O‘zbekiston xаlq demokrаtik pаrtiyasining ustаvi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ХDP ishtiroki



Download 84,53 Kb.
bet16/28
Sana23.05.2022
Hajmi84,53 Kb.
#607267
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Nizom хдп

56. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ХDP ishtiroki

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi saylovida O‘zbekiston ХDPning ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.


Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ХDPning ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ХDPning ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror, saylov mavsumi boshlanishi e’lon qilinganidan keyin, bir hafta muddat ichida O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi tomonidan qabul qilinadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O‘zbekiston ХDPdan nomzodlar tegishli hududiy partiya tashkilotlari kengashlari tomonidan ko‘rsatiladi.


Qorqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga O‘zbekiston ХDPdan nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror tegishli hududiy partiya kengashi yig‘ilishida, unda ishtirok etayotgan a’zolarining ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli saylov komissiyasiga topshiriladi.




57. Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasi faoliyatini tashkil etish

Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasi o‘z ishini partiya dasturiy hujjatlari, partiya qurultoyi belgilagan parlamentchilik faoliyati vazifalari hamda partiya markaziy organlarining tegishli tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.


Juda muhim siyosiy masalar yuzasidan nuqtai-nazarlarni kelishib olish uchun partiya fraksiyasi va O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi yoki uning Siyosiy ijroqo‘mining birgalikdagi qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin.


Fraksiya a’zolari Qonunchilik palatasida ovoz berishda birgalikda ishlab chiqilgan nuqtai-nazarlarga asoslanadilar.


Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasi o‘z faoliyati to‘g‘risida har yili Markaziy Kengash plenumiga aхborot beradi. Qonunchilik palatasi vakolati davridagi faoliyati bo‘yicha uning hisoboti partiya qurultoyida eshitiladi.


58. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va sha h ar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlari faoliyatini tashkil etish


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlari o‘z faoliyatlarini partiya dasturiy hujjatlari, tegishli hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalari tomonidan belgila n gan parlamentchilik faoliyati vazifalari, yuqori partiya organlari qarorlari, tegishli hududiy partiya kengashlari tavsiyalaridan kelib chiqqan holda tashkil etadilar.


O‘ta muhim masalalar bo‘yicha nuqtai nazarlarni kel i shib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlarning yoki tegishli hududiy partiya kengashining yoyinki uning ijroiya qo‘mitasi ning birgalikdagi qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlari a’zolari tegishli davlat hokimiyati mahalliy vakillik organida ovoz berishda birgalikda ishlab chiqilgan nuqtai nazarga asoslanadilar.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida har yili tegishli hududiy partiya kengashlari plenumlariga aхborot beradilar. Ularning vakolat davridagi faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlari tegishli hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalarida eshitiladi.





Download 84,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish