O‘rta asr adabiyotining rivojlanishi. Qasida janrining dohiysi Rudakiy (tojik shoiri, Samarqand nohiyasini Panch – Rudak qishlog‘idan) she’rlari bilan katta shuhrat keltirdi. Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041 y.) taxminan 960 yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan.
Rudakiyning tarjimai holiga bag‘ishlangan barcha manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. YOsh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi.
Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, etib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi. Rudakiyning zamondoshi Firdavsiy (X-XI asr boshlari Xurosonning Tus shahridan tug‘ilgan) o‘lmas “SHoxnoma” asarini yaratdi.
SHu davrda Gordiyziyning “Go‘zal xabarlar” asari, Bayxakiyning o‘ttiz tomlik tarix kitobi, Majididdin Admonning “Turkiston tarixi” asari paydo bo‘ldi. Muxammad Narshoxiy “Buxoro tarixini” yozdi. Nizomulmulkning “Davlatni idora” qilish to‘g‘risidagi kitob”i, YUsuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari, Maxmud Qashg‘ariyning ulkan ijtimoiy – siyosiy klassik asari hisoblangan. “Turk tillari lug‘ati” “Devonu lug‘atut turk” maydonga keldi. Movarounnaxr va Xorazmda yana juda ko‘plab shoirlar va o‘sha davr solnomachilari ijod etishgan, lekin ularning meroslarining hammasi ham bizning davrimizga etib kelmagan.
YUsuf Xos Hojib
YUsuf Xos Hojib (XI asr). uning tarjimai holi, tug‘ilgan yili va hayoti to‘g‘risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Balasog‘unda tug‘ilgan va shu erda ijod etgan. Hozirgi kunda YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”-”Baxt-saodatga boshlovchi bilim” deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha etib kelgan bo‘lib, boshqa asarlari ma’lum emas.
“Qutadg‘u bilig” asarida bilim haqidagi alohida bob bo‘lib, unda bilimdan hech bir ziyon bo‘lmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi mumkinligi, kishilarga bilim qadr-qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligini aytib o‘tadi. SHuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qo‘yish kabi o‘sha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bo‘lgan masalalarga ham alohida e’tibor beriladi.
Mahmud Qoshg‘ariy
Mahmud Qoshg‘ariy faoliyati bilan bevosita shug‘ullanuvchi olimlarning fikricha bu zot 1029-1038 yillar orasida Qashg‘arda tug‘ilgan. U o‘ziga to‘q, ziyoli oiladan bo‘lib, Qashg‘arda yaxshi bilim oladi. Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida o‘z bilimlarini kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p safarlarda bo‘ladi va o‘zining asarlari uchun boy ma’lumotlar to‘playdi. Ko‘p yillik izlanishlar natijasida “Devoni lug‘ati turk” va “Javohiri-nahv” “Turk tili sintaksisi asoslari” asarlarini yozadi. Bir vaqtlar arablarga qarshilik ko‘rsatgan mahalliy zodagonlar imtiyoz olish va uni saqlab qolish uchun arab tilini mukammal o‘rganishga majbur bo‘ldi. Arab tili madaniy hayotda va ilmiy ishlarda ham qo‘llanildi, u tilda ilmiy asarlar yozildi. IX asr va X asrning boshlarida Movoraunnaxrda fors tilida so‘zlashuvchi aholisi o‘z ona tilida yozmagan bo‘lsa, X asr o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi va bizgacha juda kam o‘zgargan xolda etib kelgan tojik-fors adabiy tili adabiyotda, ayniqsa poeziyada ko‘p qo‘llanila boshladi. Somoniylar davrida fors tili asosan davlat tili sifatida qabul qilingan edi. Bu davrda tojik klassik adabiyoti vujudga keldi. dinga aloqasi bo‘lmagan rasmiy xujjatlar asosan shu tilda olib borilar edi. Qadimgi so‘g‘d tili, asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotib, keyin butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Movoraunnahr va Xurosonda fors tilidagi adabiyot maydonga kelishiga qaramasdan arab tili fanda ham, adabiyotlar ham katta rol o‘ynar edi. O‘rta Osiyolik Saol Ibnning “YAtimatul daxr” nomli arabcha asarida ko‘rsatilishicha, o‘sha vaqtda Buxoro,Xorazm va Xurosonda yashab arab tilida yozgan 119 ta shoir bo‘lgan. Ko‘rsatib o‘tilgan shoirlarning ko‘pchiligi amirlar, vazirlar, lashkarboshilar va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat edi. Bundan arab tilida yozgan shoirlarning yuqori rasmiy doiralar bilan aloqasini ham ko‘rish mumkin ular arab tili yunon falsafasi yutuqlari va ilm-fanning yutuqlari bilan tanishish imkoniyatlarini berdi. O‘rta Osiyoda hamma ham arab (ayniqsa, mahalliy aholi) tilini bilmaganligi uchun fors tilining ahamiyati tobora oshib bordi. Somoniylar davrida madaniyat va iqtisodiy hayotning markazi Bog‘doddan Buxoroga ko‘chdi. Nishopur, Urganch, Samarqand shaharlari halqaro taraqqiyot talablariga javob bera oladigan ilmiy va madaniy markazlar sifatida rivojlana boshladi. CHig‘atoy tili (eski o‘zbek tili) Movaroaunnaxr, Xuroson, Farg‘ona, SHosh va Xorazmning asosiy tillaridan bo‘lib etisha bordi. Movarounnaxr va Xorazmda yana juda ko‘plab shoirlar va o‘sha davr solnomachilari ijod etishgan. Mo‘g‘ullar istilosi oqibatida Movarounnaxr va Xurosonning obod viloyatlari, shaharlari, Zarafshon, Marv, Xorazm vohalarida sug‘orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog‘-rog‘lar xarobazorga aylandi.
Bosqinchilar to‘s-to‘poloni vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganchda bir nechta kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchun Buxoroda “Ma’sudiya madrasasi” va katta kutubxona yonib ketdi. Faqat XIII asrning 70-80 yillariga borganda O‘rta Osiyoda asta – sekinlik bilan bo‘lsa – da, shahar hayoti, xunarmandchilik jonlana boshlandi. Mug‘ul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan fan – adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |