143
Shunday qilib,
Ulug‘bek
zamonida mamlakatda ichki va
tashqi savdoning kengayishi hunarmandchilik mahsulotlarining
hajmini oshirib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy
omillardan biriga aylandi.
Dehqonchilik va chorvachilik.
Mamlakatda tez-tez sodir
bo‘lib turadigan o‘zaro
ichki urushlarga qaramasdan,
XV asr-
da ham Movarounnahr va Xuroson
qishloqlarida birmuncha
obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Xususiy sohibkorlarning
dashtliklarda yangi yerlarni o‘zlashtirish,
kanallar qazib, bog‘
ko‘kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug‘orib,
obod etish kabi mehnatlari qo‘llab-quvvatlanadi. Hatto
bunday
sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to‘lovlardan
ozod etiladi.
Xo‘jalikning iqtisodiy hayotida, ayniqsa, yaylov chorva-
chiligi:
yilqichilik, tuyachilik
hamda
qoramolchilik
muhim
o‘rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: