133
|
Mavzu: O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan hamkorligi (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova)
Nazariy mashg’ulot mazmuni: O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida teng huquqli va o'zaro manfaatli aloqalarning o'rnatilishi. Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikalari davlat rahbarlarining rasmiy davlat tashriflari va ularning mohiyati. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalarning o’rnatish, muxtor vakolatxonalarni ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosatda va iqtisodiy masalalarda hamkorlik yo’lga qoyishda amalga oshirilgan ishlar va ularning ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida Deklaratsiyaning, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida, harbiy sohadagi iqtisodiy, madaniy hamkorlik to'g'risidagi shartnomalarning imzolanishining muhim ahamiyati.
O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida “Strategik sherikchilik to’g’risida” bitim, “Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma”ning imzolanishining muhim tomonlari.
Ikki davlat o’rtasida tashkil etilgan qo’shma korxonalari va ularning faoliyati. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi. O‘zbekiston Respublikasining Ukraina, Belorussiya va Moldava Respublikalari bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishi. Davlatlar o’rtasida rasmiy tashriflar o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar, hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to’g’risida deklaratsiya, tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslahatlashuvlar to'g'risida protokollarning imzolanishi va ularning ahamiyati. GUUAM doirasida hamkorlik hamda Yevroosiyo transport yo'lagini tashkil etish borasidagi fikrlar almashinuvi. Transport-tranzit imkoniyatlarining oshishi.
O'zbekiston va Ukraina, Belorussiya, Moldava Respublikalari o'rtasida neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, madaniyat va san'at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo'lga qo'yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to'g'risidagi bitimlar, imzolangan hujjatlar va ularning ahamiyati.
Davlatlar o’rtasida tashkil etilgan qo’shma korxonalari va ularning faoliyati. O'zbekiston Respublikasi va Ukraina, Belorussiya, Moldava Respublikalari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi.
|
2
|
Tarqatma materiallar, test topshiriqlari, plakatlar, albomlar, rasmlar
|
Kompyuter, proyektor, taqdimot, vidofilm, videolavha, slaydlar, chizma va sxemalar
|
Stendlar, xaritalar
|
Test (yopiq test)
Og’zaki so’rov va savol-javoblar, baxs-munozara
|