NAZORAT SAVOLLARI
:
1.
Konstruksiyalarning yoriqbardoshligi bo‟yicha qanday toifali talablar ko‟yiladi?
2.
Yorilishga chidamlilikka qo‟yiladigan asosiy talablar nimadan iborat?
3.
Yoriqlar paydo bo‟lishiga hisoblash kuchlanganlikning qaysi bosqichiga asoslangan.
4.
Yoriqlar paydo bo‟lishiga hisoblash.
5.
Yoriqlar ochilish enini hisoblash kuchlanganlikning qaysi bosqichiga asoslangan?
6.
Yoriqlar ochilish enini hisoblash.
249
25 – MA’RUZA
METALL KONSTRUKSIYALARI. PO‘LAT MARKALARI. SORTAMENT.
Reja:
1.
Metall konstruksiyalar va ularning tasniflanishi.
2.
Po’latning markalari va xossalari.
3.
Sortament.
Po‟lat konstruksiyalar va ularning tasniflanishi
Po‟lat yoki alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan metall konstruksiyalar temirbeton
konstruksiyalarga qaraganda nisbatan kichik massaga, tayyorlash va montaj qilinishiyetarli
darajada oddiy, biroq, chirishga tez chalinishi tufayli oshirilgan foydalanish chiqimlariga ega
bo‟ladi. Bu ularni himoya qilish uchun vaqti–vaqti bilan bo‟yash, rux bilan qoplash, emal,
plastmassa yoki sof alyuminiydan himoya qoplamalar qoplash kabi tadbirlar ko‟rishni taqozo
etadi. Konstruksiyalarning shakli chirish sodir bo‟lishiga imkon tug‟diradigan suv va kir
ko‟tarishiga yo‟l qo‟ymasligi kerak.
Po‟lat konstruksiyalar oraliqlari katta (isitiladigan binolarda 30 m va undan ortiq),
balandligi ulkan va ko‟p yuk ko‟taradigan ko‟prik krani bo‟ladigan sanoat binolari qurishga
ishlatiladi. Po‟lat konstruksiyalar oraliqlari katta jamoat binolari (ko‟rgazma pavilonlari),
osmono‟par imoratlar, minorali inshootlarga, listlangan konstruksiyalar esa rezervuarlar,
gazgolderlar, bunkerlar, truboprovodlar va shunga o‟xshashlarga ham ishlatiladi. Namunaviy
bo‟lmagan qurilishning alohida obektlarini ko‟tarishda, texnik uskunalash uchun ish
maydonchasi qilishda, mavjud binolarni rekonstruksiyalashda po‟lat konstruksiyalar ishlatish
maqsadga muvofiq bo‟ladi.
Iqtisodiy jihatdan samarali, termik usul bilan yanada pishiqlangan po‟latlarni, shu
jumladan, tarkibida ligerlovchi tanqis elementlar bo‟lmaydigan va oquvchanlign 295–300 MPa
bo‟ladiganlarini qurilishda joriy qilish bo‟yicha katta ish bajarilgan.
Metall konstruksiyalarga ishlatiladigan materiallar
Qurilish konstruksiyalarida foydalaniladigan po‟lat plastik bo‟lishi va yaxshi
payvandlanishi kerak. Ximiyaviy tarkibi va mexanik xossalariga qarab qurilishbop po‟latlar bir–
biridan quyidagicha farqlanadi:
sifati oddiy kam uglerodli po‟lat.Uning mexanik xossalari asosan tarkibidagi uglerodga
bog‟liq bo‟ladi. Odatda, bunday po‟latning tarkibida og‟irlik hisobida 0,1– 0,22% uglerod
bo‟ladi;
250
past ligerlangan po‟lat. Bu xil po‟latning tarkibida pishiqlikni oshiradigan kimyoviy
elementlar: marganes, kremniy, xrom, nikel, mis bo‟ladi. Bu qo‟shimchalardan po‟latning
pishiqligi, plastik xossalari va chirishga chidamliligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |