Referendumga katta tayyorgarlik korildi. Referendumni uyushqoqlik bilan otkazish maqsadida
Markaziy saylov
komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 1991-yil 29-
dekabr kuni bolib otgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov royxatiga
kiritilganlarning 94,1% qatnashdi. Ularning 98,2% referendumda qoyilgan savolni maqullab ovoz
berdi. Demak, Ozbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan
maqullandi.
Shuni takidlash lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida
tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan otdi. Buni
referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil
kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
Islom Karimov Ozbekistonning birinchi Prezidenti: Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyin
davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi Prezidentlik respublika boshqaruvi
shakli rivojlantirishga kirishildi. Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18 noyabndagi VIII
sessiyasida umumxalq referendumini otkazish qarori bilan birga «Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi togrisida»gi Qonuni, shuningdek, «Ozbekiston
Respublikasi Prezidenti
saylovini tayinlash togrisida» qaror qabul qilindi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik korilib, 13 ta okrug
va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy
lavozimga ikki nomzod -
Ozbekiston XDP va Ozbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk»
Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qoyildi.
1991-yil 29-dekabrda bolib otgan saylovlar yakuniga kora 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz
berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov
nomzodini, million 220 ming 474 saylovchi
(12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
1991-yil 30-dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini korib
chiqib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 35-moddasiga asosan
Islom Abduganiyevich Karimovni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb
hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yoli
bilan otkazilgan togridan togri umumiy va altemativ asosdagi saylovda I.A.Karimov 5 yil
muddatga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bolgan navbatdan tashqari IX
sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi.
1995-yil 26-martda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq Ozbekiston
Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi
boyicha umumxalq referendumi bolib otdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish
huquqiga ega bolgan fuqarolarning 99,3% ishtirok etdi
.
Do'stlaringiz bilan baham: