Kitobdor – Buxoro amirligida amir kutubxonasi va barcha viloyatlar kitobdorlari boshlig‘i.
Lavvoh – qo‘lyozma kitob sahifalariga jilo beruvchi usta, rassom.
LAVH (arab. – taxta) – 1) o‘rta asr maktablarida talabalar savod chiqarish uchun ishlatgan yozuv taxtasi; 2) o‘qish vaqtida ustiga kitob, nota ochib qo‘yiladigan maxsus kursicha (taglik). Samarqanddagi Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi temuriylar tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta lavh bor.
MAJUSIYLIK – 1) zardushtiylikning musulmonlarda atalishi; 2) yakkaxudolik dinlari paydo bo‘lguniga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va bayramlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama. Majusiylik atamasi shuningdek, sehirgarlik, animizm, fetishizm, totemizm kabi ibtidoiy din shakllarini ham ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |