O'zbekiston


Xususiy korxonaning iqtisodiy asoslari



Download 483,02 Kb.
bet4/9
Sana20.04.2022
Hajmi483,02 Kb.
#568055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ziyoda KB-75 kurs ishi (1)

Xususiy korxonaning iqtisodiy asoslari

Biz bugun tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.


O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatl. Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muxofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kafolatlashdan iboradir. Ushbu kafolatlar avvalo mamalakatimiz Konstitusiyasida va Konstitusiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi.
Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib, ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi.
Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar qiymati qo’llanadi.
Iqtisodiyotda tadbirkorlikning naqadar muhim o’rin tutishini hayotning o’zi tasdiqladi. Chunki, bozorning mo’l-ko’lligi ko’p jihatdan tadbirkorlikka bog’liq. Ayniqsa, xalq iste’mollari tovarlari ishlab chiqarish, turli-tuman xizmatlar ko’rsatish borasida tadbirkorlikning ahamiyati beqiyos. Bunda kichik biznes alohida o’rin egallaydi. U o’zining yuqorida ko’rsatib o’tgan qator afzalliklari tufayli zarur bo’lgan mahsulot bozorni to’ldirishga, kutilganidek xizmat ko’rsatishga qodir. Shuning uchun ham respublikamizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga doimiy ahamiyat berilib, diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Eng avvalo, Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy baza yaratishga ahamiyat berilib, tadbirkorlik to’g’risida bir qator Qonun va Farmonlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqiga yo’llagan navbatdagi Murojaatnomasida ham aynan xususiy tadbirkorlik uchun yaratilishi lozim bo’lgan yangi yo’nalishlar va vazifalar belgilab berildi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilishi aytildi. Shuningdek Murojaatnomada, tadbirkorlik sub’ektlarida o’tkaziladigan tekshirishlar oʻtkazishga moratoriy eʼlon qilishni yana bir yilga uzaytirishni taklif etildi. Murojaatnomada Muhtaram Prezident yana bir narsani alohida ta’kidladilar. – “Hukumat tomonidan bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni – takror aytaman – zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan mexanizmlar joriy etiladi.”
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni chiqarilayotgan Qaror va Farmonlarda ham ko’rish mumkin. Oxirgi yillarda yurtimizda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga, ularning qonuniy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Misol uchun, 1995-yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi, 1999-yil 14-aprelda «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi, 2000-yil 25-maydagi hamda 2020-yil 3- mayda yangi tahrirda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15- oktyabrdagi “Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3970-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20- noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4525-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5718-son farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4862-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 460-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son farmoni va hokazolar.
Birgina O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5718-son farmoni aynan xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash maqsadida qabul qilindi. Bu farmonning qabul qilinishi masalan nega kerak edi? birinchidan, tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini ko‘rib chiqishning yagona tizimi mavjud emas, bu esa yuzaga kelayotgan masalalarni to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal etish imkonini bermayapti, tadbirkorlarning muammolari va murojaatlarini hal etishga yuzaki munosabatda bo‘lish holatlari mavjud edi; ikkinchidan, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish bo‘yicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalarini sifatli hal qilish imkonini bermayotgan edi; uchinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi muhim muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas edi; to‘rtinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek ularning qonuniy talablarini aniqlash va tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga yetarlicha e’tibor berilmayotgan edi; beshinchidan, tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa joylarda byurokratik to‘siqlar va g‘ovlar uchrab turibdi, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish barcha darajadagi hokimliklar va ularning rahbarlari tomonidan zarur darajada qo‘llab-quvvatlanmayotgan edi.
Ana shu salbiy xolatlarni yo’qotish, mamlajatda xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida shu Farmon bilan joylarda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur qabulxonalar bugungi kunda tadbirkorlarning chinakkam dardiga darmon bo’ladigan organga aylanib ulgurdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son farmoni ham xususiy tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olindi. Mazkur farmonga asosan viloyat, shahar markazlarida “Korxonalarni sog’lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalari” ish boshladi. Inson dardiga shifokorlar, maxsus tibbiyot maskanari orqali shifo topsa, bugun tadbirkorlar o’z muammolarini yechimini ana shu klinikalarda topmoqda. Shuningdek, bugun davlat ishtirokidagi korxonalarni qisqartirish, ularni xususiy sektorga sotish borasida kech ko’lamli islohotlar olib borilmoqda.
Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va ayollarni bandligini ta’minlash, xususan ularni xususiy va oilaviy tadbirkor qilish maqsadlariga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi reestrlar aholini band bo’lmagan qatlamini to’liq qamrab olishga imkon yaratmoqda. Ular bugun tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitilmoqda, tadbirkorlar soni ko’paymoqda, ular davlat tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda.
Iqtisodiyotning asosi bo’lgan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning muammolarini yechish barcha darajadagi hokimliklar, sektorlar, davlat tashkilot va idoralari raxbarlari hamda mas’ullarining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi.
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni uzoq davom ettirish mumkin. Asosiysi, ana shu imtiyozlardan to’gri foydalangan holda, mamkalat iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shadigan ishbilarmonlar soni oshib boraversin.

Download 483,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish