«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/97
Sana13.09.2021
Hajmi13,86 Mb.
#173289
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


265 
 
27 – MA’RUZA 
TOSH-G‘ISHT KONSTRUKSIYALARI. G‘ISHT TERIMINING ME’YORIY VA 
HISOBIY QARSHILIKLARI. FAN BO‘YICHA XULOSA. 
Reja: 
1.  Tosh–g’isht va armotosh konstruksiyalar haqida umumiy malumotlar. 
2.  Tosh–g’isht va armotosh konstruksiyalar  uchun ishlatiladigan materiallar. 
3.  Tosh–g’isht devorning mustahkamlik tavsiflari. 
4.  G’isht terimining yuk ostidagi ish bosqichlari. 
5.  Tosh–g’isht devorning deformasiyalanish tavsifi. 
 
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar haqida umumiy malumotlar 
Tabiiy  toshdan  ishlangan  konstruksiyalar  insoniyat  tarixida  birinchi  qurilish 
konstruksiyalari  bo‟lgan.  Tosh  asridayoq  tabiiy  toshdan  dastlabki  inshootlar  qurilgan. 
Jamiyatning ishlab – chiqarish kuchlari taraqqiy etishi bilan yo‟nilgan tosh, birinchi suniy tosh – 
xom g‟isht va, nihoyat, pishiq g‟isht ishlatila boshlandi. 
Armotosh  konstruksiyalar,  yani  po‟lat  armatura  qo‟shilgan  konstruksiyalar,  XIX  asrda 
paydo  bo‟ldi.  1813-yilda  Angliyadagi  fabrikalardan  birida  temir–g‟ishtdan  ishlangan  mo‟rkon 
truba bu xildagi birinchi inshoot hisoblanadi. Keyiichalik Angliyada 1825-yili Temza yaqinidagi 
tunnel,  AQShda  1853-yili  suv  saqlashga  mo‟ljallangan  katta  rezervuar  qurilishida  bunday 
armaturalar ishlatilgan. Armotosh konstruksiyalar bizning mamlakatimizda ham keng miqyosda 
ishlatilgan. 
Tosh–g‟isht  va  armotosh  konstruksiyalarning  olovbardoshligi,  tayyorlash  osonligi, 
chidamliligi,  ulardan  foydalanishga  mablag‟  deyarli  sarf  bo‟lmasligi  bu  xil  konstruksiyalarning 
afzalligidir.  Tosh–g‟isht  va  armotosh  konstruksiyalar  o‟z  massasining  kattaligi,  shuningdek, 
nisbatan to‟la industrlashtirib bo‟lmasligi ularning kamchiligi hisoblanadi. 
Hozirgi  vaqtda  tosh–g‟isht  konstruksiyalar  asosan  turli  xil  bino  va  inshootlarning  devor 
hamda  ustunlarini  qurishda  ishlatiladi.  Bazan,  og‟ir  jinsli  tabiiy  toshlardan  poydevorlar 
yotqizishda  foydalaniladi.  Armotosh  konstruksiyalar  turli  xil  muhandislik  inshootlari,  masalan, 
dudburon trubalar, rezervuarlar va shu kabi inshootlar qurishda ishlatiladi. 
 
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar  uchun ishlatiladigan materiallar 
Tosh–g‟isht  va  armotosh  konstruksiyalar  hosil  qilish  uchun  zarur  bo‟ladigan  asosiy 
materiallarga tosh (tabiiy yoki suniy), toshlarni bir–biriga biriktiruvchi qorishma, po‟lat armatura 
(armotosh konstruksiyalarda) kiradi. Yengillashtirilgan devorlarda isitkich ham ishlatiladi. 


266 
 
Tosh–g‟ishtlar  bir  necha  alomatlariga  qarab  sinflanadi.  Kelib  chiqishiga  ko‟ra  tabiiy  va 
suniy toshlar bo‟ladi. Tabiiy toshlar tosh karerlaridan qazib olinadi. Sun‟iylari yuqori haroratda 
pishirish yoki bog‟lovchi moddalar asosida (tabiiy sharoitlarda  yoki issiqlik bilan ishlov berib) 
qotirish yo‟li bilan tayyorlanadi. Toshlar katta–kichikligiga qarab balandligi 500 mm va undan 
ortiq  bo‟lgan  yirik  (bloklar),  balandligi  200  mm  gacha  bo‟lgan  mayda  donali  toshlar  hamda 
balandligi  65  mm,  88  mm  yoki  103  mm,  rejadagi  o‟lchamlari  esa  250x120  mm  li  g‟ishtlarga 
ajratiladi.  Tosh  materiallarga  quyidagi  asosiy  talablar  qo‟yiladi:  ular  mustahkam,  uzoqqa 
chidamli va issiqlikni saqlaydigan xossalarga ega bo‟lishi lozim. Tosh–g‟isht mustahkamligining 
asosiy  tavsifi  uning  markasi  hisoblanadi.  Marka  ularning  siqilishga  bo‟lgan  vaqtli  qarshiligi 
(kgk/sm
2
  hisobida)  kattaligi  bo‟yicha,  g‟ishtlar  uchun  esa  egilishdagi  mustahkamligini  hisobga 
olgan holda siqilishdagi vaqtli qarshiligi bo‟yicha belgilanadi. Mustahkamligi past (4, 7, 10, 15, 
25,  35,  50  markali)  tosh  materiallarga  yumshoq  ohak  toshlar,  xom  g‟isht,yengil  beton  toshlar, 
o‟rtacha mustahkamlikdagi materiallarga (75, 100, 125, 150, 200 markalilar) tabiiyyengil toshlar
beton va keramik toshlar; turli xil g‟ishtlar kiradi. Yuqori darajada mustahkam (250, 300, 400, 
500,  600,  800,  1000  markali)  tosh  materiallarga  tabiiy  og‟ir  va  beton  toshlar  va  klinker  g‟isht 
kiradi.
4
 
Toshning  sovuqqa  bardoshligi  uning  uzoqqa  chidamliligining  asosiy  tavsifi  hisoblanadi. 
Sovuqbardoshlik  toshning  sovuqqa  bardosh  bera  olishini  ko‟rsatuvchi  marka  bilan  baholanadi. 
Bu marka toshning muzlash–erish (suvga to‟yingan holatda) sikllarining nechtasiga bardosh bera 
olishini  ifodalaydi.  Tosh  materiallarning  sovuqbardoshlik  bo‟yicha  quyidagi  markalari 
belgilangan:  Mrz  10,  15,  25,  35,  50,  75,  100,  150,  200,  300.  Beton  toshlar  uchun 
sovuqbardoshlik bo‟yicha markalari ham shularning o‟zi (faqat Mrz 10 bundan mustasno). 
Materialning  talab  etiladigan  sovuqbardoshligi  konstruksiya  turiga,  uni  ishlatilish 
sharoitlariga  va  talab  etiladigan  uzoqqa  chidamlilik  (ishonchlilik)  darajasiga  bog‟liq  bo‟ladi, 
Uzoqqa  chidamlilik  (ishonchlilik)ning  uch  darajasi  belgilangan:  1  daraja–xizmat  muddati 
oshirilgan (taxminan 100 yildan ortiqqa mo‟ljallangan) to‟sib turuvchi konstruksiyalar uchun; II 
daraja–xizmat  muddati  o‟rtacha  bo‟lgan  (taxminan  50–100  yilga  mo‟ljallangan)  to‟sib  turuvchi 
konstruksiyalar  uchun;  III  daraja  –  xizmat  muddati  kamaytirilgan  (taxminan  20  –  50  yilga 
mo‟ljallangan) to‟sib turuvchi konstruksiyalar uchun. 
Issiqlik izolyasiyasi xossalari binoning tashqi devorlarini ko‟tarishga bir yo‟la qilinadigan 
chiqimga  ham,  binoni  isitishga  ketadigan  foydalanish  sarflariga  ham  jiddiy  tasir  etadi. 
Materialning hajmiy massasi qancha katta bo‟lsa, uning issiqlik o‟tkazuvchanligi shuncha yuqori 
bo‟ladi, tashqi devorlar esa qalin chiqib, qimmatga tushadi. Shu sababdan tashqi devorlar uchun 
                                                 
4
 William T. Segui. “Steel design” Fifth edition, The University of Memphis 2013 (150-160 betlar).
 


267 
 
hajmiy  massasi  kam  bo‟lgan  tosh  materiallar  yoki  g‟ovak  g‟isht,  yacheykali  beton,  ichi  bo‟sh 
keramik yoki  beton  toshlar ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Tosh–g‟isht terish uchun sement, ohak, gips, gil va aralash (sement–ohak, sement–gil va 
shunga o‟xshash) qorishmalar ishlatiladi. Hajmiy massasi (

) ga ko‟ra ular og‟ir (

1500 kg/m
3

va  yengil  (

<  1500  kg/m
3
)  qorishmalarga  bo‟linadi.  Og‟ir  qorishmalar  uchun  kvars,  ohak  va 
boshqa  xil  qumlar,yengil  qorishmalar  uchun  esa  shlak,  tuf,  pemza  kukunlari  va  boshqa  yengil 
qumlar  to‟ldiruvchi  material  hisoblanadi.  Qorishma  alohida  toshlarni  bir–biriga  bog‟lab,  yaxlit 
devorga  aylantiradi.  Qorishma  orqali  kuchlanish  bir  toshdan  ikkinchi  toshga  tekis  uzatiladi, 
shuningdek,  devorning  havo  va  nam  o‟tkazuvchanligi  kamayadi.  Shunga  ko‟ra  devorning 
mustahkamligi,  uzoqqa  chidamliligi,  teplotexnik  ko‟rsatkichlari  ko‟p  jihatdan  qorishmaning 
tarkibi  va  miqdoriga  bog‟liq.  Qorishma  devorning  gorizontal  va  vertikal  choklarini  to‟ldirish 
uchun  qulay  bo‟lishi,  tarkibidagi  suvni  tutib  tura  oladigan  darajada  qo‟zg‟aluvchan  bo‟lishi 
kerak.  Uning  tarkibi  bir  jinsli,  qotgandan  keyin  esa  talab  etiladigan  darajada  mustahkam  va 
sovuqbardosh bo‟lishi kerak. Qorishmaning mustahkamligi uning markasi bilan baholanadi. Bu 
marka  qorishmadan  yonlari  7  sm  li  qilib  yasalgan  va  28  kun  saqlangan  kublar  siqilganda 
ko‟rsatgan 
vaqtli 
qarshilik 
(kg/sm
2
da) 
bilan 
belgilanadi. 
Qorishmalar 
uchun  
4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 loyiha markalari belgilangan. Muzlatish uslubi bilan ko‟tarilgan 
devordagi  muzdan  tushgan  qorishma  kabi  yangi  to‟shalgan  qorishmaning  mustahkamligi  ham 
nolga teng deb olinadi. 
Armotosh konstruksiyalarga ishlatiladigan armatura A–I sinfdagi issiqlayin prokatlangan 
po‟lat,  A–II  sinfdagi,  diametri  6  dan  40  mm  gacha  bo‟lgan  davriy  profilli  po‟lat,  shuningdek, 
Bp–I  sinfdagi,  diametri  3  –  8  mm  li  sovuqlayin  cho‟zib  taram–taram  qilingan  oddiy  armatura 
simdan iborat. 
Tosh–g‟isht devorning mustahkamlik tavsiflari 
Tosh–g‟isht  devorning  mustahkamligi  tosh  bilan  qorishmaning  mustahkamligiga,  terish 
sifatiga va boshqa omillarga bog‟liq. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‟rsatadiki, devorning vertikal 
choklari amalda hech qanday ish bajarmaydi, chunki qorishma qota boshlagach kirishib, buning 
oqibatida vertikal choklarda qorishmaning tosh bilan bog‟lanishi buziladi. 
Yuk  devorning  yuqori  qatorlaridan  pastki  qatorlariga  gorizontal  choklar  orqali  beriladi. 
Qorishmaning  qotishi  bir  xil  bo‟lmaganligi  va  toshlar  notekis  bo‟lganligi  sababli  yuk  ayrim 
nuktalarga  bir  tekis  uzatilmaydi.  Natijada,  siqilgan  devordagi  toshlar  faqat  siqilibgina  qolmay, 
balki egiladi va hatto darz ketadi. 
O‟q  bo‟ylab  siqilish  jarayonida,  har  qanday  material  singari  devor  ham  ko‟ndalangiga 
deformasiyalanadi.  Qorishmaning  ko‟ndalangiga  deformasiyalanishi,  odatda,  toshnikidan  ortiq 
bo‟ladi.  Qorishma  bilan  tosh  o‟zaro  bog‟langanligi  sababli,  ular  mustaqil  deformasiyalana 


268 
 
olmaydi.  Buning  oqibatida  bog‟lanishning  gorizontal  tekisliklari  bo‟ylab  urinma  kuchlanish 
paydo  bo‟ladi.  Bu  kuchlanish  ta‟siri  ostida  qorishma  siqiladi,  tosh  esa  ko‟ndalang  yo‟nalishda 
cho‟ziladi. Qorishma qancha kuchsiz bo‟lsa, cho‟zuvchi kuchlanishlar shuncha katta bo‟ladi. Shu 
sababli qorishma mustahkamligi kamayishi bilan devorning mustahkamligi ham kamayadi. 
Vertikal  siquvchi  yuk  noldan  devorni  buzish  darajasiga  qadar  ortib  borishi  4  bosqichda 
o‟tadi  (25.1–rasm).  I  bosqichda  (devordagi  kuchlanish  buzuvchi  kuchlanishlarning  50%  idan 
kam  bo‟ladi)  devor  yaxlit  materialdek  ishlaydi,  unda  yoriqlar  paydo  bo‟lmaydi.  II  bosqichda 
ayrim g‟ishtlarda mahalliy vertikal yoriqlar paydo bo‟ladi, ular balandlik bo‟ylab devorning 1–3 
qatoriga  tarqaladi.  Bu  yoriqlar,  odatda,  hali  havfli  hisoblanmaydi,  chunki  ular  o‟zgarmaydigan 
yuk tasirida boshqa tarqalmaydi, kuchlanish esa buzuvchi kuchlanishlarning faqat 50 – 70% ini 
tashkil  etadi;  shu  bilan  birga  juda  pishiq  qorishma  ishlatilgan  devordagi  (bu  bosqichda) 
kuchlanish  buzuvchi  kuchlanishlarning  70  –  80%  igayetishi  mumkin.  Yukning  bundan  keyin 
ortishi  (III  bosqich)  da  vertikal  yoriqlarning  ayrimlari  tutashadi,  buning  oqibatida  material 
alohida ustunchalarga bo‟linadi; bu paytda devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishlarning 89 
– 90% iga teng bo‟ladi. Nihoyat, dezorning buzilishi – IV bosqich boshlanadi. Bunda materialda 
ilgari paydo bo‟lgan ayrim ustunchalar ustivorligini yo‟qotib vayron bo‟ladi. 
10  va  undan  yuqori  markadagi  qorishmalar  ishlatib  ko‟tarilgan  devor  uchun  siqilishga 
ko‟rsatiladigan  vaqtli  qarshilik  R‟
i
  (mustahkamlik  chegarasi)  L.I.Onishchik  formulasidan 
aniqlanadi: 
R‟
i
=AR
1
[1–a/(b+R
2
/2R
1
)],    
 
 
(1) 
buyerda R

vaR

– tosh–g‟isht va qorishmaning tegishlicha mustahkamlik chegarasi; a va 

– 
devor 
turini 
hisobga 
oluvchi 
empirik 
koeffisientlar;  
a  =  0,09…0,20,  b=0,25…0,30;  A  –konstruktiv  koeffisient;  u  harsangtosh  devor  uchun 
0,15…0,25  ga,  g‟isht  devor  uchun  0,5…0,6  ga,  yirikyengil  beton  bloklardan  terilgan  devor 
uchun 0,8 ga va og‟ir betondan ko‟tarilgan devor uchun 0,9 ga teng. 
Devorning  siqilishga  bo‟lgan  mustahkamligidan  tashqari,  ba‟zi  hollarda  cho‟zilish  va 
kesilishga  bo‟lgan  mustahkamligini  etiborga  olishga  to‟g‟ri  keladi.  Devorning  cho‟zilishi 
bog‟langan  va  bog‟lanmagan  kesimda  sodir  bo‟lishi  mumkin  (25.1–rasm).  Bog‟langan  kesim 
bo‟ylab  cho‟zilishda  (25.1,b–rasm)  devor  qorishma  bo‟yicha  (1–1kesim)  yoki  tosh–g‟isht  va 
qorishma 
(2 
– 

pog‟onali 
kesim 
yoki 
3 – 3 yassi kesim) bo‟yicha buziladi. 
Bog‟lanmagan  kesimda  (25.2,a–rasm)  devor,  odatda,  tosh–g‟isht  bilan  qorishmaning 
gorizontal  choklariga  tutashgan  joyidagi  tekislik  bo‟yicha  buziladi.  Biroq,  agar  qorishmaning 
cho‟zilish vaktidagi mustahkamlik chegarasi tosh bilan qorishma o‟rtasidagi bog‟lanishdan kam 
bo‟lib qolsa, unda devor qorishma bo‟yicha buzilishi mumkin. 


269 
 
Devorning  bog‟langan  kesim  bo‟ylab  markaziy  cho‟zilishi  doiraviy  rezervuarlar,  silos 
minoralari va boshqa inshootlarni hisoblashda, egilishda cho‟zilishi esa devorlar va ustunlarning 
nomarkaziy siqilishini hisoblashda etiborga olinadi. 
Bazi  hollarda  tosh  devor  kesilishga  ham  duchor  bo‟lishi  mumkin.  Bunda  kesilish 
bog‟lanmagan kesim bo‟ylab ham, bog‟langani bo‟ylab ham sodir bo‟lishi mumkin. 
G‟isht terimining yuk ostidagi ish bosqichlari 
 
 
25rasm. G‟isht terimining siquvchi yuk  ortib  borishi  jarayonidagi to‟rtta ish bosqichi 
a) 
b) 
 
25.2–rasm. Terimning cho‟zilish sxemasi: a–bog‟lanmagan kesimda; b– bog‟langan 
kesimda 
Tosh–g‟isht devorning deformasiyalanish tavsifi 
Devor  elastik  jism  bo‟lmaganligi  uchun  kuchlanishlar  bilan  deformasiyalar  o‟rtasidagi 
bog‟liqlik  chiziqli  bo‟lmaydi  (25.3–rasm).  Tosh–g‟isht  terimining  berilgan  kuchlanishlar 
bo‟yicha  deformasiya  moduli  bu  kuchlanishlarga  to‟g‟ri  keladigan  nuqtadagi  egri  chiziqqa 
o‟tkazilgan urinma qiyalik burchagining tangensi orqali izohlanadi. 
 


270 
 
25.3–rasm. Terimning qisqa muddatli siqilishida «kuchlanish–deformasiyalar» 
diagrammasi 
Elastiklik  modulining  vaqtli  qarshilikka  mutanosibligi  tajriba  yo‟li  bilan  aniqlangan. 
Armaturalanmagan terim uchun elastiklik moduli  quyidagi  formula orqalitopiladi: 
 
E
o
=

R'
i

 
 
 
 
(2) 
Buyerda 

 – terimning elastiklik tavsifi. 
Devorning  (3)  formulada  keltirilgan  siqilishga  bo‟lgan  mustahkamlik  chegarasi  (vaqtli 
qarshiligi) ning o‟rtacha qiymatini quyidagi formuladan aniqlash mumkin: 
R‟
i
=

R, 
 
 
 
 
(3) 
Buyerda R – terimning hisobiy qarshiligi; 

 – havfsizlik koeffisienti. Shuni etiborga olish 
kerakki,  g‟isht  va  barcha  xildagi  tosh–g‟ishtlardan,  shuningdek,  kesilgan  harsangtosh, 
harsangtosh  qo‟shib  tayyorlanadigan  yirik  beton  bloklar  uchun  va  vibrasiyalangan  g‟isht 
terimdan  ishlangan  panellar  uchun 

  =  2,  g‟ovak  betonlardan  tayyorlangan  yirik  va  mayda 
bloklar uchun 

= 2,25 ga teng bo‟ladi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.  Tosh–g‟isht konstruksiyalarga ishlatiladigan toshlar qanday sinflanadi? 
2.  Tosh–g‟isht terimga qanday qorishmalar ishlatiladi? 
3.  Terimning siquvchi yuk tasiri ostida ishlashiiing asosiy bosqichlari qanday? 
4.  Tosh terimda kuchlanishlar bilan deformasiyalar o‟rtasidagi bog‟lanish nimadan iborat? 
 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish