Ozod – ilk o‘rta asrlarda Sug‘d mulkdor zodagonlari tabaqasi.
OTAR – yaylovda qo‘shib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qo‘y podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari bo‘yicha bir xil zotli qo‘ylar, sovliqlar esa qochirish muddatlarini hisobga olgan holda olinadi.
OHUN – oliy unvonli madrasi o‘qituvchisi (mudarrisi).
Pati – “Avesto” da ota ma’nosida ishlatilgan so‘z. Oila boshlig‘i – nmanapati, urug‘ oqsoqoli – vispati, qabila boshlig‘i – zantupati, mamlakat sardori (hukmdori) – daxyupati deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |