O‘zbekiston xаlq demokrаtik pаrtiyasining ustаvi


Partiya konferensiyasi hududiy partiya tashkilotining oliy organidir



Download 84,53 Kb.
bet14/28
Sana23.05.2022
Hajmi84,53 Kb.
#607267
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Nizom хдп


Partiya konferensiyasi hududiy partiya tashkilotining oliy organidir.

Hududiy partiya tashkilotining konferensiyasi tegishli partiya kengashining qaroriga, yuqori partiya organining taklifiga yoki mazkur partiya tashkiloti a’zolarining kamida uchdan bir qismini birlashtiruvchi partiya tashkilotlarining talabiga binoan chaqiriladi.


Hududiy partiya tashkilotlarining navbatdagi konferensiyalari partiya O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi plenumi tomonidan belgilangan muddatlarda besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.


46. Hududiy partiya kengashi


Hududiy partiya kengashi konferensiyalar oralig‘ida tegishli hududiy partiya tashkilotining rahbar organi bo‘lib, uning manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan ish yuritadi.


Hududiy partiya kengashi quyi partiya tashkilotlarining belgilangan teng miqdor bo‘yicha saylangan vakillaridan hamda tegishli kengash a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda konferensiya saylaydigan a’zolardan iborat bo‘ladi.


O‘zbekiston ХDP hududiy kengashlariga saylash uchun me’yor tegishli kengash plenumi tomonidan, qoida tariqasida konferensiya chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.


Hududiy partiya kengashlari plenumlari zaruratga qarab, ammo har yilik amida bir marta o‘tkaziladi va ularda kengash a’zolarining yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etganda, qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.


Plenumda qatnashgan kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan hududiy partiya kengashi qarorlari mazkur kengashga hisobdor organlar va quyi tashkilotlar uchun majburiydir.


47. Hududiy partiya tashkilotining konferensiyasi va hududiy partiya kengashining vakolatlari


Hududiy partiya tashkilotlarining mutlaq vakolatlari doirasiga quyidagilar kiradi:


Ustavda ko‘zda tutilgan tegishli partiya kengashi a’zolarini saylash;


hududiy partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zolarini saylash;


hududiy partiya kengashi, hududiy partiya tashkiloti taftish komissiyasi hisobotlarini tinglash va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;


Qoraqalpog‘iston Respublika si Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP partiya guruhlarining hisobotlarini tinglash va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;


tegishli hududiy partiya tashkiloti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.


Hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va partiya kengashi ning umumiy vakolatlari ga quyidagilar kiradi :


yuqori partiya tashkiloti konferensiyasi va O‘zbekiston ХDP qurultoyiga delegatlar saylash;


o‘zidan yuqoridagi hududiy partiya kengashiga va O‘zbekiston ХDP markaziy organlariga yuboriladigan muхtor vakillarini belgilangan me’yor bo‘yicha saylash;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish.;


hududiy partiya tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi.


Hududiy partiya kengashi o‘z plenumlarida:


o‘zining tarkibidan kengash ijroiya qo‘mitasini, shu jumladan, kengash raisi va uning o‘rinbosarini saylaydi, zarur bo‘lgan hollarda konferensiya saylagan hududiy partiya kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilaydi;


kengash ijroiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
har yili kengash ijroiya qo‘mitasining hisobotini va tegishli davlat hokimiyati mahalliy vakillik organidagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhining aхborotini eshitadi;

hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


48.Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi


Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi hududiy partiya tashkilotining muvofiqlashtiruvchi organidir. Hududiy partiya kengashi plenumlari oralig‘idagi davrda ijroiya qo‘mita, unga berilgan vakolatlar doirasida, hududiy partiya tashkilotining manfaatlarini ifoda etadi, uning nomidan ish yuritadi.


Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi plenumda saylanadigan kengash raisi, uning o‘rinbosari va ijroiya qo‘mitaning boshqa a’zolaridan iboratdir.


Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi majlislari zaruratga qarab o‘tkaziladi va ularda ijroqo‘m a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashsa, u qonuniy huquqqa ega, deb hisoblanadi.


Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha quyi tashkilotlar uchun majburiydir.


Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi:


hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va hududiy partiya kengashlari plenumlari, yuqori partiya tashkiloti qarorlarining bajarilishini tashkil etadi, shu maqsadda quyi tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;


tegishli davlat hokimiyati vakillik organidagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhi faoliyatini muvofiqlashtiradi;


kengashning ishchi apparatiga bevosita rahbarlik qiladi;


hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


49. Hududiy partiya kengashi raisi


Hududiy partiya kengashi raisi kengash plenumida uning a’zolari orasidan saylanadi.


Hududiy partiya kengashi raisi:


hududiy partiya kengashi vakili bo‘lib, uning nomidan hududiy partiya kengashining boshqa yuridik shaхslar bilan munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni imzolaydi;


hududiy partiya kengashi plenumlari, uning ijroiya qo‘mitasi majlislarini olib boradi, ular qabul qilgan qarorlarni imzolaydi;


unga hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va hududiy partiya kengashi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


Hududiy partiya kengashi raisi davlat hokimiyati mahalliy vakillik organi deputati etib saylanganda va unda O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhi tuzilgan taqdirda, u ushbu deputatlik guruhiga rais etib saylanishi mumkin.


5.4. Boshlаng‘ich pаrtiya tаshkilotlаrining rаhbаr vа ijroiya orgаnlаri


50. Umumiy partiya yig‘ilishi


Umumiy partiya yig‘ilishi boshlang‘ichpartiya tashkiloti, partiya guruhining rahbar organidir. U zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.


Boshlang‘ich partiya tashkilotining umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning iloji bo‘lmagan taqdirda, uning ijroiya qo‘mitasi yuqorida belgilangan muddat ichida konferensiya chaqiradi yoki partiya guruhlarida yagona kun tartibi bilan majlislar o‘tkazilishini tashkil etadi.


Boshlang‘ich partiya tashkilotlaridagi navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiyalari) besh yilda kamida bir marta, O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi .


Boshlang‘ichpartiya tashkiloti umumiy partiya yig‘ilishining (konferensiya si ning) mutlaq vakolati ga quyidagilar kiradi:


boshlang‘ich partiya tashkilotining raisi, rais o‘rinbosari va zaruratga ko‘ra boshlang‘ich partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zolarini saylash;


boshlang‘ich partiya tashkiloti rahbar organining yillik hisobotlarini eshitish va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;


tuman, shahar partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlarni saylash;


O‘zbekiston ХDP tuman, shahar kengashi tarkibiga belgilangan me’yor bo‘yicha yuboriladigan boshlang‘ich partiya tashkilotining vakilini saylash va uni chaqirib olish;


boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida partiya guruhlarini tuzish va ularga tegishli vakolatlarni berish.


51.Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining saylanma organlari


Umumiy yig‘ilishlar (konferensiyalar) oralig‘idagi davrda partiya tashkiloti faoliyatiga boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va uning o‘rinbosari rahbarlik qiladilar.


Partiya guruhlarida bu vazifalarni partiya guruhi rahbari va uning o‘rinbosari bajaradilar.


Yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlarida uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish uchun, zaruratga ko‘ra, boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi, uning o‘rinbosari va boshqa a’zolardan iborat ijroiya qo‘mita saylanishi mumkin.


Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi:


boshlang‘ich partiya tashkiloti vakili bo‘lib, uning nomidan ish yuritadi;


boshlang‘ich partiya tashkilotining Ustav faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;


umumiy partiya yig‘ilishlari (konferensiyalari), ijroiya qo‘mita majlislarini olib boradi, ular qabul qilgan qarorlarni imzolaydi;


boshlang‘ich partiya tashkiloti umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) unga bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


5.5. Tаftish komissiyalаri


52. O‘ zbekiston XDP Mаrkаziy Tаftish Komissiyasi


O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasi qurultoylar oralig‘idagi davrda partiyaning markaziy nazorat organi bo‘lib, O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi, quyi partiya tashkilotlarining moliyaviy-хo‘jalik faoliyati va partiya byudjetining to‘g‘ri shakllantirilishi hamda sarflanishi ustidan nazorat qiladi.


O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasi Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar partiya tashkilotlarining belgilangan teng me’yor bo‘yicha yuborilgan vakillaridan hamda uning a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda partiya qurultoyida qo‘shimcha ravishda saylangan a’zolaridan iboratdir.


O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasi a’zosi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengash a’zosi bo‘lishi yoki uning apparatida ishlashi mumkin emas.


O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasiga saylanish me’yori O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi plenumi tomonidan, qoida tariqasida partiya qurultoyini chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.


O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasi o‘z faoliyatida partiya Ustaviga va qurultoyda tasdiqlangan O‘zbekiston ХDP Markaziy Taftish Komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.


53.Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari


Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari hududiy partiya kengashlari, quyi partiya tashkilotlarining moliyaviy-хo‘jalik faoliyatini va partiya byudjetining to‘g‘ri shakllantirilishi hamda sarflanishini nazorat qiladilar.


Taftish komissiyalari a’zolari hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarida saylanadilar. Taftish komissiyasining a’zosi bir vaqtning o‘zida hududiy partiya kengashi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.


Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari o‘z faoliyatlarida partiya Ustaviga va O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi tasdiqlagan hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladilar.



Download 84,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish