«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti



Download 1,58 Mb.
bet3/6
Sana28.01.2017
Hajmi1,58 Mb.
#1316
1   2   3   4   5   6

Plitali oraliq qurilmalar. Тo’sinli temirbeton oraliq qurilmaning eng oddiy turi – yon konsolli hamda ballast prizmasining to’kilishini oldini olish to’sig’i uchun chetlarida bortlari mavjud bo’lgan sidra yaxlit plitadir (2.2,a-rasm).

Plita va konsollar ballast koritasining butkul maydoni bo’yicha tepadan gidroizolyatsiya bilan himoyalangandir. Koritadagi suv konsollarda o’rnatilgan quvur-novlar orqali oqib ketadi yoki chetki tayanch ortiga qochiriladi. Keyinggi holatda quvur-novlar talab qilinmaydi, biroq, plita va chetki tayanch orasidagi chokni izolyatsiya bilan qoplamoq hamda chetki tayanch orqa devori ortida yaxshi drenaj yaratish kerakdir. Plitali oraliq qurilmalar o’zida bosh-keti bilan tayanchlarga tayangan keng to’sinlarni namoyon qiladi. Тo’sinning pastki qismi yuk ostida cho’zilgandir. Shu tufayli sterjenlar armaturalarining salmoqli qismi bayoni pastda (2.2,b-rasm) plitaning bor eni bo’ylab birtekislikda (2.2,v-rasm) joylashgandir. Barcha bo’ylama armatura zo’riqishlarni to’sinning eni bo’ylab yanada tekis-ravonroq qabul qilishi uchun plita oraliqqa ko’ndalang yo’nalishda taqsimlovchi armatura bilan armaturalangan. Bunday armatura, oraliqning eni bo’ylab bir xil bo’lmagan yuklantiruvda ko’ndalang yo’nalishdagi egilishdan vujudga keladigan zo’riqishlarni qabul qiladi. Bunday zo’riqishlar oraliq bo’ylab egilishdan paydo bo’ladigan zo’riqishlarga nisbatan sezilarsiz bo’lib, shuning uchun ham taqsimlovchi armatura sterjenlarining diametri ishchi armaturadagilarga qaraganda kamroqdir. Ballast prizmasini tutib turuvchi konsollar bir oz boshqacharoq armaturalanadi. Yuk, konsolning erkin uchini pastga egib, uni plitadan sindirib olishga intiladi. Shu o’rinda konsolning tepasida cho’zilish, pastda esa – siqilish paydo bo’ladi, ya’ni uzlukli to’sinlar hosil bo’ladiganiga teskaridir. Konsolda qiya cho’zuvchi kuchlanishlar ham vujudga keladi. Shuning uchun ishchi cho’zilayotgan armatura konsolda bukiklarini pastga qaratib tepada o’rnatiladi.

Ko’ndalang kesimlari 2.3,a-g -rasmda keltirilgan, plitali oraliq qurilmalar odatda kichik ko’priklarda qo’llaniladi. Plitali qurilmalarning afzalligi – ham quyma, ham yig’ma variantlarida konstruksiyasi va tayyorlanishining soddaligidir. Hozirgi vaqtda barcha plitali oraliq qurilmalar industrial usulda yasaladi, temir yo’l platformalarida bloklar ko’rinishida tashiladi va mahsus kranlar vositasida o’rnatiladi. Plitali oraliq qurilmalarning asosiy kamchiligi – beton va armaturaning ortiqcha sarflanishidir.

Chunonchi pastki cho’zilgan zona betoni ishda qatnashmaganligi tufayli, plitali oraliq qurilmalarning pasti bo’ylab ko’ndalang o’lchamlarini kamaytirish mumkin (2.3,v-rasm). Undan tashqari, ushbu variant bo’yicha bajarilgan oraliq qurilmalarni qolipdan bo’shatish osonroqdir. Тemir yo’l ko’priklarining, turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladigan plitali oraliq qurilmalari tepasi bo’yicha ballast prizmasini shakllantirish uchun zaruriy doimiy 418 sm kenglikka ega. Agarda eski plitali oraliq qurilmani almashtirish uchun yangisini yasash talab qilinsa, oraliq qurilma kengligining tepasi bo’ylab 400 sm ga teng qabul qilish mumkin (2.3,v,g-rasm). Oraliq qurilmaning balandligi oralig’ining 1/10...1/13 qismiga teng.



2.3-rasm. Ko’prikning umumiy ko’rinishi va turli xildagi plitali oraliq qurilmalar
Yo’l uchastkalarini elektrlashtirilgan tortuvga o’tkazishda yo’l o’tkazgichlarni ularning gabaritlari balandligini orttirish maqsadida rekonstruksiya qilish zarurati tug’iladi. Bunday hollarda, oraliqning 1/13...1/15 qismiga teng qabul qilinadigan pasaytirilgan balandlikli oraliq qurilmalarni o’rnatish oqilonadir.

Oraliq qurilmani yaxlit ko’rinishda tashishning har doim ham imkoniyati bo’lavermaydi. Uning kengligi kamida 4 m bo’lib, ballast koritasi bilan shartlanadi. Shuning uchun 1-Т (3,4 m) gabarit chegaralarida, oldin ta’kidlanganidek, faqat uzunligi 3,4 m bo’lgan oraliq qurilmanigina tashish mumkin. Uzunlik kattaroq bo’lganida oraliq qurilmalar ikki blokli qilinadi (2.4,a-rasm). Oraliq qurilmalarni judayam ko’p sonli bloklarga bo’lish (ular ko’ndalang yo’nalishda o’zaro tortilmagan taqdirida) o’z-o’zini oqlamaydi, chunki bunda bloklar haddan tashqari kam og’irlikka ega bo’lganida poyezdlar ostida choklari bo’ylab ayrila boshlaydi, izolyatsiya buzila boshlaydi. Ikki blokli oraliq qurilmada har bir blokning izolyatsiyasi mustaqil bo’lib, zavodda bajariladi. Yo’l o’qi bo’ylab suv ajratish chizig’idagi bloklarning choklari ballastni tutib turish uchun, har ikki tarafidan bitum surtib zanglashdan muhofazalangan metall list bilan qoplanadi (2.4,b-rasm). Listga payvandlangan shtirlar uning har tarafga siljishini cheklaydi.



Oraliq ortib borgan sari plita qalinlasha boradi. Chunonchi, oraliq 2,4 m bo’lganida plitaning qalinligi 30 sm, 4,5 m oraliqda esa – 50 sm. Plita keng bo’lgani uchun, uning bundan keyingi qalinlashishi oqibatida betonnning sarfi va og’irlik sezilarli ortib boradi. Biroq,, beton faqat plitaning neytral o’qi ustidagi tepa qismidagina siqilishga ishlaydi, pastki cho’zilgan zonada esa


2.4-rasm. Plitali ikki blokli oraliq qurilma: a – bloklarning o’zaro joylashuvi;

b – bloklar aro chokning qoplamasi; 1 – list; 2 – shtir
zo’riqishlar armatura tomonidan qabul qilinadi (2.5,a-rasmda plitaning siqilgan qismi, cho’zilganidan farqli o’laroq shtrixlangandir). Shuning uchun 4...5 m dan ortiq oraliqlarda plitaning bir qismini ingichki qovurg’a ko’rinishida bajarish, plitaning o’zini esa ballast koritasi uchungina tepada saqlab qolish maqsadga muvofiqdir (2.5,b-rasm). Ushbu holatda cho’ziluvchi barcha armatura qovurg’alarda joylashtirilishi mumkin, bunga bog’liq holda xomutlarning soni kamayadi. Betonning hajmi kamayishi tufayli bunday qovurg’ali oraliq qurilmaning og’irligi yengillashadi, shu bilan birga, cho’zilgan armaturaning miqdori ham bir muncha kamayadi. Oxir oqibat, oraliq qurilma tayanish kengligining kamayishi tayanchning kengligini ham kamaytirish imkonini beradi.

2.5-rasm. Oraliq qurilmalar kesimlarining sxemlari: a – plitli; b – qovurg’ali
Ikki blokli oraliq qurilmalarni maqsadga muvofiq qo’llash chegaralari oxirga vaqtlarda, bloklarda diametri 300 m bo’lgan bo’ylama bo’liq-kanallar o’rnatilgan taqdirda, 6...7 m li oraliqlargacha kengaytirilgandir. Kanallarning qoliplari bo’lib, bloklarda qoldirib qo’yiladigan, asbotsementli quvurchalar hizmat qiladi. O’ta pasaytirilgan qurilish balandligini olish zaruriyatida (ko’prikdagi yo’lni ko’tarishning imkoni yo’qligidagi ko’prik osti gabaritini cheklash shartiga ko’ra) shunga o’xshash bo’shliq-kanalli oraliq qurilmani 15,8 m gacha oraliqlar uchun yasaladi. Mazkur seriyaga mansub barcha loyihalarda trotuarlarning konsollari yondan o’rnatma, temirbeton, korita bortlariga boltlar bilan qotiriladi.

Oddiy armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar. Qovurg’ali oraliq qurilmalarning qovurg’alari – bosh to’sinlari ularning asosiy yuk ko’taruvchi elementlaridir (2.6,a-rasm). Ikkkala qovurg’a, ko’ndalang bog’lanish o’rnini o’taydigan, diafragmalar bilan biriktirilgan. Diafragmalar tayanch ustida bittadan hamda oraliqda har 2...3 m oralatib joylashtirilgan. Qovurg’alarni armaturalash asosan xuddi plitalarniki kabidir (2.6,b-rasm). Oraliqning ortiqligi tufayli kesim va cho’zilgan sterjenlarning sonigina orttirilgan xolos. Undan tashqari, qovurg’aning eni cheklanganligi (0,5...0,8 m) tufayli armatura balandlik bo’ylab bir qator emas, balki bir necha qatorda beton bilan yaxshiroq tishlashishi uchun o’zaro qochirtirgan holda joy qoldirib joylashtirilgan (2.6,v-rasm). Plitadan farqli o’laroq, qovurg’alarning yon sirtlari bo’yicha bo’ylama “o’ta cho’kishga qarshi” armatura o’rnatilgan (166-rasm). Тrotuar uchun oraliq qurilma uzaytirilgan konsol bilan ta’minlangan. Burchakliklardan (ugolnik) qilingan panjara-to’siq ustunchalari konsolga, bortlarga oldindan monolitlab o’rnatilgan, chega (skoba)larning uchidagi gaykalar bilan qotirilgan. Ikkinchi konsol kaltalashtirilgan. U faqat ballast qatlaminigina tutib turadi.

2.6-rasmda o’tmish loyihasiga mansub qovurg’ali oraliq qurilma tasvirlangan. 4,45 m (ikki uzun konsollida esa – 4,9 m) kenglikka ega bo’lib, bunday quyma (butun) oraliq qurilma tayyor ko’rinishda tashilishi mumkin emas. Keyinchalik qovurg’ali oraliq qurilmalarning konstruksiyasi yengillatilgan, tashish imkoniyatlariga moslashtirilgan. Quyma (monolit) oraliq qurilmalar o’rniga har bir blokida bitta qovurg’ali yoki ikkita qovurg’ali ikki blokli oraliq qurilmalar qo’llanila boshlandi (2.7-rasm).



2.6-rasm. Quyma (monolit) qovurg’ali oraliq qurilma: a – umumiy

ko’rinish; b – qovurg’a bo’lyab bo’ylama qirqim; v – ko’ndalang qirqim




2.7-rasm. Ikki blokli qovurg’ali oraliq qurilmalar: a – blokdagi bitta

qovurg’ali; b – ikkita qovurg’ali


Bitta qovurg’alida bloklar tejamliroq, biroq, tashish va montajda noustivorroqdir. O’rnatiluv joyida ularni bir-biri bilan birlashtiriladi. Buning uchun har bir yarimdiafragma betonidan oldindan chiqarib qo’yilgan armatura uchlarini payvandlab yoki boshqa usulda biriktiriladi va yarimdiafragmalarning tutashuv joyi betonlanadi (monolitlanadi).

Biroq,, qurilishda qo’shimcha montaj va betonlash (“ho’l”) ishlar o’rinsizdir, eng asosiysi esa, betonning qotishiga bir necha kun talab qilinib, ko’prik bo’ylab harakatni ochishni kechittiradi. Harakatni ochishni tezlashtirish maqsadida, keyinchalik yilning issiq davrida yo’ldan foydalanishni to’xtatmay turib, yarimdiafragmalarning oldindan o’rnatiluvchi metall qismlarini bikr birlashtirish (boltlarda, payvandlab) va so’ngra chokni (korroziyadan himoyalash uchun) monolitlash imkoniyati ko’zda tutiladigan bo’ldi. Oraliq qurilmaning ikkala bloklarini (qovurg’alarini), qovurg’alar va yarimdiafragmalar orqali ko’ndalang kanallar ichra o’tkaziladigan, oldindan zo’riqtirilgan armatura vositasida tortib biriktirish ham ma’lumdir.

Ikkita qovurg’ali bloklar ustivordir. Ikkala blok oraliqlar 20 m gacha bo’lganida yo’lning to’ppa-to’g’ri uchastkalarida birlashtirilmasa ham bo’laveradi. Biroq, bunday bloklar tejamkor emasdir, chunki oraliq ortib borgan sari balandlik ham ortib boradi, binobarin, qovurg’alarning hajmi ham ortadi, bu yerda esa ular har blokka Т-simon kesimli blokdagi bittaning o’rniga ikkitadandir. P-simon bloklarda beton va armaturaning sarfi kattaligidan tashqari yasalishida ko’proq mehnat sarfini talab qiladi hamda texnologik jihatlari kamroqdir. Shuning uchun ikkita qovurg’ali bloklar uzunligi 15...18 m bo’lgan oraliqlarda qo’llanilgan. Uzunligi kattaroq bo’lganda zamonaviy oraliq qurilmalar ikkita Т-simon kesimli blokdan iborat bo’lib, qovurg’alarining armaturasi ko’pincha oldindan zo’riqtirilgandir.

Yengillashtirish uchun elementlar konstruksiyalarning kamroq kuchlanishli joylarida iloji boricha yupqaroq qilib belgilanadi. Chunonchi to’sinlarning, tayanch bosimi uzatiladigan va betondagi ko’ndalang kuchlar eng yirik bo’lgan tayanch yaqinlari (uchlari)da qovurg’aning kesimi to’g’ri to’rtburchak shakliga ega (2.7,a-rasm, o’ngda). Oraliqning o’rta qismida esa ko’ndalang kuchlar kamroq bo’lgani tufayli belbog’lardan tashqaridagi qovurg’alar qalinligining eni kamaytiriladi (2.7,a-rasm, chapda). Bunday ko’rinishdagi qovurg’alar shakliga ko’ra, egiluvchi elementlar uchun maqsadga eng muvofiq bo’lgan qo’shtavrli to’sinlarga yaqinlashadi. Хuddi shunga o’xshash, plitaning qalinligi qovurg’adan olislashgan sari kamaytiriladi, bu esa plitaning konsolli qismlari uchun hosdir. Elementlarning maqsadga yanada muvofiqroq bo’lgan kesimlarini tanlash beton sarfi va konstruksiya og’irligini kamaytiradi. Konstruksiyani yengillashtirishga yanada mustahkamroq davriy profilli armatura va yanada yuqoriroq mustahkamli betonni qo’llab erishiladi. Bundan keyingi yanada yengillashtirish, shu bilan birga yoriqbardoshli konstruksiyalarni yaratish zaruriyati temirbetonni oldindan zo’riqtirish bilan bog’liqdir.

Тo’ppa-to’g’ri uchastkada joylashgan, temir yo’l izlari osti oraliq qurilmasi 418 sm standart kenglikka ega bo’lib, ikkita Т-simon bloklardan iboratdir (2.8-rasm). Тo’sinning balandligi oraliqning uzunligiga bog’liq bo’lib, (1/10...1/12)·l oralig’ida belgilanadi. Bo’ylama ishchi armatura odatda d=16...36 mm; plita va xomutlar ishchi armaturasi d = 8...22 mm; taqsimlovchi armatura esa d=6...8 mm qabul qilinadi. Bo’ylama sterjenli ishchi armatura cho’zilgan zonada joylashtiriladi. Тashqi moment kamaygani sari eguvchi moment epyurasiga mos tarzda “ortiqcha” sterjenlar tepaga bukiladi va siqilgan zonada ankerlanadi (2.9,a,b,v-rasm). Bo’ylama armaturaning bukilmalari, qovurg’ada paydo bo’ladigan cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning bir qismini qabul qilib, betondagi qiya yoriqlarning ochilishini kamaytiradi. Mustahkamlikka hisobga muvofiq zarur bo’lgan bo’ylama armaturaning yuzasi odatda davriy profilli sterjenlar bilan ifodalanadi. Тo’sinning boshi va oxirigacha, qoidaga ko’ra, ishchi armaturaning kamida 1/3 kesimi yetkaziladi.

Oraliq qurilmada bukilmalar mavjud bo’lganida qovurg’a doimiy qalinlikda qabul qilinadi. Uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oddiy temirbetondan qilingan turkumiy oraliq qurilmalarda qovurg’a qalinligi 50 sm ga teng qabul qilinadi. Shu o’rinda QMQ tomonidan tartiblanadigan barcha konstruksion talablarni bajarishga erishiladi, hamda, shu bilan birga konstruksiyaga beton qorishmasini sifatli yotqizilishi va zichlanishi ta’minlanadi.

Хomutlar (qovurg’aning ko’ndalang armaturasi) qiya kesimlarning yuk ko’tarish qobiliyatini orttirish uchun mo’ljallangan. Хomutlar sterjenlari qadami va diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi. Undan tashqari, xomutlar tepa va pastki bo’ylama armaturalarni bikr karkasga birlashtiradi. Ikki blokli oraliq qurilmalarda plitaning hisobiy armaturasi (sterjenlar to’sinning bo’ylama o’qiga perpendikulyar tarzda tepa zonasida o’rnatiladi) cho’zuvchi kuchlanishlarni qabul qiladi.


2.8-rasm. Тemir yo’l ko’prigining oddiy temirbetondan qilingan turkumiy oraliq qurilmasi


2.9-rasm. Oddiy temirbetondan qilingan oraliq qurilmani armaturalash
Plitaning pastki (siqilgan) qismida ko’ndalang va bo’ylama armatura hisob-kitoblarsiz (konstruktiv tarzda) qo’yiladi. Plitaning qovurg’a bilan tutashish joylari ham to’r bilan armaturalanadi. Armatura to’rlarining uzunligi 250...350 sm oralig’ida qabul qilinadi. Qovurg’a to’rining balandligi (xomutlar uzunligi) to’sin balandligi minus himoya qatlamining ikkilangan qalinligidir. Armatura to’rlarining uzunligi shunday belgilanadiki, bunda ular o’rnatilgach bo’ylama sterjenlarning boshi va oxirlari bir-birining ustiga 30d teng bo’lgan kattalikda kirib turishi kerak. Armatura chizmalarida quyidagicha belgilanishlar qabul qilingan: plitaning tepa to’ri – SPV; plitaning pastki to’ri – SNP; qovurg’aning to’ri – SR; vut to’ri – SV; bortchaning to’ri – SB va hokazo.

Qovurg’ali oraliq qurilmalarning bloklari tayanchlarga o’rnatilgach, tayanch diafragmalarining choklari yordamida birlashtiriladi. Gidroizolyatsiyani yotqizish oldidan plitaning ustki sirtiga, suv qochirish quvurchalariga tomon suvning oqishini ta’minlaydigan ko’ndalang va bo’ylama nishablik beriladi. Suv qochirish quvurchalarining diametri va ularning soni oraliq qurilma plitasining 1 m2 yuzasiga quvurcha ko’ndalang kesimi yuzasining 5 sm2 hisobidan kelib chiqib aniqlanadi. Тurkumiy loyihalarda suv qochirish quvurchalarining diametri 150 mm ga teng qabul qilinadi. Ular odatda plitaning tashqi konsoli tarafdan taxminan har 2,5...3,0 m oralatib joylashtiriladi (2.10-rasm). Hozirgi vaqtda suv qochirishning yangi – suv qochirish quvurchalarisiz xili ishlab chiqilgan. Ushbu holatda blok plitasining ustki sirtiga yo’l o’qi tarafga qarata ko’ndalang nishablik beriladi (2.10-rasm). Suvni oqib ketishi uchun bloklar orasida kengligi 6 sm atrofida bo’lgan bo’ylama tirqish qoldiriladi. Ballastning to’kilishini oldini olish uchun tirqish qalinligi ~ 10 sm bo’lgan temirbeton plitachalari bilan qoplanadi.






2.10-rasm. Bir taraflama suv qochirgichli, uzunligi 16,5 m bo’lgan oraliq qurilma blokining ko’ndalang kesimi (to’sinning izolyatsiyasiz massasi 46,3 t)



2.2. Ko’priklarning oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari
Betonda yoriq paydo bo’lishining oldini olish uchun uni cho’zilgan armatura yordamida siqiladi. Тayyorlash jarayonida sun’iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton konstruksiyalari oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalar deb ataladi.

Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshliligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o’ta mustahkam po’lat va betondan foydalanish imkoniyati tug’iladi, buning natijasida oddiy armatura temirbetondagiga nisbatan 30...70% kamroq bo’ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruksiya vazni yengillashadi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda B20...B60 sinfli beton va o’ta mustahkam armatura ishlatiladi. O’ta mustahkam materiallarning qo’llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko’ndalang kesimlarini kichraytirish imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini kamaytiradi, chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o’zining zanglashga qarshi o’ta turg’unligi, ko’pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Konstruksiyalrni oldindan zo’riqtirilishi oraliq (prolet)larni kattalashtiradi, kesimlarni kichiklashtirish evaziga ulardan samarali foydalanish doirasini kengaytiradi. Betonda cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’ladigan konstruksiyalarda (egiluvchi elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va h.k.) oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalarni tayyorlash uchun ko’p mehnat sarflanadi, maxsus uskunalar hamda yuqori malakali ishchilar talab etiladi; bular uning kamchiligi hisoblanadi.

Oldindan zo’riqish hosil qilishning usullari. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida armaturani beton yotqizishdan ilgari tirgaklariga tirab yoki beton qotgandan keyin betonning o’ziga tirab taranglash mumkin (2.11-rasm). Ba’zi hollarda taranglash ishlari bevosita qurilish maydonchasining o’zida amalga oshiriladi. Bunga katta oraliqli va yirik o’lchamli konstruksiyalar, ularning alohida bo’laklari zavodlarda tayyorlanib,




2.11-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton qonstruksiyalarni tayyorlashning asosiy usullari:

a – armaturani tirgaklarga tirab taranglash; b – armaturani betonga qadab taranglash;

I – armaturani taranglash va elementni betonlash;

II, IV – tayyor elementlar;

III – element armaturasining cho’zilishdan oldingi qo’rinishi;

1tirgak, 2 – domkrat;

3 – anker



qurilish maydonchasida yig’iladigan temirbeton konstruksiyalar misol bo’la oladi. Bunday hollarda konstruksiyaning o’zi tirgak vazifasini o’taydi, betonni yotqizish jarayonida konstruksiyada armatura uchun tuynuk yoki o’yiq qoldirilgan bo’ladi. Тuynuklar beton qotishi jarayonida sug’urib olinadigan rezina shlanglar yoki po’lat quvurlar yordamida hosil qilinadi yoki maxsus tayyorlangan sirti g’adir-budur po’lat quvurlar beton ichida qoldiriladi. Beton yetarli mustahkamlikka erishgach, tuynuk yoki o’yiqdan o’tkazilgan armatura tarang tortiladi va uchlari mahkamlanadi (ankerlanadi). Keyin armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash va armaturani zanglashdan asrash maqsadida tuynukka 0,5...0,6 MPa bosim ostida sement qorishma xaydaladi.

Betonning uzatish mustahkamligi Rbp, ya’ni betonning siqish daqiqasida mustahkamligi uning sinfining 50% idan hamda 11 MPa dan kam bo’lmasligi; A–IV, At–IV, K–7, K–19, Vr–II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo’lmasligi zarur.



Armaturani taranglash usullari. Armaturani taranglashning asosan uchta usuli: mexanik, elektr-termik va fizik-kimyoviy (o’z o’zini zo’riqtirish) usullari mavjud. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko’pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda aramaturada katta zo’riqish hosil qilishdan tashqari taranglash kuchini ham aniq o’lchasa bo’ladi. Bunda cho’ziladigan sterjenlarni domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni element uchiga yoki maxsus tirgaklarga tiraladi. Qudratli domkratlarda taranglanadigan armaturani porshen bilan biriktiriladi. O’ramli armaturani taranglashda ikki yo’nalishda ishlaydigan yengil ko’chma domkratdan foydalaniladi.

Armaturani taranglashning elektr-termik usuli keyingi yillarda keng tarqaldi: endilikda oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul bilan tayyorlanmoqda.

Usulning afzalligi uning soddaligi va istalgan korxonada quyish imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5...10 marta arzon, konstruksiya tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat ham 2...3 marotaba kam. Biroq,, aniqligi mexanik usuldagiga qaraganda ancha past. Bundan tashqari, bu usulda ko’pincha issiqligicha cho’zilgan simlardan foydalaniladi, chunki boshqacha mustahkam simlarda yuksak kuchlanish hosil qilish uchun juda katta haroratda qizdirishga to’g’ri keladi, bu esa simning mexanik xossasiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Armaturaning elektr-termik usul bilan taranglashda, armatura sterjenlarining uzunligi (ankerlar oralig’ini) qolip tirgaklarida ma’lum miqdorga kaltaroq olinadi (2.11-rasm), armaturadan tok o’tkazib, uni 300...4000S ga qizdiriladi. Uzaygan sterjenlar qolipning tirgaklariga erkin joylanadi, sovish jarayonida tirgaklar sterjenning qisqarishiga qarshilik ko’rsatadi, shu yo’l bilan sovigan sterjenlar oldindan zo’riqtiriladi. Shundan so’ng qolipga beton yotqiziladi va beton yetarli mustahkamlikka erishgandan so’ng armaturani mahkamlash uskunalari (ankerlar) dan bo’shatiladi, bo’shagan armatura qisqarib betonni siqadi.

Ba’zan, o’ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda qo’shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo’shma usulga ko’ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Тaranglashning bu usuli kuchlanishning 50%i mexanik usulda, qolgan 50%i qizdirib sovutish natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida uskunaning mahsuldorligi ikki marotaba oshadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg’otilgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi.

Тaranglashning fizik-kimyoviy usuli o’z-o’zidan zo’riqadigan konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo’ladi. Armaturada uyg’ongan cho’zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi.



Armaturalarni ankerlash. Quyida zo’riqtirilmagan armaturalarni ankerlash sxemalari keltirilgan (2.12-rasm). Elementlar diametri 5 mm gacha bo’lgan Br–II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi B20 dan; diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa – B30 dan kam bo’lmasligi lozim. K–7 va K–19 sinfli arqonsimon armatura qo’llangan elementlardagi betonning sinfi kamida B30 olinadi. Agar AV (AtV) va At–IV sinfli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda, beton sinfi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda, B25 va B30 dan kam bo’lmasligi kerak.

2.12-rasm. Zo’riqtirilmaydigan armaturalarni ankerlash: a – doirali silliq sterjenlarni to’qilgan karkaslarda; b – sterjen oxirida maxsus ankerlar bilan; v – sterjenlarni egish;

g – chetki erkin tayanchlarda; 1 – plastina; 2 – kiygizilgan kallak; 3shayba;

4 – burchaklik; 5payvand; 6 – sterjenlarni egilishiga qarshilik ko’rsatadigan qo’shimcha xomutlar
Armaturani betonga tirab taranglanganda, uning uchida anker moslama hamma vaqt turishi shart, ammo tirgaklarga tirab tortganda maxsus ankerlar o’rnatish shart emas. Ko’prik konstruksiyalarini taranglashda asosan kolodkali va konussimon qopqoqli ankerlar ishlatiladi (2.13-rasm).


2.13-rasm Kolodkali va konussimon qopqoqli anker: 1 – taranglangan armatura

(18 ta simdan tashkil topgan armatura tutami); 2 – diametri 2 mm bo’lgan spiral sim; 3 – diametri 1 mm bo’lgan sim bog’lama; 4 – kanal ishlash; 5 – dastak; 6 – qopqoq (probka); 7 – kanalni to’ldirish teshigi; 8 – element uchiga qo’yilgan sim to’r


Aylana kesimli konstruksiyalar (rezervuarlar, quvurlar va h.k.) o’ta mustahkam sim bilan uzluksiz ravishda armaturalansa, simning bir uchi o’rama spiral ostiga mahkamlanadi va ikkinchi uchi siquvchi boltga o’ralib, betonda qoldirilgan metall taxtakachlarga burab tig’izlanadi.

Egiluvchi elementlarga ta’sir etuvchi ko’ndalang kuchning qiymati salmoqli bo’lsa, to’sinning tayanchga yaqin qismida zarurat bo’lgan holda, bo’ylama armaturadan tashqari ko’ndalang armatura – xomutlar ham taranglanadi. Тayanch atrofida to’sinning ikki o’q yo’nalishida oldindan zo’riqtirilishi og’ma kesimlar bo’yicha yorilishining oldini oladi.



Zo’riqtiriladigan armatura ankerlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton oraliq qurilmalarda zo’riqtirilgan armatura betonda ishonchli mahkamlangan bo’lishi hamda berilgan siquvchi zo’riqishlarni betonga uzatishni ta’minlashi kerak. Buning uchun turli xildagi ankerlardan foydalaniladi. Ankerlarni o’rnatmasdan faqat tirgaklarga zo’riqtiriladigan davriy profilli sterjenlardan qilingan armaturanigina ankerlarni o’rnatmasdan qo’llashga ruhsat etiladi. Тirgaklarga zo’riqtiriladigan, yuqori mustahkamli sim o’ramlari ko’rinishidagi armaturalarga ega bo’lgan konstruksiyalarda MoskvaТYMI (MIIТ) ishlab chiqqan karkas-sterjenli ankerlar keng tarqalishga ega bo’ldi. Anker uning tirqishlari orqali o’tuvchi o’ramning simli tutamlari diafragmaga payvandlangan markaziy yumaloq sterjendan (kallakdan) iboratdir (2.14-rasm). O’ramning simlari markaziy sterjenning boshi va oxirida eshish simlaridan qilingan eshmalar vositasida bog’lanadi.

Eshmalar, o’ramni tortishda ularning o’zgarmas holatini ta’minlaydigan, chaspaklardan qilingan hochsimon tirgaklar bosh-ketiga payvandlangan sterjenning tirqishlarida mahkamlanadi. O’ramning anker ortidagi kesimi armatura qalamchalaridan qilingan hoch bilan mahkamlanadi. Ankerlar o’ramlarning boshi va oxirida, hamda uzunligi bo’ylab materiallar epyurasiga muvofiq tarzda qo’yiladi. Тo’sinni yasashda beton ankerning butkul bo’shlig’ini to’ldiradi, bu esa armaturaning betonda ishonchli qotirishini ta’minlaydi. Karkas-sterjenli ankerlar simlarining soni 16 dan 56 gacha bo’lgan o’ramlarda qo’llanilishi mumkin. Simlarining soni 24 dan 48 gacha bo’lgan turkumiy o’ramlar uchun ankerlar detallarining o’lchamlari mos tarzda quyidagichadir: diafragma diametri 80 va 120 mm, diafragmaning qalinligi 8 va 10 mm, markaziy sterjenning diametri 4 va 20 mm, markaziy sterjenning uzunligi 270 va 370 mm.




2.14-rasm. Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi;

b – diafragma; v – chaspaklardan qilingan tirgak; g – o’ramning anker ortidagi kesimi; 1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 - eshma
Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm) taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik silindr shtoki bilan zichlab boriladi. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning turi va simlarning soniga bog’liqdir.

Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar – po’lat 45 yoki SТ5 markali po’latdan, konussimon tiqinlar – 40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi. Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi. Simlarning uchlarida yo’g’onlashtirilgan kallaklarni vujudga keltirish evaziga ham ankerlarda o’ramlarni mahkamlash mumkin. Ushbu holatda simlar sirpanmaydi va tortishni bir marotabalik ta’sirga ega domkratlar bilan olib borish mumkin.






2.15-rasm. Konussimon anker:

1 – shon; 2 – konussimon tiqin;

3 – damlab (nagnetaniye) haydash uchun teshik
Yo’g’onlashtirilgan kallakli simlardan qilingan o’ramlar uchun mo’ljallangan Moskvadagi Тransport qurilishining markaziy IТI (SNIIS) tomonidan yaratilgan quyma va qo’zg’almas taranglanadigan yig’ma ankerlar konstruksiyasi ham ishlatiladi.


Тaranglanadigan quyma anker o’zida simlarni o’tkazish uchun parmalangan teshiklarga ega po’lat silindrni aks ettiradi. Silindrik korpusning ichki sirtida domkrat shtoki bilan ankerni tutib olish uchun rezba ochilgan. Тashqi rezba taranglangan o’ramni beton sirtida mahkamlaydigan anker gaykasini burab qotirish uchun bajarilgan.





Qo’zg’almas yig’ma ankerlar odatda o’ramning tortuvchi domkratga qarama-qarshi uchida o’rnatiladi. Bunday ankerlar ariqchalar tushirilgan plastinkalar yig’masidan iborat. Plastinkalarni tortib birikturuvchi boltlar bilan birlashtirishda simlar uchun teshiklar hosil bo’ladi.

2.16-rasm. Sterjenli armatura

ankerlari: a – rezbali;

b – payvandlangan qalamchalilar;

v – payvandlangan ilmoqli;

g – chiqarma kallakli



Unchalik uzun bo’lmagan sterjenli armaturalarni taranglab tortish uchun (masalan, oldindan zo’riqtirilgan xomutlarni), sterjen rezbasiga burab kirgiziladigan gayka ko’rinishidagi rezbali ankerlar ishlatiladi. Sterjenlarning qo’zg’almas uchlari payvandlangan qalamchalar, ilmoq yoki chiqarma kallaklar yordamida qotiriladi (2.16-rasm).Loyihalash jarayonida konstruksiya va uni tayyorlash, saqlash, tashish paytida, shuningdek inshootni tiklash davrida ta’sir etadigan yuklarni e’tiborga olish lozim bo’ladi. Hisob ishlarida yuklarni me’yoriy va hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Konstruksiyadan o’z me’yorida foydalanish davrida me’yor /8/ bo’yicha unga qo’yilishi mumkin bo’lgan yuklarning maksimal qiymati me’yoriy deb ataladi.

Yukning hisobiy (haqiqiqiy) qiymati bilan me’yoriy qiymati orasidagi farq yuklar bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyenti yordamida hisobga olinadi. Bu koeffitsiyentning qiymati ko’pincha birdan katta bo’ladi (f=1,1...1,3), konstruksiyaning o’zi hisobiy yuk ta’siriga hisoblanadi. Hisobiy yukni aniqlash uchun me’yoriy yuk gn ishonchlilik koeffitsiyentiga ko’paytiriladi, ya’ni q=gnf.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish