O’zbekiston tarixi va manbashunoslik



Download 45,91 Mb.
bet22/93
Sana01.01.2022
Hajmi45,91 Mb.
#301118
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
Bog'liq
2 5332586984751763760

Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biiri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda alohida e’tibor berildi. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir”. Shu nuqtai nazardan dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barppo etadigan 1100 ga yaqqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun-mohiyayati jihatidan quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:



  1. O’zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yo’nalish doirasida «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida», “Yer osti boyliklari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida», «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi vujudga keldi.

  2. Mulkchilik munosabatlari va ko’p uklaadli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, yer to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

  3. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylaashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bular xo’jalik yuritish yangi mexanizmining asosiy qoidalarini belgilab berdi. Bozor infrastrukturasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, auditorlik faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxonalar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo’jalik - prosessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan respublikada bozor mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo’yildi.

  4. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, O’zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, «Valyutani tartibga solish to’g’risida», «Erkin iqtisodiy mintaqalar to’g’risida» qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.

Mustaqil O’zbekistonning ilk konstitusiyasi - davlat va jamiyat hayotining asosiy qonuni qabul qilinganligi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo’ldi. Bu qonunlar o’z umrini yashab bo’lgan eski iqtisodiy munosabatlarni va siyosiy tizimni huquqiy yo’l bilan yangi iqtisodiy munosabatlar va siyosiy tizim bilan almashtirdi.

Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlaar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Hozirda bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari mavjud bo’lib, ular barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo bozor munosabatlari shakllaniishiniing sosiaal-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo’lganligi tufayyli, unga o’tishning milliy xusuusiyatlari ham mavjud bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo’lini yoki taraqqiyo modelini borligicha qabul qilib bo’lmaydi. Natijada o’ziga xos yo’lni tanlash muhim hisoblanadi.

Sobiq sovet tuzumida amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o’zining hayotiy emasligini, aholining o’sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlay olmasliigini aniq ko’rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqqiyoti uchun O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini ishlab chiqqish va bu yo’lda tub islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi. O’zbekistonning taraqqiyo yo’lini ishlab chiqqishda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchilik qildi.

Islom Karimov o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida so’lagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avguust oyida nashr etilgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida O’zbekistonning taraqqqiyot yo’lini har tomonlama puxta belgilab bergan.

O’zbekistonning o’ziga xos taraqqqiyot yo’li Islom Karimovvning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilni o’z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyatii Islom Karimovning 1993 yilda nashr etilgan “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli asarida asoslab berilgan. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “o’zbek modeli” deb qabul qilindi. O’zbek mmodeliini iishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi. Ushbu tamoyillar quyidagilar:

-Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u bir mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas, buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabaatlarni mafkuradan xoli qiliish kerak;

-Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’rgarishlar siyosatiini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

-Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buniing ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hyech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;

-To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda ijtimoiy siyosatni o’tkazish, bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldidan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qqoladi;

-Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan, yaqin o’tmishimizdagi “inqilobiy sakrashlarsiz”, ya’ni evvolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

O’tgan davr mobaynida bu tamoyillarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini joriy etish yo’lidan izchil harakat qilishni ta’minladi. Bular yetakchi tamoyil sifatiida tan olindi.




Download 45,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish