Mavzu: Davlat tilida ish yuritish. Hujjatlarning turlari va ularning hususiyatlari



Download 0,61 Mb.
Sana26.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#706448
Bog'liq
Davlat tilida ish yuritish1

Mavzu:Davlat tilida ish yuritish. Hujjatlarning turlari va ularning hususiyatlari


Davlat tilida ish yuritish.
1989-yilning 21-oktabrida «Davlat tili to‘g‘risida» gi qonunning qabul qilinishi bilan davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligini takomillashtirishga katta imkoniyat ­yaratildi. 1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat bo`lgan “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi, biroq mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘z­gartish hamda qo‘shimchalar­ kiritish zarurati yuzaga kel­di. Natijada 1995-yil 22-dekabrda ushbu qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida hamda Konstitutsiyaning 4-moddasida yozilganidek, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8,9,10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiradi. Jumladan, “Davlat tilida ish yuritish” darslari joriy etildi.

Davlat tili haqida Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.Yuqorida aytganimizdek, qonunning 9-moddasi esa: Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi, deyilgan. Demak, davlat tilida ish yuritishning huquqiy maqomi qonunda belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilardan o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

  • Davlat tili haqida Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.Yuqorida aytganimizdek, qonunning 9-moddasi esa: Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi, deyilgan. Demak, davlat tilida ish yuritishning huquqiy maqomi qonunda belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilardan o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

Hujjatlarning turlari va ularning hususiyatlari
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Bularga xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma,ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolat xati, tavsiyanoma va boshqalarkiradi.
2.Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkabhujjatlar farqlanadi:
Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolat xati va boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qoliplihujjatlar farqlanadi.
Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlariva boshqalarkiradi.
Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi.
Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.
4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:
Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.
Shaxsiy hujjat – yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish