O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

Янгича
фикрлаш
ва
ишлаш
– 
давр
талаби

Т
. 5. – 
Т
., 1997. 
– 184-
б

2
O‘sha manba. – 182–183-b. 
66


Amir Temur bobosining vorisi sifatida Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil 
mobaynida Movarounnahr diyorining azaliy orzusi – tinchlik, totuvlik, har 
tomonlama taraqqiyotni qaror toptirishda jasorat ko‘rsatdi.
“Biz bu voqealarni dunyo xalqlarining Mirzo Ulug‘bek va uni voyaga 
yetkazgan yurtga, xalqqa va uning tarixiga samimiy hurmati deb bilamiz”
1

O‘rta Osiyo zaminida yashagan shoirlar, muarrixlar, tasavvuf yo‘nalishidagi 
mualliflarning ijodida insonparvarlik g‘oyalari yaqqol namoyon bo‘lgan.
Alisher Navoiy (1441–1501) o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, 
olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Amir Hisrav 
Dehlaviy, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy singari ulug‘ siymolaridan biridir.
Alisher Navoiyning buyuk xizmatlaridan biri o‘zbek adabiy tilini taraqqiy 
ettirish, uning katta imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilish, turkiy xalqlar birligini 
mustahkamlash g‘oyalarini ilgari surganidir. Ayni vaqtda Navoiy fors-tojik 
tilini ham o‘z ona tilidek sevadi, bu tilda ham g‘oyat go‘zal ijod 
namunalarini yaratadi. 1476 yilda mashhur “Tuhfatul-afkor” nomli fors 
tilidagi asarini yozadi.
Alisher Navoiy ijodining o‘sishi va kamolotida fors-tojik adabiyotining 
buyuk vakili, shoir va olim Abdurahmon Jomiy (1414–1492) ning xizmati 
kattadir. Har ikki ulug‘ zot bir-birlari bilan do‘st, hamfikr, ustoz va shogird 
bo‘lganlar. Bu yaqinlik, birodarlik va do‘stlik o‘zbek va tojik xalqlarining 
qadim-qadimdan birodarligi, qon-qardoshligi va do‘stligining yorqin 
namunasidir.
Alisher Navoiy o‘zining shoh asari “Xamsa”ni 1483–1485 yillarda yozib 
tugalladi. “Xamsa” “Hayratul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), 
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (Yetti sayyora), 
“Saddi Iskandariy” (Iskandar devori) kabi besh dostonni o‘z ichiga olgan.
Temur va Temuriylar davrida hadis, kitob va xattotlik, musiqa, tasviriy 
san’at turlari ham gurkirab o‘sdi. O‘z zamonasining mohir rassomi 
Kamoliddin Behzod (1455–1533/37) o‘zining hayratomuz san’ati bilan 
“Moniyi soniy” (ikkinchi Moniy-afsonaviy Xitoy rassomi) Hirot maktabiga 
asos soldi va ustoz san’atkor sifatida Turkiston o‘lkasida, Eron, Ozor yurti va 
boshqa o‘lkalarda tasviriy san’atning rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Alisher Navoiy “Majolisun-nafois” asarida o‘zidan avval o‘tgan va 
zamondosh shoirlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi, o‘sha davrning 
madaniy muhitini tasvirlaydi. Shaharlik buyuk hunarmand shoirlardan,
samarqandlik ijodkorlarning (Mavlono Javhariy – sovungarlik 
korxonasining egasi, Mavlono Davoriy – tikuvchi, Mavlono Mir Qarshining 
esa bozorda askiyachilar to‘planadigan sahhoflik do‘koni bo‘lgan, 
hirotliklardan Mavlono Zayn – hamyon tikuvchi, Mavlono Mir Arg‘un – 
chodir tikuvchi, Mavlono Baqoiy – mohir kamonsoz, Mavlono Mushriqiy – 
shoh qushxonasining nazoratchisi, Mir Hoshim – tillaga o‘yma naqsh 
soluvchi, Mavlono Tohiriy – etikdo‘z bo‘lgan) ijodidan namunalar beradi.
O‘z sohasida kamolotga intilish Temuriylar davri hunarmandchiligining 
asosiy xususiyatiga aylandi. Bu, ayniqsa, me’morchilikda yaqqol namoyon 
bo‘ldi.
1
Каримов
 
И

А
.
 
Биздан
озод
ва
обод
Ватан
қолсин

Т
. 2. – 
Т
., 1996. – 321-
б

67


Temur huzuriga kelgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning 
“Kundalik”larida Samarqand qiyofasi yaqqol aks etadi. O‘sha davrning bu 
noyob hujjatida Yevropa Renessansi vakilining sinchkov ko‘zi bilan atrof 
borliqqa, shu jumladan musulmon Sharqiga nisbatan keng ko‘lamdagi 
qiziqish bilan qarash namoyon bo‘ladi.
Umuman, Temur va Temuriylar davlatida me’morchilik avvalgi davrdan 
ko‘p narsa olgani holda, o‘z taraqkiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. 
Bunga yordam bergan omillar esa yangi, goho mahobatli binolarni bunyod 
etish, ulkan hududning turli chekkalaridan keltirilgan me’morlarning ijodiy 
kuchlarini yagona davlat doirasida birlashtirish va nihoyat, “davr ruhi” – bir 
qator tadqiqotchilarni “Temuriylar Renessansi” to‘g‘risida so‘z yuritishga 
undagan o‘ziga xos jihatlardan iborat bo‘ldi. Bu ibora bahsli, albatta, 
Yevropadagi Uyg‘onish davrining mafkuraviy nuqtai nazarlari O‘rta 
Sharqdagidan farq qiladi. Lekin madaniy taraqqiy etib kelayotgan 
insonparvarlik ikki xususiyatga ega. Musulmon Sharqida shariat belgilab 
qo‘ygan turmush qonun-qoidalari qattiq ekanligidan insonparvarlik 
yaratuvchilik mehnati bilan band kishilarning ijodiy erkinligida namoyon 
bo‘ldi. Uni mashhur shoirning satrlarida, kulolning kosaga chizgan zangori 
gullarida, qandakor idishlarga o‘ygan bezaklarda yoki me’mor bunyod etgan 
ulug‘vor masjid, nafis shiypon va boshqa inshootlarda ko‘rish mumkin.
Ulug‘bek zamonida uning safdoshlari va shogirdlari tomonidan qurilgan 
Samarqand rasadxonasi mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” (Ko‘ragonning yangi 
astronomik jadvali) jahon faniga qo‘shilgan bebaho hissadir. Vaqt o‘tishi 
bilan, Ulug‘bek “Ziji” butun dunyoda tan olinib, avvalo, Sharq, so‘ng 
G‘
arb 
davlatlarida XVII asrning o‘rtalaridan boshlab keng tarqaldi. “Ulug‘bekning 
Ziji” Ptolemey, Tixo Brage va boshqalarning jadvallari bilan birga, 
Angliyadagi Grinvich observatoriyasining birinchi direktori D. Fleystidning 
1725 yilda nashr qilingan “Osmon tarixi” kitobiga kiritildi
1
.
YUNESKO tomonida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 
Toshkentning 2000 yilligi nishonlanishi “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi 
tarixi” nomli yirik xalqaro tadqiqotning olib borilishi, hazrati sohibqiron 
Amir Temur, buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Al-Farg‘oniy va 
Mirzo Ulug‘bek yubileylarining nishonlanishi jahon hamjamiyatining o‘zbek 
milliy madaniyati va san’ati tarixini, uning ma’naviyat-ma’rifat va axloqiy-
huquqiy hayotdagi haqiqiy o‘rnini e’tirof etishi demakdir.
Sharq xalqlarining o‘rta asrlardagi ilg‘or madaniyati, dunyoviy turmush 
tarzi va qadriyatlarining ravnaqi Markaziy Osiyoning uyg‘onish davriga asos 
soldi. Aynan ma’lum bir jug‘rofiy makonda, ya’ni Markaziy Osiyoda 
ma’naviy uyg‘onish sodir bo‘lgani qiziqarli hol. Buning birinchi sababi – 
mintaqa bo‘ylab odamlar bemalol harakat qilishi mumkin bo‘lgan muhitning 
vujudga kelganligi. Ushbu mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida IX–XVI 
asrlarda bojxona ittifoqi tarkib topgan bo‘lib, ayniqsa, Amir Temur davrida 
Buyuk Ipak yo‘liga katta e’tibor berilganligini (savdo yo‘lidagi o‘g‘ri-
qaroqchilarning yo‘q qilinganligi, yangi-yangi karvonsaroylar, sardobalar va 
ko‘priklarning qurilganligi va boshq.), Samarqand bozorlarida dunyoning 
1
Темур
ва
Улуғбек
даври
тарихи
. – 
Т
., 1996. – 58-
б

68


turli joylaridan kelgan, turli tillarda gaplashuvchi, har xil dinlarga e’tiqod 
qiluvchi savdogarlar va xaridorlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ikkinchi sabab 
– odamlarda ilmga bo‘lgan hurmatning yuqoriligi hamda bilim olishga 
ishtiyoqning zo‘rligi muhitining mavjudligi. Uchinchi sabab – 
hukmdorlarning o‘zidan yaxshi nom qoldirish, adolatli podshoh nomini 
olishga intilgani. Ular o‘z saroylarida ilm-fan, san’at va adabiyotni 
rivojlantirishga shart-sharoit yaratib berganlar.
Markaziy Osiyoning uyg‘onish davrida vujudga kelgan yangi ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy vaziyat yagona ilmiy, diniy va ijtimoiy 
muomala tili vazifasini o‘tagan arab tili va yozuvi mavqeining ortishi hamda 
qaror topishi bilan ham bog‘liq. Mintaqa xalqlari arab xalifaligi qaramligidan 
mustaqil bo‘la borganlaridan boshlab o‘lkada iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
sohalarda nisbatan tezroq rivojlanishga imkoniyat tug‘ildi. Umumiy bozor, 
yaxlitlashgan xalq xo‘jaligi, yuqori ishlab chiqarish munosabatlari va yirik 
ilmiy, diniy markazlar vujudga keldi. Natijada IX–XVI asrlarda butun 
Turkiston o‘lkasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotning barcha 
sohalarida jonlanish, ko‘tarilish va umumiy rivojlanish ro‘y berdi. Bularning 
hammasi, albatta, mug‘ullarning bosqini oqibatida ro‘y bergan vaqtinchalik 
inqirozni istisno etganda, Sharqning o‘rta asrlarda ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy 
jabhalarda, ayniqsa, madaniyatda 
G‘
arbga nisbatan ustunligini yuzaga 
keltirdi.
Buyuk Ipak yo‘li orqali savdo-sotiqning kengayishi, ko‘p tarmoqli 
hunarmandchilikning rivojlanishi shahar madaniyatining har tomonlama 
gullab-yashnashiga olib keldi. IX asr davomida dastlab Tohiriylar, so‘ngra 
markazlashgan Somoniylar davlatining tashkil topishi Markaziy Osiyo 
xalqlari hayotida siyosiy barqarorlikni ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida, 
iqtisodiy va madaniy yuksalishga, mahalliy xalqlar turmush tarzining 
yaxshilanishiga yo‘l ochdi. Sivilizatsiyaning asosiy mezoni hisoblangan 
shaharlar tez sur’atlar bilan rivojlana bordi. Masalan, Farg‘ona vodiysining 
poytaxti Axsikentda X asrning oxirida buyuk muhandislik inshooti bo‘lgan 
yer osti suv o‘tkazish tizimi qurilgan bo‘lib, u shahar aholisiga 200 yildan 
ziyod xizmat qilgan
1
.
Yevropada, ayniqsa, Fransiyada o‘rta asrlar Sharqi, xususan, tariximiz, 
madaniyatimiz, tilimiz, buyuk ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosi katta 
qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Markaziy Osiyo ma’rifatparvarligini tadqiq 
qilishda fransuz sharqshunoslik maktabi jahon ijtimoiy fanida peshqadam 
o‘rinni egallab kelmoqda. Toshkentda ochilgan Fransiya Respublikasining 
Markaziy Osiyoni tadqiq qilish instituti buning yaqqol dalilidir 
2
.
Respublikamiz qo‘lyozma xazinalarida madaniyatimiz tarixiga tegishli 60 
mingdan ortiq muhim va noyob asarlar saqlanmoqda. Bu manbalarning 
taxminan 40 foizini bevosita islom ilmi, islom tarixi, tasavvufga 
bag‘ishlangan risolalar tashkil etadi. Ularni o‘rganish xalqning madaniyati va 
musulmon olami uchun muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish