Fanning ob’ekti:
Ana shu yuqorida qayd qilingan ma’lumotlar, bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish ob’ektidir. Sodda qilib aytganda O‘zbekiston tarixi fanining ob’ekti O‘zbekiston deb ataluvchi xudud va uning xalqidir.
O‘zbekiston tarixini yoritishda nazariy - metodologik asoslarini bilish katta ahamiyatga ega.
Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.
Ilmiylik metodi O‘zbekiston tarixinining yaxlit konsepsiyasini yaratish, buni amalga oshirish uchun, bir butun tarixiy jarayonni nisbatdan mustaqil bo‘lgan bo‘laklarga, ya’ni davrlarga bo‘lish va ularni chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shu bilan birga ilmiylik metodi o‘tmishda sodir etilgan barcha voqea xodisalarni aniq faktlarga, dalillarga tayanib o‘rganishni talab etadi.
O‘zbekiston tarixi fanining asosiy davrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |