O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

67-savol: Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy-sherikchilik. (Davlat-xususiy, xususiy-davlat) 
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov 
tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa 
fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” 
shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli 
jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida 
“fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning uchun mustaqillikning 
dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda 
“Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli 
bo‘lmay qolardi. 
Birinchi Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan shunday 
deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga 
oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning 
rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, 
gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va 
erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari 
bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni 
takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor.”3 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator asarlari, 
nutq va maqolalari, хususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, 
amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi Prezident rahbarligida amalga 
oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda 
ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan. 


Tariхga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo 
ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib chiqargani, 
isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik beradi. Tariхda hukmron 
sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan. Lekin bu yon bosishlar epizodik 
хarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan. 
Tariхda sinflarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga chaqiriqlar ham bo‘lgan, lekin ana shunday 
uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan mafkuralar bo‘lmagan. Ijtimoiy sheriklik sinfiy ziddiyatlarni 
yumshatish, manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu mafkuraning 
kelib chiqishiga asosiy sabab mehnat sohasidagi munosabatlar edi va bu mafkura birinchi 
navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida yaratildi. Keyinchalik bu mafkura 
rivojlandi va boyitildi. Mustaqil O‘zbekiston misolida ijtimoiy sheriklik nafaqat mehnat 
munosabatlarini, balki jamiyatdagi mavjud munosabatlarning katta qismini tartibga solish 
vazifasini bajara boshladi. 
Birinchi Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida mehnat munosabatlariga urg‘u 
berilmaganining sababi hozirgi kunda mehnat munosabatlaridagi antagonistik ziddiyat ko‘pchilik 
mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bartaraf etilganida. Bundan tashqari, mehnat 
munosabatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar 
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida mavjud. Bunday hujjatlar orasida markaziy o‘rinni 
“Mehnat kodeksi” egallaydi. O‘zbekistonda bunday Kodeks 1995 yilda qabul qilingan edi. 
“Mehnat Kodeksi”dan tashqari yana ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mehnat 
munosabatlarini tartibga solish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bundan chiqadigan хulosa shundaki, 
asosan tartibga solingan mehnat munosabatlarini yana bir marta tartibga soladigan hujjat yoki 
institut yaratishga zarurat yo‘q. Ijtimoiy sheriklik endi jamiyat oldida turgan boshqa 
muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi lozim. Islom Karimov Konsepsiyasida ana shu 
muammolar ko‘rsatib berilgan. 
Birinchi Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish 
zarurati haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. 
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa, 
sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik 
jamiyati institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday 
institutlar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, 
degani emas. Bunday institutlarning soni o‘n minglab va yuz minglab bo‘lsa ham fuqarolik 
jamiyati qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana shu institutlar, davlat 
hokimiyati organlari va biznes vakillari o‘rtasida sheriklik munosabatlari bo‘lishi shart. Shu 
ma’noda aytish mumkinki, ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy yo‘ldir. 
Birinchi Prezident Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklikning hozirgi kundagi asosiy funksiyasi 
ko‘rsatib berildi. Birinchi Prezidentning ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy 
sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida o‘zining to‘la ifodasini topdi. 
Ijtimoiy sheriklik nazariyasiga Birinchi Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida aniqlik va 
yangiliklar kiritilishi bilan bir qatorda amaliy sohada ham mazkur nazariya rivojlantirildi. 
Bunday rivojlantirish ijtimoiy sheriklik sub’yektlari doirasini kengaytirish va ularning o‘zaro 
munosabatlarini rivojlantirish shaklida amalga oshirildi. Хolislik taqozosiga ko‘ra qayd etish 
lozimki, ХХ asr oхiri va ХХI asr boshlarida ijtimoiy sheriklikka nisbatan “sektorlaro o‘zaro 
ta’sir” nazariyasi ham vujudga keldi. Bu nazariya tarafdorlari ijtimoiy sheriklikni mehnat 
munosabatlari doirasidan tashqariga olib chiqishdi. Unga ko‘ra ijtimoiy sheriklik sub’yektlari 
bo‘lgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes vakillari ijtimoiy masalalarni hal qilishda 


hamkorlik qilishlari lozim. Mazkur nazariya tarafdorlari har uch sektor vakillarining ijtimoiy 
masalalarni hal qilishda o‘zaro tortishuv va munozaralar jarayonida konsensusga kelib faoliyat 
yuritishlarini nazarda tutadi. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘zaro 
munosabatlarining yangicha shakli vujudga keldi. Bu shakl tomonlarning o‘zaro raqobatiga 
emas, o‘zaro yordam va hamkorligiga asoslanadi. Tomonlarning mana shunday munosabati 
ijtimoiy sheriklikning sinergiya effektini vujudga keltirishiga olib keldi. 
Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq qilingan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar o‘zbek modelining asosiy tamoyillaridan biri-davlatning bosh islohotchi 
ekani ijtimoiy sheriklik sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari bo‘g‘ilgan va 
shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. Mustabid 
tuzum davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish 
imkoniga ega emas edilar. Chunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan 
adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai 
nazardan yoritilar edi. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish