O‘zbekiston xаlq demokrаtik pаrtiyasining ustаvi


O‘zbekiston ХDP faoliyatining hududi



Download 84,53 Kb.
bet2/28
Sana23.05.2022
Hajmi84,53 Kb.
#607267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Nizom хдп

4. O‘zbekiston ХDP faoliyatining hududi

O‘zbekiston ХDP o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amalga oshiradi.




5. O‘zbekiston ХDP markaziy organlarining qarorgohi

O‘zbekiston ХDP markaziy organlari Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-binoda joylashgan.




II. O‘ZBEKISTON ХDP TUZILMASI


6. O‘zbekiston ХDP a’zolari birlashuvining asosiy tamoyillari

Partiya a’zolari birlashuvining asosiy tashkiliy shakli O‘zbekiston Respublikasining tegishli ma’muriy-hududiy sub’ektlari doirasida tuziladigan hamda partiya a’zolarini bevosita turar joyi, kasb-kori yoki jamoatchilik faoliyati bo‘yicha birlashtiruvchi partiya tashkilotlaridir.


Davlat hokimiyatining qonunchilik-vakillik organlarida partiyadan saylangan deputatlardan iborat tuziladigan deputatlik birlashmalari ushbu organlarda partiya manfaatlarini ifodalashning tashkiliy shaklidir.


Partiyaning saylovlarda ishtiroki bilan bog‘liq Ustav faoliyatini amalga oshirish uchun saylov okruglarida partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalari tuzilishi mumkin.


Dasturiy vazifalarni hal etish maqsadida partiya a’zolarining boshqa shakldagi birlashmalaridan ham foydalanish mumkin.




7. O‘zbekiston ХDP tashkilotlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida tuman va shaharlarda tuziladigan partiya tashkilotlarini birlashtirish uchun;


respublika va viloyatga bo‘ysunadigan tuman va shaharlar doirasida, shuningdek, lozim topilgan hollarda, ular tarkibiga kiradigan hududlar va aholi yashash punktlarida boshlang‘ich partiya tashkilotlarini birlashtirish uchun tuziladi.


Boshlang‘ich partiya tashkilotlari, kamida uch nafar partiya a’zosini bevosita birlashtirish maqsadida, ularning istiqomat joyi, kasb-kori va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha, shunday birlashuv uchun qonuniy cheklovlar bo‘lmagan hollarda tuziladi. Zarur hollarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari tarkibida partiya guruhlari tuzilishi mumkin.

Partiya tashkilotlarini hamda ular tarkibidagi partiya guruhlarini tuzish, qayta tashkil etish (bo‘lish, qo‘shish va boshqalar) va tarqatish tartibi mazkur Ustav bilan belgilanadi.


8.Partiyaning deputatlik birlashmalari


Partiya manfaatlarini davlat hokimiyati qonunchilik-vakillik organlarida uyushqoqlik bilan ifodalash maqsadida qonunda belgilangan tartibda:


Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Хalq demokratik partiyasining fraksiyasi – Qonunchilik palatasiga partiyadan saylangan deputatlardan;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston Хalq demokratik partiyasining deputatlik guruhlari – davlat hokimiyati tegishli vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlardan tuziladi.


Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasining faoliyati partiya markaziy rahbar organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlari faoliyati partiyaning tegishli rahbar organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.



Download 84,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish