlarga zarar keltirmaslik uchun ularga nisbatan kultivator tishlari birinchi kultivasiyalashda vx 3 = 8...12 sm, keyingilarida vxz = 14...15 sm himoya zonasi qoldirilib joylashtiriladi.

Ishchi qismlari. Chopiq kultivatorlarida ham еrga o’g’it solgich, rotasion yulduzcha, jo’yak olgich, pan-jarasimon qanotli jo’yak olgich, oziqlantirib jo’yak olgich, sferik disk va boshqalar ishlatiladi . Har bir qator oralig’idagi tuproqqa ketma-ket ishlov berish uchun kerak bo’lgan ishchi qismlarning majmuasi bitta gryadilga o’rnatiladi. Gryadil qatorlar oralig’ining o’rtasida joylashgan bo’lib, ishchi qismlar uning o’ng va chap tomonlariga kerakli masofa va chuqurlikda o’rnatiladi. Har bir ishchi qism ustuni gryadilga tutqich va qulflar yordamida, uning kerakli holatini ta’minlaydigan kilib mahkamlanadi. O’toqlovchi va o’qsimon tishlar begona o’tlarning iddizini kesib ketish va tuproqni qisman yumshatish uchun ishlatiladi. Ular tig’iking qalinligi 1,0 mm dan kamroq bo’lishi kerak. Ish jarayonida o’zi o’tkirlanib turishi va еyilishga chidamli bo’lishi uchun tig’ga qattiq krtishma (masalan, sormayt) payvandlangan bo’ladi. Bunday tishlarning tuproqni yumshatish darajasi, ularning engashish burchagi a ga bog’liq bo’lganligi sababli, ularni ustunga a=12... 18° qilib bolt bilan o’rnatish mumkin. Sug’oriladigan jo’yaqdagi tuproqni yumshatish uchun, kengligi 35 mm li yumshatuvchi tishlar qo’llaniladi. Ko’pincha, bunday tishlar­ning dami ikki tomonlama bo’lib, bir tomoni o’tmas bo’lib qolganda, uni 180° ga to’ntarib, ikkinchi tomoni bilan qo’yiladi. Bunday tishni ustunga egilish burchagi a = 36...40° qilib o’rnatish mumkin. Qatqaloqni buzish, tuproqni yumshatish va begona o’tlarni yo’qotish va himoya zonasini kamaytirish maqsadida rotasion yulduzcha ishlatiladi. Ulardan ko’chatlarning bo’yi 30...40 sm ga еtgunicha foydalaniladi. Rotasion yulduzchaning barmoqyaari 5...8 sm gacha tuproqqa botib yuradi. Agar yulduzchani barmog’i bukilgan aylantirilsa, uning ishlov berish chuqurligi ortadi. O’g’it ko’mgich еrni 16 sm chuqurlikkacha yumshatib, o’g’itlaydi. Jo’yak olgich 16 sm chuqurlikkacha ishlov berib, begona o’tlarni yo’qotib maydalash, tuproqni ko’tarib ko’chatlar tagini ko’mib ketish uchun ishlatiladi. Jo’yak olgich qanotining holatini o’zgartirib, tuproqni ko’tarib ko’mish balanlligi sozlanadi. Oziqlantirib jo’yak olgich, tuproqqa 20 sm chuqurlikkacha ishlov beradi. Sferik disklar himoya zonasini ka­maytirish uchun ishlatiladi. Chopiq qultivatorining qamrov kengligi, ishchi kismlari o’rnatilgan gryadillar oralig’i va soni, urug’ ekib ketgan seyalkaning o’lchamlari bilan moslangan bo’lishi kerak.

Chopiq kultivatorining tuzilishi (5 rasm). Kultivator qismlari maxsus chopiq traktorining oldi (oldingi seksiyasi) va orqa (orqa seksiyasi) tomonlariga o’rnatiladi. Kultivatorning oldingi seksiya ramasi 3, traktorning o’ng va chap tomonidagi lonjeronlariga o’rnatiladi. Rama 5 ga pasaytirgich 25orqali seksiyaning to’rt bo’g’inli (parallelogrammli) osish me-xanizmi 4 biriktirilgan. Ularga, o’z navbatida, gryadil 20 lar o’rnatiladi. Gryadillarga ishchi qismlar mahkamlanadi. Kultivatorga beshta o’g’itlash apparati 13 va 18 (ularning ikki-tasi oldi, uchtasi - orqa seksiyalarda)lar o’rnatilgan. Gidrosilindr 7 ning ta’sirida ko’tarish vali 15 burilib,tortki 12 va 16 lar orqali ikki еlkali richag ko’targich yordamida jilov 5 dagi sirpang’ich 9 ni yuqoriga ko’taradi. Sirpang’ich 9, jilov 5 ga mahkamlangan shayba 10 ga tiraLib, uni jilov bilan birgalikda yuqoriga ko’taradi. Jilov esa gryadil 20 ni va unga o’rnatilgan ishchi qism 24 parni yuqoriga ko’taradi. Gryadilni еr yuzasiga nisba-tan muayyan balandlikda ko’tarib yurib, ishlov berish chuqurligini me’yorida ushlab turish uchun tayanch g’ildirakcha 21 lar xizmat qiladi. Ishlov berish chuqurligini o’zgartirish uchun ishchi qism ustunini gryadilga mahkamlaydigan qulflar еchilib, uning g’ildirak-chaga nisbatan balandligi o’zgartiriladi. G’ildirak 6 ning joyini jilov 5 bo’ylab o’zgartirib, prujina 7 ning siqilish darajasini o’zgartirish mumkin. Prujinaning sikilish kuchi jilov orqali gryadilga, unga o’rnatilgan qismlarga uzatilib, ularni tuproqqa botirishga va tuproqning qarshilik kuchi (zich-roq еrlarda) o’zgarib qolsa, ishchi qismlar ko’tarilib ketib, tayin-langan ishlov berish chuqurligi kamayishining oldi olinadi. Ishchi qismlarni joylashtirish tartibi ular bajaradigan texnologik jarayonga qarab aniqlanadi Kultivator ishchi qismlarini bir yo’la to’g’ri joylashtirish uchun maxsus shablondan foydalaniladi. Shablon betonlanib tayyorlangan tekis maydonchada chizilgani ma’qul. Traktor shablon ustiga chiqarilib, gryadil va ishchi qismlar rasmda ko’rsatilganidek o’rnatiladi.

Vertikal tekislikda tishlar har bir gryadilda alohida - alohida o’rnatiladi. Shu maqsadda, gryadil g’ildirakchasining ostiga kalinligi tishlarni tuproqqa maksimal botirish chuqurligiga teng bo’lgan taglik qo’yiladi. Ishchi qismlarni kerakli chuqurlikka o’rnatishda, gryadil bo’ylama gorizontal holatda bo’lishi lozim. Bunga paral­lelogrammli mexanizm ustki tortqisining uzunligini o’zgartirish orqali erishiladi. Tishning uchi g’ildirakcha tegib to’rgan sathga nisbatan berilgan chuqurlikka tushirilib, uning ustuni kulf yordamida maxkamlanadi. Ishchi qismlari shablon yordamida joylashtirilgan agregatning ishi dalada tekshirib ko’riladi va zarur bo’lsa, o’zgartirishlar kiritiladi.



Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish