CHibik puli – Xiva xonligida ommaviy ishlarda qatnashishdan ozod etilgani uchun to‘lanadigan haq.
CHinvot – zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra narigi dunyodagi qil ko‘prik.
SHELL – qadimgi tosh davri (paleolit) ning birinchi ilk bosqichi. Fransiyadagi ibtidoiy manzilgoh nomidan olingan. Bu davrda pitikantrop odamlari yashaganlar.
SHi – Toshkentning qadimgi xitoy manbalaridagi nomi.
SHINAK – shahar, qal’a, qo‘rg‘on kabi mudofaa inshootlari devoridan dushmanni kuzatish, undan saqlanish va hujumni qaytarish maqsadida o‘q otish uchun devorning maxsus tuynukchasi, pana joy.
SHIRK (arab.) – Ollohning sherigi bor deb bilish, ko‘pxudolik. Islomga ko‘ra, Ollohdan boshqa “iloh”larga, shuningdek, butlar va odamlarga sig‘inish katta gunoh, kufr hisoblanadi. Ollohdan o‘zgaga topinuvchilar mushriklar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |