5. Coca cola kompaniyasining marketing strategiyasi..........................................39 Xulosa 50 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 51
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Soʼnggi yillarda Oʼzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va ragʼbatlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta koʼrib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik toʼsiq va gʼovlar bekor qilindi. Koʼrilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik subʼektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bunday ijobiy oʼzgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng eʼtirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan «Biznes yuritish
— 2020» hisobotida Oʼzbekiston 69-oʼrinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi boʼyicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng erkinlik berish borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining joylarda toʼgʼri tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida 2019 yilning 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Biznesni tashkil etish, uni boshqarish va samarali yuritish uchun muayyan bilim va koʼnikmalar, tahliliy va mantiqiy fikrlash, kreativlikka ega boʼlish lozim.
Korxona faoliyatini samarali boshqarishda marketing tizimi muhim o‘rin tutadi. Hozirgi paytda barcha rivojlangan xorijiy firmalar marketing tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. Marketing tizimi chet el kompaniyalarining bozorlarini egallashdagi kuchli vosita bo‘lib, o‘zining samaradorligini amalda ko‘rsatmoqda. Marketing tizimi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi gorizontal aloqadorlikdagi mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda ishlab chiqarishda bozor tartiblarini shakllantirish, ularni bozor munosabatlari sharoitida tartibga solish, ishlab chiqarishning texnologik tarkibini yangilash va samaradorligi oshirish masalalari muammoli jarayonlar hisoblanadi. Ayniqsa bu holatning o‘ziga xos ifodasi mamlakat korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatida ustuvorlik kasb etadi. Bu borada islohotlar samaradorligini oshirish, tizimli chora tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagicha to‘xtalib o‘tgan edi: “...tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish lozim.Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur”.1 Yuqoridagi holatlar korxonaning marketing dasturlarini bir qancha muqobil variantlarini ishlab chiqishda mijozlar talablarini hisobga olish, marketing xizmatini tashkil etishning ko‘p omilli parametrlarini hisobga olgan holda tovarlarni sotish yo‘llarini aniqlash, marketing dasturining strategik yo‘nalishlarini korxonaning uzoq muddatli samarali faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.