2-savol: O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarining o‘rni hamda ahamiyati.
O‘zbekiston xududlarida ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, dastlabki shaxarsozlik madaniyatining shakllanishi, o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalalari Vatan tarixining hozirgi kundagi eng dolzarb muammolaridir. Ushbu muammolar haqida I.A.Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida batafsil to‘xtalib o‘tgan.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo‘lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga – moddiy va yozma manbalarga bo‘linadi. Bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining SHarqshunoslik instituti, SHarq qo‘lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo‘lyozma xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu erda 40 mingdan ziyod qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq SHarq tilida yozilgan xujjatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |