O‘zbekiston tarixi


Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar



Download 4,82 Mb.
bet21/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar.

Vatanimiz tarixini o‘rganishidagi dastlabki yozma manba sifatida “Avesto” katta ahamiyat kasb etadi. “Avesto”da ahmoniylargacha bo‘lgan geografik, hududiy nomlar, atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli ma’lumotlar saqlangan. Bu manbada tilga olingan juda ko‘plab mamlakatlar - O‘rta Osiyo va O‘rta SHarq, Afg‘oniston, Eronning shimoli-sharqiy hududlari bilan bog‘liqdir. YAsht qismlari oriylarning erlari haqida quyidagicha e’lon qiladi: “U mamlakatning jasur sardorlari ko‘pdan ko‘p harbiy yurishlar qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog‘larida chorva tinch o‘tlov va emish bilan ta’minlangan, bu erdagi sersuv chuqur ko‘llar to‘lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi Pourutadagi Iskata, Xaravaydagi Mouru, So‘g‘ddagi Gava va Xvarizam tomoniga toshib intiladi”.

Davlatchilik paydo bo‘lishining muhim belgilaridan biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi hisoblanadi. Ko‘pchilik manbalardan bizga ma’lumki, Avesto jamiyati quyidagi to‘rtta tabaqaga bo‘linadi: 1) qohinlar (atravanlar); 2) harbiylar (ratayistralar); 3) dehqon-chorvadorlar (vastrya-fshuyant); 4) hunarmandlar (xutlar). Jamiyatning bunday tabaqalashuvi qadimgi, ya’ni, zardushtiylikkacha bo‘lgan a’analarni o‘zida aks ettiradi. Bu an’analar ayrim o‘zgarishlar bilan ko‘p asrlar, Avestodan keyingi

, xalqlarning davrlarda ham saqlanib qoladi.

Jamiyatning boshqaruv tartibi haqida Avestoda ma’lumotlar saqlangan. Manbada keltirilishicha, oriylar o‘lkasi quyidagi to‘rtta ma’muriy hududiy birlikka bo‘linadi: 1-patriarxal oilaga tegishli bo‘lgan turar-joylar (nmana); 2-qishloqlar (vis); 3- tumanlar (zantu); 4-viloyat – o‘lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o‘z yo‘lboshchisiga ega bo‘lgan: 1-nmanopati (uy boshlig‘i); 2-vispati (qishloq boshlig‘i); 3-zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat –o‘lka yo‘lboshchisi).

Mil avv. VI asrning o‘rtalariga kelib Erondagi Ahmoniylar sulolasi hukmdorlari Qadimgi SHarqdagi ko‘pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, “Saklar o‘lkasi” ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatdilar. Ahmoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O‘rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Bu davr yozuvlarida o‘lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga oid quyidagi ma’lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat ma’lumotlari.

YUnon-rim tarixchilaridan birinchi bo‘lib “tarixning otasi” Gerodot (mil.avv. V asr) O‘rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar beradi. Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so‘g‘dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.

Gerodotning O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‘maris o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahmoniylar harbiy qo‘shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, ularning yarog‘-aslahalari, yo‘lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning jasorat ko‘rsatganligiahmoniylar davlatiga bo‘ysunishi va soliq tartibi, sak-massagetlarning turmush tarzi va diniy e’tiqodi va boshqa ayrim ma’lumotlardan iborat.

Asli Kichik Osiyodagi Knid shahrilik bo‘lgan yunon tarixchisi Ktesiy ahmoniylar podshosi Artakserks (mil.avv. 404-359 yy.) saroyida tabiblik qilgan. Ktesiy qalamiga mansub “Persika” asarining katta bir qismi baqtriyaliklar tarixiga bag‘ishlangan.

Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, Baqtriyaning poytaxti va ko‘p sonli mustahkam istehkom va shaharlar haqida ma’lumotlar berib jumladan shunday yozadi: “Baqtriyadagi ko‘pdan-ko‘p shaharlar orasida Baqtra nomli mashhur bir shahar bo‘lgan. Bu shahar mamlakatning markazi bo‘lib, ko‘p shaharlar o‘rtasida, baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podsho qal’asi joylashgan”.

YAna bir yunon muallifi Ksenofont “Kiropediya” nomli asarida Ktesiy xabarlariga o‘xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. SHuningdek, Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi.

Mil. avv. IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning SHarqqa qilgan yurishlari natijasida O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko‘plab yangi tarixiy-geografik ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, Kursiy Ruf, Strabon va boshq.) asarlaridagi ma’lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga nisbatan kengroq berilgan. Makedoniyalik Iskadar yurishlari haqida yozgan tarixchilar asarlarida qadimgi O‘zbekiston viloyatlari, shaharlar, qal’alar, manzilgohlar, himoya devorlari, xo‘jalik va madaniy hayot haqida kengroq va batafsilroq ma’lumotlar olish mumkin.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish