Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan ana shu
xususiyat ayni vaqtda ko‘plab xalqlar diqqatini o‘ziga jalb qildi hamda qayta-
qayta zabt etilishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda, arxeolog olim
B. Staviskiyning “Qadimgi yunon va O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati
o‘rtasidagi o‘xshashlikka O‘rta Osiyo xalqlari bilan ellinlarning uzoq
ajdodlari birligi sabab bo‘lgan deb tushunish kerak”
1
yoki sharqshunos olima
F. Sulaymonovaning “Markaziy Osiyo xalqlarida ham yunonlardagidek qora
ot ilohiylashtiriladi, unga bag‘ishlangan marosimlar ham bir xil, har ikkala
mintaqada marosimlar qishki va bahorgi quyosh turishi bilan bog‘liq, qishda
– aza, yozda – bayram”
2
degan fikrlariga qo‘shilish mumkin, shu asosda turli
xalqlar madaniyati chatishuvining yuz berishi Turkiston o‘lkasidagi
taraqqiyotning asosi hamda sabablaridan biri ekanligiga dalildir.
Somoniylar hukmronligi davriga kelib Xuroson va Movarounnahrda
madaniy hayotning yuksalishi kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarqand va
Urganch o‘z davrining madaniy markazi sifatida dong taratdi.
Arab istilosi davrida zo‘rlab islomlashtirish arab tilining joriy etilishiga
olib keldi. Arab tili faqat musulmon aqoidlarida, rasmiy idoralar
doirasidagina emas, balki fors, xorazm, so‘g‘d aslzodalari muhitida ham
qo‘llanila boshladi. Barcha aqoid va shariat qoidalari (fikh) arab tilida
yoziladigan bo‘ldi. Barcha rasmiy qog‘ozlar shu tilda yozildi. Arab tilini
bilmagan odam amaldor bo‘la olmas edi. Barcha ilmiy asarlar arab tilida
bitildi. X asr o‘rtalaridangina Movarounnahr aholisi fors-tojik tilida arab
imlosi bilan yoza boshladiki, bunday yozuvlar bizning kunlargacha saqlanib
qolgan.
IX–XI asrlarda Markaziy Osiyoda arab tilida nodir ilmiy asarlar yozgan
olimlar yetishib chiqdilar. Masalan, buyuk matematiklar Abu Ja’far ibn Muso
Al-Xorazmiy (763–850 yillar) va Ahmad Al-Farg‘oniy (861 yilda vafot
etgan) shular jumlasidan bo‘lib, ular Xalifa Al-Ma’mun (813–833 yillar)
rasadxonasida ilmiy ish olib borganlar. Aljabrga doir asarlarning lotin tiliga
tarjima qilinishi bilan Al-Xorazmiy dunyo fani tarixida tong taratgan.
Yevropada Al-Xorazmiy nomi “algoritm” va “algorifm” atamasi sifatida
“Kitob ul-jabr val muqobala” nomli asaridan algebra fanining nomi bizning
davrimizgacha saqlanib qolgan. Olimning “Kitob at-tarix” (Tarix kitobi) da
Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII–IX asrlardagi tarixiga oid
qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Ahmad Farg‘oniy ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani, madaniyati
taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. Xususan, uning 812 yilda
quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, yerning dumaloq shaklda
ekanligini aniqlaganligi e’tiborga molikdir. Farg‘oniy Misrda yashagan
chog‘ida Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob (tutash idishlar qoidasiga
asoslangan) yasagan va u hozirgacha saqlanadi. Olimning “Al-Farg‘oniy
jadvallari” (qo‘lyozma), “Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob”
1
Do'stlaringiz bilan baham: