O'zbekiston


Kurs ishning maqsadi va vazifalari



Download 483,02 Kb.
bet3/9
Sana20.04.2022
Hajmi483,02 Kb.
#568055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ziyoda KB-75 kurs ishi (1)

Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Marketing strategiyasi asosida biznesni tashkil etishning uslubiy asoslari tadqiq etish.
Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib quydagi vazifalarini yechish ko’zda tutiladi:

  • Xususiy korxonada boshqaruvni tashkil etish;

  • Xususiy korxonaning huquqiy va iqtisodiy asoslari;

  • Marketing strategiyasi turlarini tahlil etish;

  • Korxonadagi strategiyani o’rganish natijasida olingan tahlil va natijalar.

Kurs ishning predmeti: Marketing strategiyalari asosida biznesni tashkil etishning uslubiy asoslari va mohiyatini o’rganish.
Kurs ishning ob'ekti. Xususiy firmalarda marketing strategiyasini tahlil qilish.
Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, asosiy qismda 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Korxonalarda marketing strategiyasini tahlil qilish orqali samarali marketing strategiyalarini aniqlash va amaliyotga taqdim etish.

  1. Xususiy korxonaning mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati.

Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo`linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin.
1-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari.2
Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
Korxonalarning turlari juda ko`p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin
(2-chizma)3

Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tad-birkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxonalar quyidagi xususiyatlarga ega. Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshiriladi. Xususiy korxona faoliyatining o‘ziga xos yana bir jihati shuki, u boshqa ta’sischilarning aralashuvisiz, bir kishining yagona rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli. Mulkdor tomonidan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Xususiy korxonaning afzalliklari. Xususiy korxonaning yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilishi va boshqarilishi korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqarishi natijasida qarorlar qabul qilish tezligining oshishi. Korxona Xususiy rahbarining o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatga rahbarlik vazifasini boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash mumkinligi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmasligi. Soliqqa tortishning umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq to‘lovi)dan birini tanlash huquqiga egaligi. Xususiy korxona egasiga korxonani to‘lig‘icha mulk majmuasi sifatida sotishi yoki hadya etishi yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish huquqi berilganligi
Xususiy korxonaning kamchiliklari. Xususiy korxonalar faqatgina jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi, yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi Yuridik shaxs uning mulkdori bo‘la olmasligi natijasida qo‘shimcha mablag‘larni jamlash orqali korxonani kengaytirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yilganligi.Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq javobgar bo‘lishi. Korxona kasodga uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to‘lovlarni ta’sischining o‘zi to‘laydi. Bu esa tadbirkorga cheklanmagan mas’uliyat yuklaydi. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomida mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.


3-chizma. Xususiy korxona tavsifi.4


O’zbekiston Respublikasida tadbirkorliknining huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasining ― “Xususiy korxona to’g’risida”gi 11.12.2003 yil № 558–II-sonli qonunini e’tirof etish mumkin. Ushbu qonunning mazmunida xususiy korxonani tuzish tartibi, xususiy korxona mulkdor tomonidan tuzilishi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko’rsatilishi lozim: -korxonaning firma nomi; uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar; -asosiy faoliyat turlarining ro’yxati; mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; ustav fondining miqdori. Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.


Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish, xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi, xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir va uni mulkdorning o’zi belgilaydi.
Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulkn yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baxolaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan molmulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Xususiy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari- xususiy korxona mol-mulkining nasionalizasiya va rekvizisiya qilinishiga yo’l qo’yilmasligi, xususiy korxona faoliyatining erkinligi, xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar, xususiy korxonaga soliq solishning o’zigaxos xususiyatlari, xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi, xususiy korxonaning mol-mulki nasionalizasiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizisiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizisiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muodil kompensasiyasi to’lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa xolatlar bundan mustasno. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xar qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir. Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Xususiy korxonaga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda xususiy korxonalar uchun davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi. Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng korxona mulkdorining tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq solinmaydi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko’pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno. Xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaxo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil qilingan xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilishi mumkin emas. Shuningdek, ushbu qonunda xususiy korxonalarning birlashishi, xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish, nizolarni xal etish, xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, xususiy korxonalarning birlashishi xususiy korxonalar o’z xuquq va manfaatlarini ximoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assosiasiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, xadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o’zgacha usulda boshqa shaxsga o’tkazishga xaqli. Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o’zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko’rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning maxsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko’rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalardan foydalanish xuquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yangi mulkdorga o’tadi.
Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish- xususiy korxona uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Nizolarni xal etishxususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi soxasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi. Xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik – xususiy korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Demak xususiy korxonalarning tashkiliy-huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan aniq belgilab berilgan bo’lib, ana shu mulkchilik shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning manfaatlarini to’liq ta’minlashga xizmat qiladi.


  1. Download 483,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish