O‘zbekiston tarixi


Arab xalifaligi xazinasiga to‘lanishi majburiy bo‘lgan soliq turlari



Download 4,82 Mb.
bet44/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Arab xalifaligi xazinasiga to‘lanishi majburiy bo‘lgan soliq turlari

  • Xiroj (er solig‘i) – daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig‘ilgan;

  • Ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi miqdorida olingan;

  • Zakot, mol-mulkning 2,5 foizi miqdorida olingan;

  • Juzya (jon solig‘i) - oziq-ovqat, xomashyo yoki pul hisobida yig‘ilgan;

  • Aholidan olinadigan markazlashgan soliqlar hajmi daromadning qariyb yariini tashkil etardi;

  • Bulardan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va majburiyatlar ham yuklangan edi.

Mahalliy aholi ko‘zda tutilgan soliqlarni muntazam to‘lab borishga majbur etilgan. Bordiyu bunga qurbi etmasa o‘sha shaxsning eri, mulki tortib olinib, oilasi bilan ko‘chaga uloqtirilgan. Arablar dastlab juz’ya solig‘ini musulmon diniga kirmagan odamlarga joriy etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga kira boshlagach, bu soliq yana barcha erli aholiga bab-baravar solina bergan. O‘lka aholisini islomlashtirish jarayoni g‘oyat murakkab kechgan. Arab ma’murlari ko‘p hollarda zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bilan mahalliy xalq vakillarini, islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga ko‘nmaganlar yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko‘p

joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan qabul etgan bo‘lsalar-da, biroq arablar ko‘zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o‘zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog‘shoda ham islom dinini xo‘ja ko‘rsinga yuzaki qabul qilgan bo‘lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga ko‘ra dafn etilgan. Bundan ko‘rinadiki, islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan.

Istilochilar ayni zamonda islom dinini qabul qilgan va musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladilar va ularga imtiyozlar berdilar. Jumladan, islomni qabul qilganlar juz’ya va xiroj solig‘idan ozod qilingan bo‘lsa, undan bosh tortganlardan bunday soliqlar qattiqo‘llik bn undirib olingan. Narshaxiyning guvohlik berishicha, Qutayba “Juma namoziga hozir bo‘lgan har bir kishiga ikki dirham beraman” deb chaqirtirar ekan. Arab istilochilari mahalliy xalqni islom mafkurasiga bo‘ysundirishda rag‘batlantirishdan tashqari zo‘rlash va majburlash uslubidan ham foydalanganlar. Buxoroda savdogarlar shahar chetidagi o‘z qasrlarida zardo‘shtiylik odati bo‘yicha ibodat qilib yurganlar. Islomlashtirish behisob qurbonlar berilgan. Arablarning o‘zlarini xo‘jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik, kalondimog‘lik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg‘usini kuchaytirgan.

Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so‘zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720-yilda So‘g‘d aholisi bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘olonga Samarqand ixshidi (viloyat xokimi) G‘urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.So‘g‘dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko‘rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So‘g‘ddagi qo‘zg‘olon umumxalq qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va e’tiborli vakillarni qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘lolmadi. U yumshoq tabiatli va ayni zamonda kiyim-kechakka o‘ch bo‘lganligidan “Xuzayna” (uy bekasi) laqabini olgan edi. 721-yil Xalifa YAzid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo‘zg‘olonini bostirishda o‘z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy ko‘rgan keskin choralardan jabr tortgan So‘g‘d aholisi mamlakatni tark etib Farg‘onaga ko‘chgan. Farg‘ona xokimi 10 000 kishini shaharda joylashtira olmay ularni Isfara hududlarida joylashishini taklif etadi. Bu birinchi guruh edi. Ikkinchi guruh Panjikent xokimi Divashtich boshchiligida Zarafshon bo‘ylab Obgar qal’asi oldidan ilgarilab ketgan. 1 guruh Isfaraga etib bormasdan Xaroshiy qo‘shinlari tomonidan qamal qilinadi va qirib tashlanadi. Xaroshiy Divashtich boshliq Obgar yaqinida turgan panjikentliklarni tugatishga kirishadi va shu bois u erga katta qo‘shin yuboradi. Jangda arablarning qo‘li baland kelib, qo‘zg‘olonchilar Obgar qal’asiga chekinadilar. Kuchlar teng emasligini tushungan Divashtich qal’ani topshiradi va Xaroshiy huzuriga boradi. Xaroshiy uni izzat-ikrom bn kutib oladi. So‘ng, Kattaqo‘rg‘onga yaqin joy- Rabinjonda qatl etadi. Uning tanasi zardushtiylarning xilxonasi –novus devoriga qoqib qo‘yiladi.

725-729 yy arab xalifaligining soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoroda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Bu davrda Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y.) ikki tomonlama siyosat yuritib, mahalliy xalqning g‘azabiga duchor bo‘lgandi. U dastlab islom dinini qabul qilgan fuqarolardan hech qanday soliq olinmaydi, deb Xuroson va Movarounnahr aholisining ishonchiga sazofor bo‘lgan edi. Ashros arablar kuchi islomda, islomni qabul qilgan mahalliy aholi arablarga hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydi deb o‘ylagandi. Masalaning qiziq tomoni shundaki, ilgari xalq tomonida turib arablarga qarshi kurashgan Samarqand xokmi G‘o‘rak endi Ashros siyosatiga qarshi chiqadi. U Ashrosga xat yozadi: unda musulmonlikka o‘tganlarga nisbatan tutilgan siyosat xirojning yo‘qolib ketishiga sababa bo‘ldi, xiroj oladigan odam qolmadi deb uni ogohlantirganmish. SHundan so‘ng Ashros G‘o‘rakning haq ekanligiga ishonib, endi”arablarning kuchi xirojda” degan shiorni ilgari suradi. Ana shu asnoda Ashros islomni qabul qilgan va qilmaganlardan bir xilda soliq olaveribdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. Samarqand va Buxoroda boshlangan qo‘zg‘olonlarda turklar yordam bergan. Qo‘zg‘olonchilar arablarni ko‘p hududlardan haydashadi. Faqat G‘o‘rakning ikkiyuzlama siyosati tufayli Dobussiya va Samarqand arablar qo‘lida qoladi.

736-737 yillarda Tohariston va Sug‘dda yangidan ko‘tarilgan kuchli qo‘zg‘olon o‘z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo‘zg‘olon harakatlarini bartaraf etish, 97 ta o‘lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo‘ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo‘ldi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O‘zi ham Buxorxudot Tog‘shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig‘i to‘lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish