O‘zbekiston tarixi


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI (XIV – XV)



Download 4,82 Mb.
bet59/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI (XIV – XV)

Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, o‘zaro kurashlar mamlakat ichki hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazgan bo‘lsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan SHohruh (1405-1447), Mirzo Ulug‘bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrilarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga e’tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana SHarqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi. Mirzo Ulug‘bek o‘ta zukko va juda ilmli shaxs bo‘lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini yaxshi bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson bo‘lgan. Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlikni birgalikda olib bordi. U Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan Samarqand, Buxoro, Kesh (SHahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417 yili Buxoro, 1420 yili Samarqandda, 1433 yillarda G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘lib, Go‘ri Amir, SHohizinda me’moriy majmualarini oxiriga etkazadi. Marvda ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi. Hadisi sharifdagi “Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan iborasi Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yiladi. Buyuk olimning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437 yil yozib tugatilgan bo‘lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib borgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, unda keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o‘rni berilgan. Undan tashqari Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag‘ishlangan beshta risolasi ham mavjuddir. Ulug‘bekning o‘ta salohiyatli olim bo‘lganligini uning zamondoshlari G‘iyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Ulug‘bek davrida, mashhur faylasuf Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, qasida janrining taniqli namoyondasi o‘zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug‘bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qildilar. Ulug‘bek davrida o‘ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo‘ldi. XV asrdagi taniqli tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining muallifi Hofizi Abro‘, “Matla as-sadayin va majmuai al-bahrayn” (Ikki dengizning qo‘shilishi va ikki saodatli yulduzning bolqishi) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” (Jannat bog‘lari) asarining muallifi Mirxond Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda o‘sib ulg‘aydilar. Ulug‘bek davridagi madaniy markaz keyinchalik “Ulug‘bek akademiyasi” nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan edi. Ajdodlarimiz tarixida 1010 yilda tuzilgan Ma’mun akademiyasidan so‘ng, Ulug‘bek akademiyasi O‘rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga keldi. XV asrning zabardast o‘zbek shoirlari ichida, Navoiy Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma’lum va mashhur bo‘lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkiy shoir Lutfiy (1366-1465) bo‘lgan. Uning o‘z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo‘lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro‘z” va g‘azallar devoni etib kelgan xolos. Bu davrlarda shuningdek, SHarafiddin Ali YAzdiyning (1454 yili vafot) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin SHomiydan so‘ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” asari yaratildi. Fors-tojik adabiyotida ayniqsa mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do‘sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo‘ldi. Jomiy va Navoiyning do‘stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo‘lib qoldi.

XULOSA

Roppa-rosa qirq yil (1409-1449) davom etgan, manbalar tili bilan aytganda “Temuriylar saltanatining yorqin gavhari” Mirzo Ulug‘bek hukmronligi shu tariqa o‘z poyoniga etadi. Bu davr keskin, murakkab kurashlar sahnasida o‘tsa-da, biroq Mirzo Ulug‘bek o‘z davlatini mustahkamlash, birlikni saqlash, iqtisodiy barqarorlikni yuzaga keltirish, madaniy hayotni yuksaltirish borasidagi xizmatlari temuriylar tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.



Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish