Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning okibatlari.
20-30 yillarda Uzbekistondagi Yangi iktisodiy siyosat. Kommunistik partiyaning mafkura darajasiga kutarilishi. Sovetlarning industirlashtirish siyosati. Industirlashtirishning dastlabki yillarida kurilgan sanoat korxonalari. Samarkand va Margilondagi ipakchilik fabrikalari, Toshkent tukimachilik kombinati va x.k.
Bu davrda kadrlar siyosati. Kuplab texnologlar va injenerlarning Uzbekistonga keltirilishi. Kishloklarga mexanizator yetkazib beruvchi xunar texnika bilim yurtlari. Samarkand tibbiyot instituti, Toshkent pedagogika instituti, Toshkent tukimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent kishlok xujaligi instutlarining ochilishi. Bu davrda ijod kilgan adabiyot vakillari.
Sovetlarning dexkon xujaliklarini jamoalashtirish siyosati. Xususiy yerlarga barxam berilishi va kuloklarning sinf sifatida tugatilishi. Kollektivlashtirishning ayanchli okibatlari. Dexkonlarning xonavayron bulishi.
Ikkinchi jaxon urushi yillarida Uzbekiston iktisodi. Kuchib keltirilgan sanoat korxonalari. Ogir sanoatning rivojlanishi, Bekobod metallurgiya zavodining kurilishi. Kishlok xujaligidagi axvol. Fan va ta’lim. Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi.
Uzbek xalkining galabaga kushgan xissasi. Shomaxmudovlar oilasining jasorati. Uzbek yigitlarining kaxramonlik unvoniga ega bulishi. Urushdan keyingi Uzbekiston iktisodiyoti. Yangi zavod va fabriklarning kurilishi.
Qo’riq va bo’z yerlarining uzlashtirilishi. Yangi axolii punktlarining vujudga kelishi. Yangiyer, Zafarobod, Zarbdor va boshka shaxarlarning paydo bulishi. Orol fojeasining kelib kelishi.
60-70 yillarda ilm fan. Yozuvchi va shoirlar ijodi. Teatr va kino soxasi. Iktisodiyotda bir tomonlama yondashuv. Paxta seleksiyasidagi uzgarishlar.
80 yillarda paxta yakkaxokimligining karor topishi. Sh.Rashidov davrida O’zbekiston. 90 yillarda mustakillikka bulgan intilishlar.
O’zbekistonda davlat mustakilligining qo’lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati.
90-yillarda sobiq Ittifoqdagi siyosaiy vaziyat. Mustaqillikka tomon intilishlar. Bu paytda O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi.
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. “Mustaqillik” tushunchasining mazmun mohiyati. Jahon davlatlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tan olinishi. Mustaqillikning ahamiyati.
O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi. Keng strategik imkoniyatlar. Taraqqiyotning “o’zbek modeli”. O’zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllantirilishi. Bozor infratuzilmasining yaratilishi.
O’zbekiston Respublikasining siyosiy tuzilishi. Davlat hokimiyati organlari va ularning asosiy vazifalari. Prezidentlik saylovlarining o’tkazilishi. I.A. Karimov- O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti. Ikki palatali Parlamentning asosiy vazifalari. Saylovlar to’g’risidagi qonunlar. Mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi.
O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari. 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining qabul qilinishi. Uning ramziy ma’nolari. O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining qabul qilinishi. Konstitutsiyaning xalq muhokamasiga qo’yilishi. 1992 yil 8 dekabrda Konstitutsiyaning qabul qilinishi va tarixiy ahamiyati. O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi kodekslar. 1992 yil 10 dekabrda Davlat madhiyasining qabul qilinishi. Uning mualliflari. 1994 yil milliy valyutaning muomalaga kiritilishi. - “O`zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo`limlarini yozishda biryoqlama, subyektiv yondoshuvlarga yo`l qo`ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish;
- “O`zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko`xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo`lganligini yodda saqlash:
- O`zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo`lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog`liq ekanligini va ularning bir-biriga o`zaro ta`sirini hisobga olish;
- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va o`tmishni soxtalashtirishga yo`l qo`ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;
- yoshlarni milliy istiqlol g`oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini e`tiborga olish.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`irisida”gi 1998 yil 27 iyulda e`lon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo`ldi. Qarorda Vatanimizda tarix fanining rivojlanishini ta`minlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag` bilan ta`minlash chora-tadbirlari belgilangan.
Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga - “O`zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o`rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e`tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash”ni ta`minlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi bo`lishi kerak, deb ko`rsatilgan.
Mamlakatimiz prezidenti, davlat arbobi Islom Karimovning bir qator kitoblari va nutqlarida iqtisod va siyosatga, ma`naviyatning turli sohalariga bo`lgani kabi Vatan tarixiga, o`tmishimizga to`g`ri munosabatda bo`lish zarurligi haqida qimmatli fikrlar bor.
“Xalqimizning otashqalb farzandi” kitobida I.A.Karimov Vatan tarixiga qarashlarini quyidagilarni yozgan: “Bugungi zamon bahosini berish uchun avvalambor, kechagi kunga - o`tmishga nisbatan qanday munosabatda ekanimizga baho berish kerak”.
I.A.Karimovning “O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joiz. “Biz yangi hayot uchun bel bog`ladik, biroq o`tmishga malomat toshlarini otmadik. Halqimizning o`tmishga tosh otish - gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik... o`tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish - o`z ildizimizni o`zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1998 yilning iyun oyi oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchi olimlari bilan suhbat o`tkazdilar. Bu suhbat “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” degan sarlavha bilan alohida risola bo`lib chiqqan.
Prezidentimiz suhbatda Vatan tarixining bir qator dolzarb muammolari haqida so`z yuritdilar. Bular asosan quyidagicha: - Vatan tarixini yaratishning yagona konsepsiyasi yo`q. Obro`li tarixchi olim fikri ilmiy hukm bo`lib qolmoqda. Munozara, turli fikrlilik yo`q. - Bugun xalqning holis tarixi yaratilmagan, bor qo`llanmalar talabga javob bermaydi. - O`zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari konkret ko`rsatilmagan. O`zbek millatining shakllanish tarixini, davlatchiligimizning paydo bo`lishi asoslarini ko`chmanchi xalqlarga bog`lashga intilish kuchli. - O`zbek davlatchiligi asosi tubjoy xalqlardan, masalan, Xorazmdan boshlanganligi, bunga “Avesto” guvoh ekanligi baralla aytilmadi. - Tezda jiddiy tadqiqotlarni tuzish kerak, bu ma`naviyatimiz uchun ham, siyosat uchun ham kerak, chunki u tarix ma`naviyatni shakllantirishga, siyosatga xizmat qiladi, yangi, holisona yozilgan tarixsiz siyosatda xatolarga yo`l qo`yish mumkin.
Darhaqiqat, O`zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog`langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O`rta Osiyo mintaqasidagi ko`pgina davlatlar: Afg`oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo`lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug`, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o`zaro ta`sir va aloqada bo`lganlar, qo`shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog`liq o`tgan. Shu sababli O`zbekiston tarixini qo`shni mamlkatlar tarixi bilan bog`liq holda o`rganish taqozo etiladi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o`rganish, tahlil etish va yoritishda holislik-haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Holislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o`rganayotganda ular bilan bog`liq bo`lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixni o`rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega.
Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`rganishni taqozo etadi. Voqea-hodisalarni o`rganishda tarixiy bog`lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e`tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo`lganligini bu hodisa o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o`tganligini, keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo`lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo`ldi, ikkinchidan u o`z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o`tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi, hozir qay ahvolda, qanday bo`lib qoldi, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo`ladi.
Insoniyat taraqqiyotining ma`lum bosqichida urug`chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqdi. Urug` jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo`lingach, tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog`liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o`z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to`qnashadigan bo`lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo`lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv prinsipiga rioya etish zarur bo`ladi.
Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag`allar, yo`qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo`lib, u tarixni soxtalashtiradi.
Mamlakatimiz tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar, an`analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e`tiqodlari, diniy ta`limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga sivilizatsion munosabatda bo`lib, ularni hurmatlash, e`zozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma`naviy madaniyatini, axloqi, mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya madaniyati va ahloqiga bo`lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo`riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko`rsatadi. Ma`naviy merosga bunday yondoshuv ma`naviy qashshoqlashuvga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko`pgina olimlar, maorifatparvar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.
Tarixni o`rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi. Xullas, biz O`zbekiston tarixi fanining Prezidentimiz aytganlaridek “... davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga aslo haqqimiz yo`q”, “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu halq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”.
O`zbekiston tarixini o`rganish hozirgi islohatchilik va yangilanish davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyoj hamdir. Bu ehtiyoj milliy, ma`naviy-mafkuraviy uyg`onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo`lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo`lgan ehtiyojning qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg`onishning asosidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |