O‘zbekiston tarixi


O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. (IX asrga qadar)



Download 4,82 Mb.
bet20/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. (IX asrga qadar)

Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashagan hunarmandchilik xo‘jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi.

Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi, hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, davlatchilik paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan.

O‘lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. O‘zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu ko‘hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko‘hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-SHahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo‘rg‘on) hududlarida davom etdi.

O‘lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat:


  • aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;

  • hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi;

  • tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.

O‘lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‘lgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo‘lishi shubhasizdir.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish