O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/175
Sana14.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#801108
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175
Bog'liq
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2017

Suyurg‘ol yerlar.
 
Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi 
o‘lkalarni asosan to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘illari, nabiralari 
va xizmat ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qiladi. 
Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va 
mamlakatlarni Amir Temur o‘limidan biroz avval o‘g‘il va 
nabira 
lari orasida taqsimlaydi: Xuroson, Jurjon, Mazondaron 
va Seyiston (markazi 
Xirot

Shohrux
ga, G‘arbiy eron, 
Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi 
Tabriz

Miron-
shoh
ga, Fors, ya’ni eronning janubiy qismi (markazi 
Sheroz

Umarshayx
ga, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (markazi 
G‘azna
, keyinchalik 
Balx

Pirmuhammad
ga suyurg‘ol qilib 
berilgan. 
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular 
ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alo hida 
davlat devonxonasi, qo‘shini mavjud edi. Ularning markaziy 
hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yubo-
rib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini 
bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan 
iborat edi.
Qo‘shin tuzilishi.
 
Amir Temur davlat mustaqilligi va 
muho faza yo‘lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga 
suyanar edi. Shuning uchun ham u qo‘shin boshliqlarini tanlash 
va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish 
tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki 
intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. 
Sohibqiron intizomli qo‘shin tuzishga, jang paytida qo‘-
shin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal 
qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo‘llashga, 
mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, 


118
qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga 
erishgan. 
Amir Temur qo‘shiniga chorvadorlar qatori o‘troq aholi-
dan ham askar to‘plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan 
to‘p lash bilan 
tavochi 
mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar 
edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan otliq 
askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir 
Temur qo‘shini son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar 
tartibi takomillashib borgan, o‘z zamonasining ilg‘or qurol va 
texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-bosh
bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda 
qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan.
Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida 
tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish