“Avesto” – muqaddas kitobi
Vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlardan biri ekanligini tarixda “Avesto” nomi bilan ma’lum bo‘lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik, ya’ni otashparastlik, zoroastrizm dinidir. “Avesto” ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda Markaziy Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy halqlar, fors-tojik, ozarbayjon, afg‘on va boshqa xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z aksini topgan. Manbalarda “Avesto” kitobining muallifi Zardusht bo‘lganligi qayd etiladi. U hayotda yashab o‘tgan tarixiy shaxs.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |