O`tayuklama toklari uncha xavfli bo`lmaydi, bu toklarni tegishli iste’molchilarga berilayotgan elektr
energiyani cheklab pasaytirishi mumkin. Qisqa tutashuv toklari taqsimlash qurilmalarining kontaktlari va
shinalari uchun juda xavflidir, chunki bu toklar to`satdan paydo bo`lib, juda qisqa vaqtda katta qiymatlarga
ko`tariladi.
O`takuchlanish ba’zan elektr qurilma izolyasiyasini shikastlaydi. Shikastlangan izolyasiya esa qisqa
tutashuvlar bo`lishiga sababchi bo`ladi. O`takuchlanishning quyidagi turlari bo`ladi: tashqi - atmosfera
o`takuchlanishlari va ichki - kommutasiya o`takuchlanishlari.
Atmosfera, ya’ni yashin, o`takuchlanishi ochiq elektr qurilmalarning yashindan shikastlanishi yoki yaqin
orada bo`lgan chaqmoq razryadlarining havo elektr yo`li yoki kontakt tarmog`i simiga tegishi yoki boshqa
ta’siri natijasida vujudga keladi.
Kommutasiya o`takuchlanishi yuqori kuchlanish tarmog`ini operativ va avariya sababli ulab-uzilish
vaqtida paydo bo`ladi. Masalan, yuklama ostida bo`lgan 110
500 kV kuchlanishli elektr uzatish yo`llarini
va salt ishlayotgan katta quvvatli transformatorlarni zanjirdan uzishda yuzaga keladi. Neytrali izolyasiya
qilingan tarmoqlarda elektr yoyi hosil bo`lib, yerga tutashganda vujudga keladigan o`takuchlanishlar ham
kommutasiya o`takuchlanishiga kiradi.
Atmosfera, ya’ni yashin, o`takuchlanishi
juda xavflidir, chunki bunda kuchlanish juda katta, ya’ni
5
10 martagacha, nominal qiymatdan ko`tarilishi mumkin.
Kommutasiya o`takuchlanishi, odatda, qurilma faza kuchlanishlari qiymatidan 3
4 martadan ortiq
bo`lmaydi, ya’ni elektr uskunalari izolyasiyalarining sinov kuchlanishdan ortib ketmaydi.
Elektr stansiyalari va podstansiyalarining elektr uskunalari ichida yuqori kuchlanishli taqsimlash
jixozlari katta o`rin tutadi, shu bilan birga, xususiy ehtiyojlarda, ya’ni elektr bilan yoritish,
yordamchi
mexanizmlarning elektr dvigatellari va hokazolar, ham xuddi sanoat korxonalarining yoritish va kuch elektr
qurilmalaridagidek, past kuchlanishli taqsimlash jixozlaridan foydalaniladi.
Odatda tortish podstansiyalari ikki tomonlama ta’minlanuvchi ko`rinishga ega bo`ladi. O`zgaruvchan
tokli tortish podstansiyalari kuchlanishi 110
220 kV li hamda o`zgarmas tokli tortish podstansiyalari esa
6
220 kV li elektr tarmoqlardan ta’minlanadilar.
Elektr tarmoqlariga ulanishlariga qarab tortish podstansiyalari tayanch, oraliq va tupik turlarga bo`linadi.
Ushbu podstansiyalar bosh elektr ulanish sxemalari bilan tavsiflanadilar.
Tayanch podstansiyalarida 110
220 kV kuchlanishli shinalarga kamida ikki havo elektr uzatish yo`li
(EUY) ulanadi. Oraliq podstansiyalari 35
110 kVli elektr uzatish yo`li kesimiga «uzgichli ko`prik» yoki
«ikki ajratkichli blokli va noavtomatik ulovli (peremichka)» sxemalar bo`yicha ulanishi mumkin. Oraliq
podstansiyalarining shinalaridan xuddi tayanch podstansiyalar kabi tranzit elektr energiyasi uzatiladi. Tupik
podstansiyalar odatda tayanch podstansiyalarning turli yig`uv shinalaridan yoki rayon podstansiyasining
shinasidan bir necha radial elektr tarmoqlar orqali ta’minlanadilar.
39-rasm. Pоdstansiya оchiq taqsimlash qurilmasi ОRU 110 kV sхemasi: 1EUY-birinchi 110
kV havo
elektr uzatish yo`li LEP-110; 2EUY-ikkinchi 110 kV havo elektr uzatish yo`li LEP-110; 3-yerlagich; 4-
tok o`lchov transformatori; 5-ikki yerlagichli uzgich; 6-yerlagichli uzgich; 7-ventilli razryadnik 110 kV;
8- ikki yerlagichli uzgich; 9-ajratgich; 10-yerlatgich; 11-tok o`lchov transformatori;
12-ventilli razryadnik; 13-uchchala fazaga o`rnatilgan tok o`lchov transformatorlari; 14- tok o`lchov
transformatori; 15-yerlagich; 16-kuch transformatori; 17,18-ventilli razryadnik 35-kV.
40,a-rasm. VMP-10 uzgichli ichki 10 kV fider kamerasi KVVO-2: 1-kameraning metal payvandli
korpusi; 2-uzgich; 3-uzgichning elektromagnit yuritmasi; 4-g`ildirakli aravacha; 5-tok transformatori; 6-
yerlovchi pichoq, 7-harakatchang pastki barmoq (nijniy pal’sevoy) kontakt; 8-havo elektr uzatish yo`li
yoki kabelli kirishni ulash o`rni; 9-harakatchang tepa barmoq (verxniy pal’sevoy) kontakt; 10-
kuchlanishi 10
kV shinalar; 11-past kuchlanishli nazorat jixozlari va asboblari bo`limi.
40b-rasmda g`ildirakli aravachada o`rnatilgan uzgichlarning tashqariga tortib chiqarilgan ko`rinishi
keltirilgan.
Ichki 10 kV fider kamerasi KVVO-2 podstansiya imorati ichiga o`rnatiladi. Bu qurilmaning ishonchli
ishlashini ta’minlaydi. KVVO-2 bir tomonlama xizmat kursatiluvchi bo`lib, uning uzgichi kamera ichidan
yurgazib chiqarish imkoniga ega. Kameraning ichi metall to`sqichlar bilan beshta bo`limlarga bo`lingan
bo`lib, bo`limlar avtomatik yopiluvchi eshikchalarga ega.