O‘zbekiston tarixi



Download 4,82 Mb.
bet45/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Abu Muslim qo‘zg‘oloni.

Arablar bosib olgan hamma hududlarda , xususan Xuroson va Movarounnahrda kuchayib ketgan mustamlakachilik zulmi xalq ommasining ummaviylar xalifaligiga nisbatan nafratni kun sayin oshirib bordi. Siyosiy vaziyat bu sulola umrining tugab borayotganligidan dalolat berardi. Oqibatda ummaviylarni siyosiy hokimiyatdan ag‘darib tashlashni o‘z oldiga bosh vazifa qilib qo‘ygan raqib guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ana shundaylardan biri abbosiylar edi. Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ‘ibotiga boshchilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi. Abu Muslimga "Payg‘ambar xonadonining ishonchli vakili" degan unvon beriladi. O‘z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zodagonlariga murojaat etish bilan boshlaydi. U Marv shahridan uch farsah g‘arbda Xarkon arig‘i sohilidagi Safizanj qishlog‘ini o‘ziga qarorgoh qilib oladi. Abbosiylarning ramziy rangi va bayrog‘i qora rangda edi. SHu sababli Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xuroson aholisiga murojaatida u Qur’on va hadislarga amal qilishga, payg‘ambar avlodlariga bo‘ysunishga chaqiradi. Keyinchalik mahalliy zodagonlar ham uni qo‘llab-quvvatlay boshlaydilar. Abu Muslim tashviqoti Movarounnahr va Xuroson erlarida tezlik bilan tarqala borib, uning tarafdorlari soni orta boshlaydi. To‘planayotgan otliq va piyodalarga bosh bo‘lib, Abu Muslim Moxuvon qal’asiga ko‘chib o‘tadi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Abu Muslimga qarshi arab zodagonlari vakillarini birlashtirishga harakat qiladi. Lekin uning barcha harakatlari zoe ketdi. U Abu Muslimga yurak yutib kurash boshlashga qurbi etmay, 748-yilda Xuroson poytaxti Marvni tashlab chiqib Nishopurga yo‘l oldi. Nishopurda unga Abu Muslimning sarkardalaridan biri qaqshatqich zarba berib uni mag‘lubiyatga uchratdi.

749-yili Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda ummaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo‘zg‘olonchilar poytaxt-Damashqni ham qo‘lga kiritadilar. Xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Abbosiylardan bo‘lgan Abulabbos Saffoh (749-754-y.) xalifalik taxtiga o‘tiradi. Joylarda Ummaviylarning barcha vakillari qirib tashlanadi. SHunday qilib arab xalifaligi hokimiyati Abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

751-yil Buxoro shahrida SHorik ibn SHayhulmahriy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Ali avlodidan xalifa tayinlash shiorini ko‘tarib chiqishadi. Abu Muslim qo‘zg‘olonni bostirishda Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10.000 kishilik qo‘shin yuboradi. Bu qo‘zg‘olon faqatgina Buxorxudod Qutayba ibn Tug‘shodning yordami bilangina bostiriladi.

Abu Muslim O‘rta Osiyoning shimoliga kirib kelgan Xitoy imperatorining qo‘shiniga ham hal qiluvchi zarba beradi. 751 yil Talas vodiysidagi xitoyliklar bilan jangda, Xitoy qo‘shini haydab chiqariladi. SHu bilan xalifalikning shimoliy chegarasi ham mustahkamlanib, qat’iy chegara o‘rnatiladi. Xalifalik ta’siri butun O‘rta Osiyo hududida asosiy va qonuniy bo‘lib qoladi.

Abbosiylarning hokmiyat tepasiga kelishida Abu Muslim so‘zsiz katta xizmatlar qildi. U o‘z davrining yirik davlat arbobi va mashhur sarkarda edi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahr xalqining ummaviylar zulmidan noroziligidan foydalanib o‘z orqasidan ergashtira oldi va ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Uni xalq manfaatlari yo‘lida kurash olib borgan qahramon ham deya olmaymiz, Sababi, u o‘z erishgan g‘alabasidan keyin ko‘tarilgan xalqning chiqishlarini shafqatsizlarcha bostirdi. Lekin uni abbosiylarning yurgizgan siyosati uchun ham javobgar shaxs deyish ham mumkin emas. CHunki u siyosatga qarshi bo‘lgan. Uning xalifa bn munosabati yaxshi emas edi. Garchi Abu Muslim sadoqat ila xizmat qilsa-da, arab hokimiyati unga ishonmas edi. Xalifa unga jangga yuborish haqida noma yo‘llab uni markazga kelishga majbur qiladi. 755-yil Haj safaridan qaytayotgan Abu Muslim Xalifa tomonidan xiyonatkorona Bag‘dodda o‘ldiriladi. Uning o‘limi xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab bo‘ldi. Uning murdasi Samarqandga olib kelinib Xo‘ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko‘miladi.

Abbosiy xalifalar davrida xalq ommasining ahvoli yanada og‘irlashdi, Sug‘orilmaydigan erlardan hosilning yarmi, sug‘oriladigan erlardan 1-3 qismi soliq olinadigan bo‘ldi. Ko‘p holda soliqlar bir marotaba o‘rniga ikki - marotaba ham olinadigan bo‘ldi. Ozod jamoalarning huquqlari cheklab qo‘yildi. Erlar zodagonlar tomonidan ijarador dehqon - kadivarlarga bo‘lib berila boshlandi. Hamma hashar qurilish ishlarida aholi tekin ishlab berishi lozim edi. SHahar hunarmandlarining ahvoli ham og‘ir bo‘lib, ular o‘z mahsulotlaridan katta soliq to‘lashar edi. SHuningdek, og‘ir soliqlar ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘yniga ham qo‘yilar edi.

SHunday bir ahvolda xalq harakatlari kuchayib ketadi. Abu Muslimning o‘chini olish shiori ostida uning safdoshi Sumbod boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. 755 yilda ko‘tarilgan bu qo‘zg‘olon tez orada Xuroson va Tabaristonga ham yoyiladi. 70 kun davom etgan bu qo‘zg‘olon qattiqqo‘llik bilan bostirilib, Sumbod Rayda qatl etiladi. Garchi u qatl etilsa-da, Abu Muslim tarafdorlari yashirin "muslimiya" guruhiga asos soladilar.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish