2 - chidan, ular orasida birlik bo‘lmadi. Urush cho‘zilib ketgach, vatanfurush kuchlar xoinlik va xiyonat yo‘liga o‘tdilar. 3- chidan, qo‘zg‘olon onglilik va dasturiy kurash darajasidan ancha yiroqdagi olomon kurashining nisbatan rivrjlangan ko‘rinishi edi. Muqannaning o‘zi Som (Sanam) qal’asida bo‘lib, bevosita qo‘zg‘olonga rahbarlik qila olmadi. Unining o‘zi umumiy tenglik g‘oyasini ko‘tarib chiqib, o‘zi kichik davlat boshlig‘iga aylana bordi. O‘zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payhon qilindi, iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqannadan so‘ng uning safdoshlari harakati ham bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon xalifalik kuchini zayiflashtiradi va boshqa o‘lkalarda ham ozodlik harakattarini chiqishiga turtki bo‘ladi.
Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lmasin, shu bilan birlikda yakkaxudolik g‘oyasi, ilg‘or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni o‘zida mujassam etgan islom dini va ta’limotining o‘lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi ulug‘ ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma’naviy qudratini kuchaytirishda etakchi omil rolini o‘ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - Qur’oni Karim g‘oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ularning turmush va fikrlash tarzining ajralmas qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ularning ma’naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatdi hamda yuksak moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga imon keltirish, uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g‘oyalariga ishonch va e’tiqod - bular yurt kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o‘zlarini yagona makonda his qilish, o‘zaro hamkorlikda, keng sa’y-harakatlarda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirib bordi. Negaki, islom ta’limoti, Qur’oni Karim g‘oyalarining o‘lkamizga yoyilishi, o‘tmishdoshlarimizning Alloh buyurgan olijanob amallarga rioya etib, ruhiy-ma’naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining sog‘lom negizlarda rivojlanib, takomilashib borishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. SHu ma’noda YUrtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo‘lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon- e’iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o‘rni va ta’sirini yuksak baholaymiz»1, deb bejiz ta’kidlamagan. Zero, o‘lka xalqlarining ma’naviy yuksalishini ta’minlash, ularning bir- biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil sanalgan asriy bebaho qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan islomiy ahkomlarning bugunda ham hayotimizda o‘z munosib o‘rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O‘rta Osiyo hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o‘lkamiz xalqlari keng musulmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu urfoni bilan yaqindan oshno bo‘lib bordi. Ayni chog‘da azaldan ilmu ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib kelgan ko‘hna yurtimiz bag‘ridan bu davrda jahonga dovrug‘ solgan, dunyo madaniyati va sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ko‘plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar etishib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |