O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

63-savol: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari mustaqillik yillarida(Matbuot mustaqilligi, 
ochiqlik, elektron ommaviy axborot vositalari) 
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar 
qabul qilindi: 
— «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007-yil 15-yanvar’); 
— «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); 
— «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); 
— «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002-yil 12-dekabr); 
— «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996-yil 30-avgust); 
— «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006-yil 20-iyul’); 
— «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr); 
— «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil 7-may); 
— «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust). 
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida 
Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-
moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular 
axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» 
deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati 
hisoblanadi. 
Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi 
Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura 
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, 
shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga 
berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi. 


Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi 
kundagi umumiy soni 1366tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan 
iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy 
axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez 
rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan 
o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan 
elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini 
tashkil etadi. 
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7ta tilida va siyosiy-
ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. 
Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, 
ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo 
etmoqda. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida 
Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari 
diqqatga sazovordir. 
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni 
takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari 
to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari 
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va 
«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi. 
Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 
«Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va 
«Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator 
mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda 
o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011-yil noyabr 
oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda ekspert guruhining 
muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012-yil to‘rtinchi 
choragida Hukumatga kiritiladi. 
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari 
faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo 
qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samarali foydalanish, matbuot erkinligi 
va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini 
to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo 
etmoqda. 
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi 
bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. 
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va 
keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib, bu qonunlarni yana ko‘p yillarga xizmat qilishi 


uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak 
bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi. 
Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini 
mustahkamlash, ayniqsa, sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni 
belgilab berildi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV 
sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. 
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu 
chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot 
vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi 
konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish