134
|
Mavzu: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining kuchayishi
Nazariy mashg’ulot mazmuni: Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi mustaqil davlatlar bilan hamkorlik, qardoshlarcha do'stlik aloqalarini o’rnatish va mustahkamlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri ekanligi. O'zbekistonning mintaqa xalqlari o'rtasida teng huquqli va o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirib borayotganligi. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil 13-15-avgustda mintaqa davlat rahbarlari tomonidan O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalararo Maslahat Kengashini tuzish to'g'risidagi bitimning imzolanishi va uning mohiyati.
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Tajan-Seraxs yo'lini qurishi to’g’risidagi bitimni imzolashlari va bu bitimning yagona Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyati. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan ko’plab uchrashuvlar va ularning mintaqada tinchlik, barqarorlikni ta’minlashdagi, davlatlarning ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi ahamiyati. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi rasmiy davlat tashriflarida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida bitim, yagona iqtisodiy makonni tashkil etish to'g'risidagi shartnoma, banklari o’rtasida bitimlar ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olish masalalari, davlat chegaralari to’g’risidagi shartnomalarning imzolanishi va ularning mohiyati. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida qo’shma korxonalarning tashkil etilishi va ularning faoliyati.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining kengayib borishi va uning mohiyati. 1993-yilning 4-yanvardagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi va uning tarixiy ahamiyati. Markaziy Osiyo Hamdo'stligiga asos solinishi. “Markaziy Osiyo” degan yangi atamaning paydo bo'lishi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1994 yil iyuldagi Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi va uning ahamiyati. Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (MOIH)ning tashkil etilishi. MOIH vazifalari. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasini jadallashtirish bo’yicha kommyunike. 2001 yil 28-dekabrda Toshkentdagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining kengashi va Toshkent Bayonotining imzolanishi. Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti (MOHT)ning tashkil etilishi. MOHT vazifalari.
Yevroosiyo Iqtisodiy hamjamiyatining (YOIH) tashkil etilishi va undan kozlangan maqsadlar.
”Turkiston – umumiy uyimiz” g‘oyasining ilgari surulishi.
|
2
|
Tarqatma materiallar, test topshiriqlari, plakatlar, albomlar, rasmlar
|
Kompyuter, proyektor, taqdimot, vidofilm, videolavha, slaydlar, chizma va sxemalar
|
Stendlar, xaritalar
|
Test (yopiq test)
Og’zaki so’rov va savol-javoblar, baxs-munozara
|