Kadxudo – qishloq va shahar oqsoqoli.
KASHKUL, kachkul, satil – 1) mis idish, odatda, masalliqlar saqlanadi. CHuqur, qopqoqli, dastali bo‘ladi. Sirti turli xil naqshlar bilan bezatiladi. 2) O‘rta asrlarda qalandarlar va darvishlar yonboshiga osib yuradigan uzunchoq idish; ichiga xayr-sadaqa narsalari solingan.
Kashovarz (fors. – ekinzor, dehqon) – ilk o‘rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrdagi oddiy, erkin dehqonlar.
KITOBA – binolar bezagida ko‘pincha peshtoq tepasiga, eshiklarning tepa qismiga bitilgan yozuvlar qatori. Unda hikmat yoki tarix (sana), ba’zan ustalarning ism-shariflari bitilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |