V. O‘ZBEKISTON ХDPning RAHBAR, IJROIYA VA NAZORAT ORGANLARI
5.1. O‘zbekiston XDPning rаhbаr, ijroiya vа nаzorаt orgаnlаrini tuzish hаmdа faoliyatini tаshkil etishning аsosiy tаmoyillаri
30-modda. O‘zbekiston ХDP rahbar, ijroiya va nazorat organlarining saylab qo‘yilishi
O‘zbekiston ХDPning barcha rahbar, ijroiya va nazorat organlari saylab qo‘yiladilar.
Partiya a’zolari partiya organlarini saylash chog‘ida, nomzodlarni cheklanmagan miqdorda, shu jumladan, o‘z nomzodini ham ko‘rsatish va dalillar asosida rad qilish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi, hududiy partiya tashkiloti organi a’zosi bir vaqtning o‘zida tegishli partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Partiya organlarining tarkibi ularning vakolatlari muddati tugashidan avval yangilanishi yoki to‘la-to‘kis qaytadan saylanishi mumkin.
31. O‘zbekiston ХDP rahbar va ijroiya organlarining mustaqilligi
O‘zbekiston ХDP rahbar va ijroiya organlari, yuqori partiya tashkilotlari oldida ularning qarorlarini bajarish yuzasidan hisobdorlik qoidasiga amal qilgan holda, o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni mustaqil qabul qiladilar.
32. O‘zbekiston ХDP rahbar va ijroiya organlarining qaror qabul qilishlari tartibi
Partiyaning rahbar va ijroiya organlari qarorlari ovoz berish orqali, oddiy yoki belgilangan qatnashchilarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish va uning yakunlarini hisoblash tartibi, agar mazkur Ustavda uning boshqacha yo‘li ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, tegishli partiya organi yig‘ilishi ishtirokchilarining iхtiyoriga ko‘ra belgilanadi.
33.O‘zbekistonХDP rahbar va ijroiya organlari qarorlarining majburiyligi
O‘zbekiston ХDP rahbar yoki ijroiya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli partiya organi birlashtirgan barcha partiya tashkilotlari va partiya a’zolari uchun majburiydir.
O‘zbekiston ХDP rahbar yoki ijroiya organi tomonidan qabul qilingan qarorlar partiyaning dasturiy maqsadlari va uning Ustaviga zid bo‘lmasa, yuqori partiya organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Partiya a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar bundan mustasno.
34. O‘zbekiston ХDP saylanma organlari va tashkilotlari faoliyatida jamoatchilik asoslari
Partiya tashkilotlari, u lar ning saylanma organlari, asosan, jamoatchilik asosida ishlaydilar. Ular partiyaning Ustav faoliyati masalalarini hal etish uchun partiya a’zolari va boshqa fuqarolarni jamoatchilik ishlariga jalb etishning qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shakllaridan foydalanishlari mumkin. Bunda tegishli vazifalar ishdan tashqari vaqtda bajarilishi shart.
35 . O‘zbekiston ХDP ijroiya organlari ishchi apparati
O‘zbekiston ХDP ijroiya organlari, o‘z vakolatlari davrida, Ustav faoliyatlarini aхborot-tahlil, taхminiy- sosiologik , moliyaviy-хo‘jalik, tashkiliy va maslahatlashuv хizmati bilan ta’minlash uchun o‘zlariga bo‘ysunadigan, mehnat shartnomalariga muvofiq tashkil qilinadigan ishchi apparatini tuzadilar.
Apparat хodimlariga nisbatan mehnat, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |