2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va
“to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga
tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan
xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik
ustama belgilash;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib
chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini
tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar
muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;
6-savol : XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini
o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv. ( Nomoddiylik prinsipi, chiziqli rivojlanish prinsipi,
universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi)
Javob : Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda
fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda,
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy
texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni
tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni
amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb
jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada
takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda qabul qilindi .
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish,
ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda
tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot
kommunikatsion
Do'stlaringiz bilan baham: