namuna bo‘lib qolishi bilan birga, o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati
va faniga qilgan tortig‘idan iboratdir”
1
.
Beruniyning yana bir qimmatbaho asari “Kitobul shamohir-fi ma’rifatil
javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilish kitobi”) dir. Unda olim Markaziy
Osiyodagi minerallar, ularning joylari haqida juda zarur ma’lumotlarni
beradi.
Turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarining bilimdoni, butun
Markaziy Osiyoni kezib, xalqlar jonli tilidagi so‘z va iboralarni, maqollarni
qunt bilan o‘rgangan olim Mahmud Koshg‘ariydir (XI asrda yashagan).
Uning bizgacha yetib kelgan asari “Devonu lug‘otit-turk”dir, “Turk tilining
lug‘ati” 1070–1083 yillarda yozilgan bu nodir asarning qo‘lyozmasi 1914
yilda Turkiyaning Diyolbakir shahrida topilgan va hozir Istambul shahrida
saqlanadi. 1960–63 yillarda tilshunos olim S. Mutallibov bu asarni o‘zbek
tiliga tarjima qildi. Asar 1928 yilda nemis tilida, 1941 yilda usmonli turk
tilida nashr qilingan. Asarda dunyo xaritasi ham ilova qilinib, juda katta
hududlarga tarqalib ketgan holda, unda turkiy xalqlarning qavm-urug‘lari –
qipchoq, o‘g‘iz, yamak, boshqird, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg‘iz, chigil,
yag‘mo, tuxsi, ichroq, jaru, jamil, uyg‘ur, tangut, tabkochlardan tashqari,
yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Mahmud Qoshg‘ariyning asarida Turkistondagi ba’zi shaharlarning
nomlari, sharh-izohlari ham berib o‘tilgan. Masalan, unda Toshkent
“Tarken” tarzida ko‘rsatiladi va “Tarken” Shoshning ismi, asli Toshkent,
Tosh shahri demakdir, deb izohlanadi. Samarqandning asli nomi “Samiz
qand” – katta shahar deb ta’riflanadi.
XI asrda yashab, ijod etgan yana bir olim, adib Yusuf Xos Xojibdir
(1019–1020 yillarda tug‘ilgan). U Bolasog‘unda (Qirg‘izistonning hozirga
To‘qmoq shahri) ziyoli oilada tug‘ilgan bo‘lib, Qoshg‘arda o‘zining mashhur
asari “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarini yozgan. Kitobni
Qoraxoniylar xoni Tavg‘och Bug‘roxonga tortiq qilishi evaziga xon o‘z
saroyida xos hojiblik (saroyning xos noziri) lavozimini bergan va shundan
so‘ng bu nom bilan mashhur bo‘lgan.
Yusuf mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini o‘rgangan, falsafa,
tarix, geografiya, mantiq, matematika va boshqa fanlarni egallagan. U davlat
va idora ishlari bilan qiziqqan. Turkiy tilda yozilgan “Qutadg‘u bilig” asari
73 bobdan iborat bo‘lib, axloq-odob, ilm-ma’rifat, farzand tarbiyasi, jamoat
joylarida o‘zni tuta bilish, so‘zning ahamiyati va qadri, mehmondorchilik
qoidasi, turmush tarzi va inson ma’naviy olamining yana ko‘pgina qirralari
qalamga olingan. U markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun
kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlaydi. Xalq va davlat, davlat boshlig‘i va fuqaro, olim va
hokim, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy madaniy aloqalar, hukmron
tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g‘oyatda zarur fikrlarni
ilgari suradi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari to‘rt tayanch unsur asosiga
qurilgan:
1
Do'stlaringiz bilan baham: