Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud qaroridan norozi bo‘lgan
taqdirda, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o‘z advokati ishtirokida
bevosita himoya qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya
sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko‘rib chiqish tartibi
batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida
tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga aylandi.
Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 yilda sud
xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday
holatlarning 85 foizdan ortig‘i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari
o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo
tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi
jazo turi chiqarib tashlandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan
taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi.
Aytish kerakki, jazo tizimini liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan bunday
chora-
tadbirlarning naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Ishonchim komil,
xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha odamlarni qamash shart emas – bu davlatga
juda qimmatga tushadi, qolaversa, bunday jazo turi mahkumlarni tarbiyalash va qayta
tarbiyalash vazifasini hal qilmaydi.
Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bunday choralar natijasida O‘zbekistonda hozirgi
kunda qamoqdagilar soni jahon miqyosida eng past ko‘rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar
aholiga 166 kishini tashkil qiladi. Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko‘rsatkich
611 kishini, AQSHda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda so‘nggi o‘n yilda ozodlikdan
mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko‘proq kamayganining
o‘zi ham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan
dalolatdir.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning
o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish
Ma’lumki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini
demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‘ta muhim bir maqsadga, ya’ni
hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar
o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish,
markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat
vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash
bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan edi.
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy
organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash
borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin
qisqartirishga katta e’tibor berildi.
Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor
tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi
rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.
Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika
darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat
qaratildi.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002 yil 27 yanvarda
o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy
qonunning qabul
qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish
jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun
ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning
mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari
mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar
manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa o‘z faoliyatini doimiy
professional
asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o‘tish lozim
.
Do'stlaringiz bilan baham: