1.6. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tuzish Cho‘zilishda Guk qonunini tekshirish uchun sinov jadvalini tahlil qilish kerak. Namunaga qo‘yilgan yuk bir xil bosqich P=500 kg bilan orttirilgani uchun (jadvalning 1 va 2-ustunlari) absolyut uzayish ham bir xil miqdorga (5 va 6-ustunlar) ortishi kerak.
Bu P va Δl ning bir-biriga to‘g‘ri proporsional ekanligidan dalolat berib, cho‘zilishda Guk qonunining to‘g‘riligini ko‘rsatadi.
2-laboratoriya ishi
Cho‘zilishda po‘latning mexanik xarakteristikalarini aniqlash
2.1. Ishdan maqsad Namunaning mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlash.
2.2. Ish bo‘yicha asosiy tushunchalar Materiallarning sifatini va hossalarini belgilaydigan mexanik xarakteristikalar ikki turkumga bo‘linadi:
a) mustahkamlik xarakteristikalari;
b) plastiklik xarakteristikalari.
2-laboratoriyaning birinchi qismida mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlaymiz.
Po‘latdan yasalgan namuna cho‘zilishga sinalganda uning mustahkamlik xarakteristikalarini belgilaydigan kuchlanishlarga quyidagilar kiradi (2.1-rasm):
22.1 –rasm
1. Proporsionallik chegarasi - materialda hosil bo‘ladigan shunday eng katta kuchlanishki, ungacha Guk qonuni kuchga ega bo‘lib, kuchlanish bilan deformatsiya o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘lanish saqlanadi, ya’ni . Proporsionallik chegarasi kuchlanish diagrammasining A nuqtasiga mos keladi:
2. Elastiklik chegarasi -materialda hosil bo‘ladigan shunday eng katta kuchlanishki, ungacha namunada elastiklik deformatsiya hosil bo‘ladi, u cho‘zilish diagrammasining B nuqtasiga mos keladi. AB oraliqda kuchlanish bilan deformatsiya o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsional bog‘lanish buzilib, deformatsiya kuchlanishga nisbatan tezroq o‘sadi. Elastiklik chegarasi deyarli proporsionallik chegarasiga yaqin kuchlanish bo‘ladi:
3. Oquvchanlik chegarasi - materialda hosil bo‘ladigan shunday kuchlanishki, u sezilarli darajada ortmasa ham deformatsiya tez ortib ketadi. Bunda material erigan modda kabi oqayotgandek deformatsiyalanadi. Oquvchanlik chegarasi cho‘zilish diagrammasining C nuqtasiga mos keladi:
4. Mustahkamlik chegarasi (vaqtli qarshilik) -materialda hosil bo‘ladigan shunday shartli eng katta kuchlanishki, u namunaga qo‘yilgan eng katta yukning namunaning sinovdan oldingi kesim yuzasi nisbatiga teng. Kuchlanish vaqtli qarshilikka teng bo‘lganda namunada “bo‘yincha” hosil bo‘ladi. “Bo‘yincha” hosil bo‘lgan kesimda namuna uziladi. Kuchlanish diagrammasining D nuqtasi vaqtli qarshilikka mos keladi:
Bu laboratoriya ishida tajriba yo‘li bilan oquvchanlik chegarasi , mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Proporsionallik chegarasi va elastiklik chegarasi ni tajribada aniqlash ancha murakkab bo‘lganligi sababli, ularning miqdorlari hisoblanmaydi.