Prokatka qilingan profillar.Oddiy qo‟shtavr to‟sinlar asosiy to‟sinli profil hisoblanib,
ularning konfigurasiyasi asosan egilishda ishlaydigan elementlar uchun qo‟llaniladi (18.2,g–
rasm).
18.2–rasm. Prokatka qilingan profillar: a – quyma qism va gidrotexnik zatvor tirqishi qoplamasi;
b – gidrotexnik zatvor orqaga qaytish yo‟lining quyma qismi; v – sanoat binosi ustunsining
tarmog‟i
Balandligi 1000 mm gacha bo‟lgan kengtokchali qo‟shtavr to‟sinlarning tokcha qirralari
paralleldir (18.2,d–rasm). Ular uch xil turda chiqariladi: normal qo‟shtavrlar (B), kengtokchali
qo‟shtavrlar (SH) va ustunli qo‟shtavrlar (K). Kengtokchali qo‟shtavrlarning bo‟ylama
yo‟nalishda devorini qirqish yo‟li bilan tavr profillar olinadi.
Shveller qo‟shtavrdan devor tufayli tokchasining chetga siljigani bilan farq qiladi. U
tokchasining ichki qirralari qiyali va qirralari parallel qilib prokatka qilinadigan ikki turga
bo‟linadi (18.2,v–rasm).
258
Do'stlaringiz bilan baham: |