O‘zbekiston tarixi


IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti



Download 4,82 Mb.
bet48/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti

IX asrga kelib Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o‘g‘illari Ma’mun va Amin o‘rtasida o‘zaro kurash boshlanib ketdi. Hokimiyat uchun bo‘lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma’mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813 yilda Ma’mun xalifalik markazi Bog‘dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821 yilda esa Tohir ibn-Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o‘sha davrda Movarounnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o‘zining qarorgohi etib tanladi va xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Natijada u 822 yilda Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Talxa ibn Tohir (822-830 y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Talxadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir o‘zigacha bo‘lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar o‘tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.

IX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. (“G‘oziylar” asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va ersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka YOqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. SHu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, YOqub va Amr asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movarounnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g‘oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo‘llab quvvatladilar. CHunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko‘chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona hamda qudratli davlat kuchli harbiy qo‘shin yaratish imkoniyatini berardi.

Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to‘qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo‘ldi.

SHunday qilib, Xorazm, Isfijob, CHag‘oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe’ edilar), ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo‘ysundirilgan edi. Ular bu erda 100 yilcha hukmronlik qildilar

Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. SHuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo‘ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.

Devonlar orasida vazir yoki “xo‘ja buzurg” devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo‘ysungan. U hamma ma’muriy, siyosiy va xo‘jalik mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni idora etishda “mustaufiy devon” ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.

“Devon Amir-al-mulk” yoki “al-rasayi” davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarni ham boshqargan.

“Sohib ash-shurat” devoni davlatning butun harbiy ishlarini, shu jumladan amirning shaxsiy qo‘shinini boshqargan. “Sohib ash-shurat”ning maxsus yordamchisi-Aris bo‘lgan. U mahkama va uning boshlig‘i amir qo‘shini xazinasi bilan shug‘ullangan. Qo‘shimcha bir yilda to‘rt marta maosh to‘lagan. Davlatni idora etishda “sohib al-borid” devonining ahamiyati ham juda katta bo‘lgan. Bu devon davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan hujjatlarni va xabarlarni etkazish bilan shug‘ullangan. Devonning hamma shahar va viloyatlarda mahalliy mahkamalari bo‘lgan.

“Muxtasiba” devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og‘irligi, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.

Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini “mushrif” devoni nazorat qilgan. Bundan tashqari “qozi az-ziya” va “vaqf“ devonlari bo‘lgan. “Qozi az ziya” devoni davlat erlarini, “vaqf” devoni hadya etilgan erlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa mol-mulklarini nazorat qilishgan.

Devonlarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bo‘lgan. Devonlarning viloyatlardagi boshqarmalari bir tomondan o‘z devonlariga, ikkinchi tomondan viloyat hokimiga bo‘ysunishgan. Bundan faqat “Sohib al-borid” devonining amaldorlari mustasno bo‘lgan.

Viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan idora qilingan. Odatda bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozimlarni o‘z qo‘llariga olishgan. Ruhoniylarning boshlig‘i “ustod”, keyinchalik “SHayx ul-islom” deb atalgan. “Ustod” dan so‘ng o‘z lavozimi bo‘yicha ruhoniylar orasida “xatib” turgan. U jome’ masjidlarida juma namozida xutba o‘qish huquqiga ega bo‘lgan. Bu davrda Buxoro SHarqdagi islom olamining eng nufuzli markazlaridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu erda barpo etilishi ham bejiz emas.

Er egaligining quyidagi shakllari mavjud bo‘lgan:

Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli er-suv, tegirmon, do‘konlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. YAna er egaligining to’ma (umrbod berilgan er), iqto’ (merosiy) turlari bo‘lgan.

Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. SHartli er egaligi ham bo‘lgan.

Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan. Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi erlar.

Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.

Somoniylar davrida erlar qaytadan taqsim qilingan. Natijada Er egalarining yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko‘pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog‘i bo‘lib, biror shahar yo‘q ediki, unda uning qasri yo bog‘i, yoxud karvonsaroyi bo‘lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bo‘lgan.

Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movarounnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda SHarqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta’riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu erlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va shaharlar borligini aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.

Qoraxoniylar davlati

Qoraxoniylar davlati Ettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o‘rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug‘roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog‘un hokimini mag‘lub etib, o‘rniga o‘zini xoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-YAg‘mo va CHigil qabilalari birlashdilar. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi.

1001 yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi: birinchisi-Qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismida, Ettisuv, SHosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati; ikkinchisi – SHimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va SHimoli sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.

Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki ulug‘ xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlaridagi shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg‘ochxon deb ham yutirilgan.

Qoraxoniylarga qarashli erlar tamg‘ochxon tomonidan uning o‘g‘illari, qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. SHu bois er-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o‘rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan.

Ettisuvdan turib Movarounnahrni boshqarish qiyin bo‘lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand elikxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rayis-muhtasib kabi amaldorlar bo‘lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqei kuchli edi.

Qoraxoniylar davlati boshlig‘i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo‘lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug‘ hojibi xoqon bilan fuqaro o‘rtasida vositachilik qilgan. Xoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo‘lgan: og‘ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha mutasaddi; oshchi-xoqon oshxonasi boshlig‘i (bog‘archi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi-hoqon ovining tashkilotchisi.

Xoqonning harbiy qo‘shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo‘mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to‘dasi qo‘mondoni xaylboshi deyilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo‘shi (harbiy lager) xonto‘y deyilgan. Xoqon qo‘shida doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Hoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan.

Xoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo‘lingan va oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro rayiyyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda er egaligining iqta’ shakli keng tarqalgan. Xoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy er-mulklar hisoblangan.

Iqta’ egasi o‘z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo‘lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqta’ning ma’lum miqdori qirqib olingan, yoki umuman tortib olingan.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish