251
chidamliligi pasayadi. Fosfor qo‟shilgan po‟lat past haroratda mo‟rt, po‟latning yuqori
haroratlarda mo‟rt bo‟lib qolishiga esa oltingugurt sabab bo‟ladi.
18.1–rasm. Kam uglerodli po‟latni cho‟zilishdagi
ish diagrammasi
Po‟lat ko‟pchish
darajasiga qarab tinch, yarim tinch va qaynoq po‟latlarga bo‟linadi.
4
Metall konstruksiyalaryemirilishning chegara holatiga I va II hisoblash guruhi bo‟yicha
hisoblanadi. Prokat qilingan po‟latning cho‟zilish, siqilish va egilishga belgilangan me‟yoriy
qarshilik R
n
ga oquvchanlik chegarasi yoki yuqori darajali pishiq po‟latlar uchun pishiqlik
chegarasining nazorat qilinadigan eng kichik (95%gacha ta‟minlanganlik) qiymati qabul qilinadi.
Metall konstruksiyalarni chegara holatlarning II guruh bo‟yicha hisoblashda, odatda
shartlarni, ya‟ni egilishlarni tekshirish bilan cheklaniladi.
Qurilish konstruksiyalari uchun deformasiyalanadigan alyuminiyli qotishmalardan
prokatka qilingan, presslangan va shtampovkalangan profillar ishlatiladi; bunga quyida
keltirilgan markalardagi alyuminiyli qotishmalar AMs M, AMg 2M, AD31T, 1925T va
boshqalar ishlatiladi.
Alyuminiyli qotishmalarning zichligi o‟rtacha 2700 kg/m
3
, elastiklik moduli esa
7,1x10
4
MPa dan iborat. Ularning «
–
» diagrammasida oquvchanlik yuzasi bo‟lmaydi.
4
William T. Segui. “Steel design” Fifth edition, The University of Memphis 2013 (5-10 betlar).
252
Alyuminiy qotishma uchun cho‟zilish diagrammasi 18.1–rasmda ko‟rsatilgan. Alyuminiy
qotishmalarning me‟yoriy qarshiligi 0,75
v
yoki shartli oquvchanlik chegarasi
0,2
miqdorlardan
eng kichigi bo‟yicha qabul qilinadi.
Zavoddan oddiy mustahkamli (kamuglerodli) po‟latning uch guruhi chiqariladi: A
guruhida mexanik xossalari bo‟yicha kafolatlangan; B guruhida kimyoviy tarkibi bo‟yicha
kafolatlangan; V guruhida mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‟yicha kafolatlangan.
Muhandislik inshootlarida qoida bo‟yicha V guruhli po‟lat va faqat hisoblanmaydigan
elementlarda bazida B guruhli po‟lat qo‟llaniladi.
Po‟latning markalari va xossalari.
Metallardan tayyorlangan konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash uchun ularning
mexanik xossalarini bilish zarur. Metallarning hususiyatlarini miqdoran baholash uchun maxsus
tajriba va sinovlar o‟tkaziladi.
Po‟latning mexanik xususiyatlarini aniqlashda cho‟zilishga sinash eng ko‟p tarqalgan
usul hisoblanadi. Buning sababi: birinchidan, boshqa turdagi deformasiyalar uchun ham shu
tajribada olingan xulosalardan foydalanish mumkin, ikkinchidan cho‟zilishga sinash tajribasi
oson o‟tkaziladi va ishonchli natija beradi.
Po‟latni cho‟zilishga sinash uchun qabul qilingan namuna odatda, doiraviy kesimli bo‟ladi va
uning hisobiy uzunligi
=10d qilib tayyorlanadi. Po‟lat namunalari mahsus mashinalarda (uzish
mashinalarida) sinovdan o‟tkaziladi.
19.1-rasm. Po‟latni cho‟zilishga sinash
namunasi
Sinash natijasidan namuna kesimidagi kuchlanish va cho‟zilish
deformasiyasi orasidagi
bog‟lanishni ifodalovchi grafik quriladi.
Har xil navli po‟latlarning cho‟zilishdagi diagrammasi deyarli barcha maxsus
adabiyotlarda ko‟rsatiladi va sharxlanadi. Qurilish po‟lati (St3)ning cho‟zilishdagi
253
diagrammasini tahlil qilamiz va undagi o‟ziga xos jarayonlarni ko‟rib chiqamiz.
Diagrammadan ko‟rinib turibdiki, kuchlanish ma‟lum miqdorga yetguncha kuchlanish va
nisbiy cho‟zilish orasidagi munosabat to‟g‟ri proporsionallik qonuni bo‟yicha o‟zgaradi va bu
diagrammada A nuqtada nihoyasiga yetadi. Shu nuqta po‟lat uchun
Do'stlaringiz bilan baham: