O‘zbekiston tarixi


Nazariy qism: IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish davri. Fan va madaniyat yuksak ravnaqi



Download 4,82 Mb.
bet56/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Nazariy qism: IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish davri. Fan va madaniyat yuksak ravnaqi.

O‘rta Osiyo xalqlari xayotida yuz bergan uyg‘onish (renessans) davrini vujudga kelishiga ta’sir etgan omillar va shart – sharoitlar:



1.Markazlashgan feodal davlatlarning tashkil topishi.

2.Buyuk Ipak yo‘lining ravnaq topishi.

3.Islom dinining keng tarqalishi.

O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda feodal munosabatlar taraqqiy etishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi, bu davrda ilm-fan,madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratadi.O‘rta Osiyo xalqlari xayotida arablar istilosidan so‘ng iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda keskin o‘zgarishlar sodir Xuddi shu tarixiy murakkab sharoitda O‘rta Osiyoda fan va madaniyat taraqqiyotida ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlar etishib chiqdi. O‘rta Osiyoda fan va madaniyat bobida nodir obidalar, buyuk fan kashfiyotlari va tadqiqotlarini yaratilishi jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida islom dinining tarqalishi rasmiy-amaldorlik olamida So‘g‘d, SHosh, Farg‘ona, Xorazm zodagonlari orasida arab tili va yozuvining yoyilishiga olib keldi. Arab tili faqat targ‘ibot va diniy marosimlarda qo‘llanilib qolmasdan, balki xo‘jalik va huquqiy ishlarda, mahkamalarda ham xukmronlik qilar edi. Hamma xujjatlar shu tilda yozilar va bu tilni bilmagan kishi amaldor bo‘la olmas edi.Bir vaqtlar arablarga qarshilik ko‘rsatgan mahalliy zodagonlar imtiyoz olish va uni saqlab qolish uchun arab tilini mukammal o‘rganishga majbur bo‘ldi. Arab tili madaniy hayotda va ilmiy ishlarda ham qo‘llanildi, u tilda ilmiy asarlar yozildi. Arab tili YAqin SHarq, Eron, Afg‘oniston, SHimoliy Hindiston, O‘rta Osiyo, SHimoliy Afrikaga va qisman, Janubiy Evropaning qadimgi xalqlari orasida tarqaldi, ular uchun qariyb xalqaro til bo‘lib qoldi. VIII asr ohiri - IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movarounnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o‘zgartirishga majbur etdi. Birin ketin O‘rta Osiyoda markazlashgan davlatlar tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo‘lgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Movarounnaxr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab oladi.Movarounnaxrni birlashtirib mustahkam feodal davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900 yilda Xurosonni xam safforiylardan tortib olib ulkan davlat tuzdi.Xalifa Somoniylar davlatini tan olishga va unga xukmronlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ldi. IX asr ohirlariga kelib Movarounnaxr xalqlari Arab xalifaligidan abadiy xolos bo‘ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan yirik feodal davlat – Somoniylar davlati tashkil topadi. Somoniylar mamlakatni boshqarishda davlat ma’muriyatini tashkil etadilar. Mamlakat o‘nta devonlar (devoni vazir,devoni mustavfi,devoni amir al-mulk,devoni sohib ashshurat, devoni sohibi muayyd yoki borid, devoni mushrif, devoni mumalikayi xos, muhtasib, devoni afkor, devoni qazo az-ziyo) orqali idora etilgan. X asr ohiriga kelib mamlakatda avj olib ketgan o‘zaro urushlar uning iqtisodiy va siyosiy qudratiga katta putur etkazdi va bu Koraxoniylar davlatidan mag‘lubiyatga uchrashiga olib keldi. XI asr boshlarida Somoniylar davlati ikki davlatga: Koraxoniylar va G‘aznaviylar davlatlariga bo‘linib ketdi. Koraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo‘lib idora qildilar.XI-XII asrlarda O‘rta Osiyoda er egaligining yangi turi ikta tartiboti o‘rnatildi(“mulk sultoni”, “ikta”, “vaqf erlari”, “mulk erlari”). IX-XII asrlarda Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Buxoro SHarqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Bog‘dodda “Bayt ul- xikma” (Donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. “Bayt ul- xikma”da Axmad Farg‘oniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Axmad ibn Abdullox Marvaziylar ta’lim olganlar. IX-X asrlarda O‘rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi.

IX-XII arab tilida asarlar yozgan eng mashhur olimlar Axmad Farg‘oniy, Muxammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abusalx Masixiy, Abulxair Xammar, Abunosir Aron va boshqalar edi. “SHarqu G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizasiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar etishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, SHahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi”. (I.Karimov)

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi.

Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr val muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Er surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy riyoziyotda abstraksiya tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal etdi va deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli masalalarni echdi. Uning asarlari dunyoviy fanlarning islom dinidan mustaqil rivojlanishiga yo‘l ochdi. Uning “Astranomiya jadvallari”, “Quyosh soatlari” to‘g‘risida risolalari va boshqa asarlari SHarq va G‘arbning riyoziyot va falakiyot fani rivojlanish tarixida muhim davrni tashkil qiladi va ilm-fanning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xorazmiy o‘zining “Al – jabr val muqobala” risolasida olimlarni ularning ishlari, xarakteri bo‘yicha uch guruxga bo‘ladi: 1. “Ulardan birlari o‘zlarigacha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o‘zgalardan o‘zib ketadilar,2. “O‘zgalar o‘tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradilar”, 3. “. . . u yoki bu odam ba’zi kitoblaridan nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi”.

Ahmad al-Farg‘oniy (797-865). Ahmad Farg‘oniy matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qilgan. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Bayt-ul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy erning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Etti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH va Rossiyada saqlanmoqda.

Abu Nasr Forobiy (873 – 951). Abu Nasr Forobiy 873 yilda Forob (O‘tror)da tavallud ko‘rgan va 951 yilda Damashqda vafot etgan. SHarq falsafasining otasi Forobiy Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni davom etdi. U fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asaririga ilmiy sharhi, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“SHaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.

Abu Rayhon Beruniy 973-1048. Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz tasavvur qilish mumkin emas.Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu erda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan. Beruniy 1030 yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888 yilda Londonda nashr ettiradi.

Abu Rayhon Beruniy xorazm tilidan tashqari arab, so‘g‘diy, fors, suryoniy yunon, hind va qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Qomusiy bilimlar sohibi Beruniy o‘z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya fanlarini puxta egallagan.

Abu Ali ibn Sino (980-1037). O‘rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino ning o‘rni beqiyosdir. U Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Peshku nohiyasida)qishlog‘ida moliya amaldori oilasida tug‘ilgan. Ibn Sinoning “Al-Qonun fit Tib” (“Tib qonunlari”) asari olti asr mobanida (XI asrdan XVII asrning o‘rtalarigacha) Evropa meditsinasida qo‘llanma bo‘lib keldi. U 30 martadan ko‘proq nashr etildi. O‘rta asrlarda “Qonun” SHarqdagina emas, balki G‘arb mamlakatlarining dorilfununlarida ham talaba uchun meditsinadan yagona qo‘llanma edi. U tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik, muzikashunos, huquqshunos, axloqshunos, filolog, yozuvchi va shoir edi.

Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo‘lib, o‘sha davrda podshoxga solik teradigan vazirlardan bo‘lgan. Somoniylar davrida Afshona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida kal’a ham bo‘lgan. Solik yigish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan.Tabobat ilmining sultoni bo‘lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tugilgan, 5 yoshgacha Ibn Sino Afshona qishlog‘ida yashagan. Keyin Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko‘chib kelgan. Ibn Sinoning to‘liq nomi Abu Ali – Al Xusein Ibn Abdullo ibn Al – Hasan ibn Ali Ibn Sino 13 ta so‘z 47 ta xarfdan iborat. Evropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. 10 yoshida Kur’on, til adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to‘liq o‘zlashtiradi. Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalki orasida moxir tabib sifatida tanildi. O‘sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo‘lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o‘sib – ulg‘aygan yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham etib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kutubxona o‘sha vaqtda butun O‘rta va YAqin SHarqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. «Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Koxira (1873,1877,1879), Texron (1889), Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. SHundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi Evropa vrachlari qo‘lidagi asosiy qo‘llanmaga aylanadi va universitetlarda meditsina fani shu asar buyicha o‘qitilgan.

O‘zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini arabchadan o‘zbek va rus tillarida tarjima qildilar va ularni 1954 –1961 yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar. «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:

Birinchi kitob – tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma’lumot beradi.

Ikkinchi kitob – o‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan dori – darmonlar haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir.

Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo‘lgan a’zolarida yuz beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma’lumot beradi.

To‘rtinchi kitob – inson a’zolarining birortasi xos bo‘lmagan «umumiy» kasalliklarga bag‘ishlangan.

Beshinchi kitob - farmakopiya bo‘lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsennia deb atagan. SHuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug‘ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan. Ibn Sino bebaho ilmiy meros qoldirdi. U yaratgan asarlarning 40 dan ortig‘i meditsinaga, 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 tasi musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, psixologiya, teologiya, etika va ijtimoiy – siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi arab tilida, ba’zilari fors-tojik tilida yozilgan. Uning ko‘p asarlari o‘rta asarlarda Evropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga va u orqali Evropaning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sinoning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari “Kitob – ush-shifo” (“SHifo kitobi”) 18 jilddan iborat. U falsafiy bilimlari qomusi degan nom oldi. Abu Ali ibn Sino ikki sohaga tibbiyot va falsafaga qiziqdi va bu sohalarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. (Al-qonun fittib”,”Kitob ish shifo”, “Donishnoma”,”Risolat at-tayr”) XVII asrga qadar Evropada tibbiyot tajribasi va fani ibn Sino g‘oyalari ta’siri ostida bo‘lgan.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish