O‘rta Osiyo arab xalifaligi davrida. Islom dining tarqalishi.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, YAqin va O‘rta SHarq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda, shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchlik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.
VI asrning ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaaldor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar etkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar etkazar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan). Ko‘p xudolilik va ko‘p payg‘ambarlilik negizida tez-tez kelib chiqadigan va sodir bo‘ladigan urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi urushlar xalqning noroziligini kuchaytirib borar, arab qabilalari o‘rtasida borgan sayin birlashishga intilish ishtiyoqi kuchayardi.
SHunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ihlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom "itoat", "bo‘ysunish" ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar 570 yil 20 aprelda Makka shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar. Hoshimiylar xonadoni Quraysh qabilasining nufuzli oilalaridan bir bo‘lgan.
Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni "muslim", ya’ni "itoatkorlar" deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad 610 yilda Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolnining g‘arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, bu erda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, uni Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh "Hajar-ul-asvod" o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.
Muhammad payg‘ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, YAratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson YAratgan, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholinining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Muhammad ta’limotiga qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bo‘lgan va makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ikki o‘rtada ziddiyat g‘oyat darajada keskinlashgach, ma’lum davrlardan beri Muhammad alayhissalom diniga sodiqlikda bo‘lgan va makka hukmronlari bilan raqobalashib kelgan YAsribdagi Avs va Xazraj qabilalari bilan muzokaralar olib borgan Muhammad alayhissalom u erga ko‘chib boradilar. Hijrat (arabcha -ko‘chish) deb atalgan bu voqea 622 yili yuz bergan. Makkadan YAsribga ko‘chib borganlar Islom tarixida “Muhojirlar” (ko‘chib kelganlar), islomni qabul qilgan yasribliklar esa “Ansorlar” (yordamchilar) deb nom oladilar. SHu davrdan e’tiboran YAsrib shahri Madina (payg‘ambar shahri) nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Musulmon yil taqvimi ham ana shu sanadan boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha).
Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket "Xulofoiy rashoddin" (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661)lar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. So‘ng xalifalik 661-750 yillarda ummaviylar sulolasiga o‘tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu So‘fyon (661-680 yy) asos solgan. Ummaviylardan xalifalik Abbosiylar (750-1258 yy) sulolasi qo‘liga o‘tgan. Muhammad alayyhissalom ishining davomchilari bo‘lgan xalifalar davrida islom g‘oyasi yangidan –yangi davlatlar va hududlarga tarqaldi. Bu din qisqa muddatda 7-8 asrlarda SHimoliy Afrika, SHom yurti, Falastin, Iroq, Eron va Markaziy Osiyo hududlariga tarqaldi. 9-15 asrlarda esa islom Xitoy chegaralaridan Fransiya janubigacha, Hindiston erlaridan to Qizil O‘rdagacha cho‘zilgan hududlarni qamrab oldi.
O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.Qur’on – arabcha qiroat, o‘quv degan ma’noni anglatib, Islomning asosiy manbasidir. Bu muqaddas kitobda islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari bayon etilgan. Qur’on Ollohning kalomi sifatida talqin etilgan
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. YAqin va O‘rta SHarqning boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar o‘z yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar.
VII asr o‘rtalariga kelib xalifalik e’tibori O‘rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so‘ngra Amudaryogacha bo‘lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar Amudaryodan (Jayxun) shimolda joylashgan erlarga «Movarounnahr» ya’ni, "daryoning narigi tomonidagi erlar" deb nom berishadi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Avval boshda Xurosonning markaziy shahri Marv keyinchalik Hirot shahri bo‘lgan. Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari o‘z maqsad va rejalari bilan 2 davrga bo‘linadi. Birinchi davrda (705 yilgacha) xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinab ko‘rish, mavjud geografik, harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvini o‘rganish, kichik yurishlar orqali katta o‘ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi.
O‘rta Osiyo erlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod bin Abu So‘fyondir. U 666 yilda Amudaryo bo‘ylarigacha keladi , Marvni egallab katta boylik va o‘ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. 670 yilda uning o‘g‘li Ubaydulloh Ziyod Buxoroga qo‘shin tortadi. U Boyqand va Romitan erlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini malika Xotun boshqarar edi. U Buxoro hukmdorining bevasi edi. Xotun oqila va tadbirkor ayol bo‘lganligidan aholi qirg‘in bo‘lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko‘zlab Ubaydulloh bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga har yili bir million dirham tovon to‘lab turish majburiyatini oladi. CHunki kuchlar teng emas edi.
O‘rta Osiyoning boyliklari mol-dunyoga o‘ch bo‘lgan arablarning tinchligini buzgan edi. SHartnoma tuzilgan bo‘lishiga qaramasdan, Ubaydulloh o‘rniga Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 675-676 yy Buxoro va Samarqandga qo‘shin tortib, bu shaharlarni egallaydi, bir qancha kishini garovga va asirlikka oladi. Manbalarning guvohlik berishicha, Usmon bilan Movarounnahrga kelgan arab qo‘shinlari orasida Muhammadning avlodlaridan Qusam ibn Abbos ham bo‘lgan. Sayid ibn Usmon Buxoro va Samarqanddan qo‘lga olgan o‘ljalarni unga ko‘rsatib: “Bu o‘ljalardan har kishiga bir hissa, senga esa ming hissa beraman” deganda,Qusam ibn Abbos shariat buyurganidan bir hissa ham ortig‘ini olmayman degan ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, xususan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”da yozilishicha, Samarqanddagi SHohizinda (tirik shoh) maqbarasi shu shaxs nomi bilan bog‘liq. U shu erga dafn etilgan. Sayid ibn Usmon garovga olingan buxorolik shahzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so‘z bergan edi. Lekin va’dasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib ularni qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday haqoratga chiday olmasdan Saiyd ibn Usmon saroyiga bostirib kirib avval uni, so‘ngra o‘zlarini o‘ldiradilar.
O‘lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O‘rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga CHag‘oniyon, SHuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. CHag‘oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |