211
22 - MA’RUZA
EGILADIGAN ELEMENTLAR. PLITA VA TO‘SINNING LOYIHALASH
ASOSLARI. KUCHLANISH DEFORMATSIYA HOLATI.
Reja:
1. Temirbeton konstruksiyalarni hisoblashning asosiy qoidalari.
2. Egiluvchi temirbeton elementlar.
3. Kuchlanish deformatsiyalanish holatining 3 ta bosqichi.
Temirbetonning egilishdagi kuchlanish holati bosqichlari. Temirbeton to‟sin
egilganda, uning kesimlaridagi eguvchi momentning qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish–
deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro‟y beradi.
I bosqichda yuk kam bo‟ladi, beton va armaturadagi kuchlanish ham shunga yarasha
bo‟lib, beton asosan elastik chegarada deformatsiyalanadi. Kuchlanishlar epyurasi siqilish va
cho‟zilish zonalarida deyarli to‟g‟ri chiziqli bo‟ladi (9.1–rasm). Yukning ortishi bilan beton va
armaturadagi kuchlanish ortadi, betondagi elastiklik va noelastiklik deformatsiyalar rivojlanadi,
kuchlanishlar epyurasi biroz egrilashadi, to‟sinning neytral o‟qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu
bosqich I deb belgilanadi. Mazkur bosqichda betonning cho‟zilish zonasi ham darzdan holi
bo‟ladi, zo‟riqishlar butun kesim bo‟yicha qabul qilinadi. Kuchlanishlarni aniqlashda elastik
qarshiliklar formulasidan foydalanish mumkin. Bosqichning oxirida to‟sinning cho‟zilgan tola
qatlamida kuchlanish betonning cho‟zilishidagi mustahkamlik chegarasi R
bt
ga tenglashadi.
Temirbeton elementlarining yorilishga bardoshliligi shu bosqich bo‟yicha hisoblanadi.
II bosqichda betonning cho‟zilish zonasida yoriqlar paydo bo‟ladi. Yorilgan kesimda
betondagi kuchlanish nolga teng deb olinadi. Yoriq bilan neytral o‟q orasidagi kichkina
cho‟zilish zonasi hisobga olinmaydi. Siqilish zonasida betondagi kuchlanish siqilishdagi
mustahkamlik chegarasidan kam bo‟lib, cho‟ziluvchi armaturadagi kuchlanish avval
s
ga,
bosqich oxirida esa R
s
ga tenglashadi. Bu bosqich konstruksiyalarni chegaraviy holatlarini
ikkinchi guruhi bo‟yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.
III bosqich elementning sinishi (buzilishi) oldidagi bosqichdir. Bunda betonning siqilish
zonasidagi kuchlanishlar epyurasi plastik deformatsiyalar evaziga egrilashadi. Betonning siqilish
zonasidagi kuchlanish R
s
yoki
s
ga tenglashadi, cho‟zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi,
to‟sin
bikirligi kamayadi, solqillik tez o‟sib borib, to‟sin sinadi.
2
III bosqichda to‟sinning sinishi cho‟ziluvchi armaturaning soni va mexanik xossalariga
bog‟liq. Agar to‟sin o‟z me‟yorida armaturalangan bo‟lsa, sinish cho‟zilgan armatura tomonidan
2
Hassoun M. Nadim. Scructural concrete: theory and design/ M. Nadim Hassoun, South Dakota State University,
Athem al-Manasser, San-Jose State University. – Sixth Edition, 2012. (555-560 betlar)
212
boshlanadi. Bunday yemirilish
birinchi sxema bo‟yicha yemirilish deyiladi. Armaturadagi
kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, armaturaning plastik deformatsiyasi va to‟sinning
solqiligi tez o‟sib boradi, buning oqibatida betoning siqilish zonasida kuchlanish mustahkamlik
chegarasiga yetadi va beton yemiriladi. Shunday qilib, temirbeton elementi sinishdan ilgari, unda
«plastik sharnir» hosil bo‟ladi, bu kesimda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy
qiymatga erishadi. Bunga asoslanib (A.F.Loleyt taklifiga ko‟ra), yuk ko‟tarish qobiliyati
bo‟yicha hisoblash formulalarini, statikaning muvozanat shartlaridan foydalanib chiqarsa
bo‟ladi.
Egiluvchi elementlarda cho‟ziluvchi armaturaning miqdori me‟yoridan ko‟p bo‟lsa,
yemirilish betonning siqilish zonasida boshlanadi, bunda cho‟ziluvchi armaturadagi kuchlanish
chegaraviy qiymatga yetib bormasligi mumkin. Bunday yemirilish
ikkinchi sxema bo‟yicha
yemirilish deyiladi (9.1– rasm). Buzuvchi kuchlanishlar hamda chegaraviy holatlar usulining
zamirida III bosqich yotadi. Ushbu bosqich konstruksiya elementlarni chegaraviy holatlarining I
guruhi bo‟yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: